Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti va uni tashkil etish boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26 martdagi „Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 144-sonli qarori bilan Samarqand kooperativ instituti negizida tashkil etilgan (mazkur institut 1931-yil 13 fevralda tashkil etilgan; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 17 iyuldagi 190-sonli qaroriga binoan 1991-yilning 1 avgustidan institut Oʻzbekiston Respublikasi Matlubot jamiyatlari uyushmasi „Oʻzbekbirlashuv“ tasarrufiga oʻtkazilgan; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24 martdagi 123-sonli qaroriga asosan 1998-yil mayidan Samarqand kooperativ instituti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi). Institutda kasb taʼlimi: buxgalteriya hisobi va audit, kasb taʼlimi: iqtisodiyot, tarmoqlar va sohalar boʻyicha iqtisodiyot; tarmoqlar va sohalar boʻyicha menejment, tarmoqlar va sohalar boʻyicha markiting, moliya, bank ishi, buxgalteriya hisobi va audit, mehnat iqtisodiyoti va sosiologiya, kadrlar menejmenti, Xizmatlar sohasi: restoran ishi, Xizmatlar sohasi: tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish, mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish, turizm (ichki va tashqi turizm) va aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha malakali bakalavrlar va magistrlar tayyorlaydi, sohaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi, ilmiy va pedagog kadrlarni tayyorlash vazifalarini bajaradi. Institut yoʻnalishi boʻyicha dissertatsiyalarda asosiy soha mutaxassislariga doir dissertatsiyalar himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash bor.[1]

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
(SamISI)
Xalqaro nomi Samarkand institute of economics and service
Asos solingan 1931
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori M.E.Po'latov
Manzili Samarqand shahri, Amir Temur koʻchasi, 9-uy
Vebsayti http://www.sies.uz

Koordinatalari: 39°39′11.234851817142″N 66°57′33.00881357669″E / 39.65312079217142838°N 66.9591691148824140°E / 39.65312079217142838; 66.9591691148824140 G O

Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti (qisqartmasi SamISI; 2004-yilgacha Samarqand Kooperativ Instituti) — Samarqanddagi oliy taʼlim muassasasi boʻlib, iqtisodiyot, moliya, servis va turizm sohasidagi mutaxassislar tayyorlaydi hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi.

Tarixi tahrir

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1931-yilning 13-fevralida Toshkentda „Oʻrta Osiyo Rejalashtirish instituti“ sifatida tashkil topgan. 1935-yil aprel oyida mazkur institut Oʻzbekiston Davlat reja qoʻmitasi ixtiyoriga oʻtkazildi va unga „Oʻzbekiston Rejalashtirish instituti“ deb nom berildi. 1935-yil avgust oyida institut Toshkentdan Samarqandga koʻchirildi. 1936-yilda Oʻzbekiston Rejalashtirish instituti Davlat savdosi va kooperatsiya instituti bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi institutiga aylantirildi. 1949-yil 10-iyunda mazkur institutga Samarqand sovet savdosi instituti nomi berildi. Ittifoq Vazirlar Mahkamasining 1960-yil 23-noyabrdagi qaroriga muvofiq ushbu institut Sentrosoyuz ixtiyoriga oʻtkazildi va Samarqand kooperativ instituti deb nomlandi. 1998-yil 24-martdan Vazirlar mahkamasining 123-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-mart 144-sonli qarori bilan Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga aylantirildi.

Fakultetlar tahrir

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti quyidagi fakultetlarga ega:

  1. Iqtisodiyot
  2. Servis
  3. Bank-moliya xizmatlari
  4. Buxgalteriya hisobi va menejment

Kafedralar tahrir

Institut fakultetlari tarkibida quyidagi kafedralar mavjud[2]:

  1. Iqtisodiyot nazariyasi (Iqtisodiyot fakulteti)
  2. Tarmoqlar iqtisodiyot (Iqtisodiyot fakulteti)
  3. Menejment (Iqtisodiyot fakulteti)
  4. Oliy matematika (Iqtisodiyot fakulteti)
  5. Аxborot texnologiyalari (Iqtisodiyot fakulteti)
  6. Servis (Servis fakulteti)
  7. Turizm (Servis fakulteti)
  8. Marketing (Servis fakulteti)
  9. Tillarni oʻqitish (Servis fakulteti)
  10. Jismoniy madaniyat (Servis fakulteti)
  11. Buxgalteriya hisobi va audit (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  12. Bank ishi (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  13. Moliya (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  14. iqtisodiy tahlil va statistika (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  15. Ijtimoiy fanlar (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)

Taʼlim yoʻnalishlari tahrir

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida quyidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:

Bakalavriat tahrir

  1. Kasb taʼlimi: buxgalteriya hisobi va audit
  2. Kasb taʼlimi: iqtisodiyot
  3. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  4. Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  5. Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  6. Moliya
  7. Bank ishi
  8. Buxgalteriya hisobi va audit
  9. Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiya
  10. Kadrlar menejmenti
  11. Xizmatlar sohasi: restoran ishi
  12. Xizmatlar sohasi: tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish
  13. Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
  14. Turizm (ichki va tashqi turizm)
  15. Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish

Magistratura tahrir

  1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  2. Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  3. Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  4. Davlat moliyasini boshqarish
  5. Bank ishi (faoliyat turlari boʻyicha)
  6. Audit (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  7. Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha)
  8. Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
  9. Turizm (faoliyat turlari boʻyicha)

Sirtqi tahrir

  1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  2. Bank ishi
  3. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)

Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasali bilan amalga oshirilayotgan ikki tamonlama diplom tahrir

  1. Mintaqaviy iqtisodiyot (Qazon federal universiteti)
  2. Menejment (Qazon federal universiteti)
  3. Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit (Qazon federal universiteti)
  4. Savdo ishi (Vladimir davlat universiteti)
  5. biznesni boshqarish (Polotsk davlat universiteti)
  6. Buxgalteriya hisobi (Polotsk davlat universiteti)
  7. Logistika (Polotsk davlat universiteti)

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi 08.00.05 Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.27.06.2017.I.18.01. raqamli Ilmiy kengash mavjud.

Institut qoshida Litsey, „Buxgalter“ hamda „Globus“ oʻquv markazlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Mashhur bitiruvchilari tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. ZiyoNet — Taʼlim — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2013-01-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-26 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 8 (yordam)

Havolalar tahrir

SamISI veb-sayti bosh sahifasi