Komiljon Rahimov
Komiljon Rahimovich Rahimov (1946—2019-yillarda yashab oʻtgan) — oʻzbek siyosatchisi, mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Aloqa vaziri, Bosh vazirning Transport va kommunikatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.
Komiljon Rahimovich Rahimov | |
---|---|
Oʻzbekiston SSR va Oʻzbekiston Aloqa vaziri- | |
Mansab davri 1985 – 1995-yillar | |
Bosh vazirning Transport va kommunikatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari- | |
Mansab davri 1995 – 1998-yillar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
23-fevral 1946-yil Urganch |
Vafoti | 16-may 2019-yil (73 yosh) |
Mukofotlari | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi (1996-yil) |
Biografiyasi
tahrirRahimov Komiljon 1946-yil 23-fevralda Urganch shahrida tugʻilgan. 1969-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan va Zabaykal harbiy okrugi aloqa qoʻshinlarida xizmat qilgan.
1971—1981-yillarda Urganch telefon aloqa uzelining bosh muhandisidan Xorazm viloyati pochta-telegraf aloqa uzelining boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.
1981-yilning sentabr oyidan Oʻzbekiston SSR aloqa vaziri oʻrinbosari. 1985-yil yanvar oyidan Oʻzbekiston SSR aloqa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 1995—1998-yillarda Oʻzbekiston Bosh vazirining Transport va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
Keyinchalik „Oʻzbekiston pochtasi“ kompaniyasi bosh direktori va „Kamalak-TV“ bosh direktorining maslahatchisi (birinchi oʻrinbosar sifatida) boʻlgan.
1996-yilda Rahimov Komiljonga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi unvoni berilgan.
Taniqli siyosatchi Komiljon Rahimovich 2019-yil 16-mayda vafot etgan va Urganch shahriga dafn etilgan.