Bozorboy O‘rinboyev

taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor

Bozorboy O‘rinboyev — taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor. 1936-yil 3-iyunda Samarqand viloyati, Jomboy tumani, G‘azira qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand tojik pedagogika instituti va Samarqand Davlat Universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini Jomboy tumani maktablarida o‘qituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik ilmiy bo‘lim mudiri, direktor bo‘lib ishlagan.

Bozorboy O‘rinboyev
Tavalludi 3-iyun 1936-yil
Samarqand, Jomboy tumani, G‘azira qishlogʻi
Vafoti 2014
Fuqaroligi SSSR
Oʻzbekiston
Sohasi Tilshunos

Samarqand davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgach, katta laborant, Qarshi pedagogika instituti (hozirgi Qarshi davlat universiteti) dotsenti, Samarqand pedagogika instituti (1992-yildan keyin Samarqand Davlat Universiteti) dotsenti, kafedra mudiri, dekan, prorektor va rektor lavozimlarida ishladi. 1974-yildan Jizzax davlat pedagogika instituti (hozirgi Jizzax davlat pedagogika universiteti) rektori sifatida ish boshladi va u yerdagi faoliyatini yakunlab, 1992-yilda Samarqandga qaytdi va Samarqand Davlat Universiteti, Samarqand kooperativ instituti (hozirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti), Samarqand davlat chet tillar instituti kabi muassasalarda kafedra mudiri bo‘lib ishladi hamda ushbu davrlarda O'zbek tili rivojiga katta hissa qo‘shdi.

Olim, O‘zbekiston va SSSR xalq ta’limi a’lochisi Bozorboy O‘rinboyev 2014-yilda vafot etgan.