Mirabror Usmonov
Usmonov Mirabror Zufarovich (4-iyul 1947-yil− 15-mart 2019-yil) -Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator (2005-2019), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (2013-2017) va Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2005-2017) hamda Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti (2015-2018-yillarda).
Mirabror Zufarovich Usmonov | |
---|---|
Мираброр Зуфарович Усмонов | |
Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi Prezidenti | |
Mansab davri 2015-yildan – 2018-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Umid Ahmadjonov |
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti | |
Mansab davri 2013-yildan – 2017-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Malik Babaev |
Vorisi | Alisher Sultonov |
Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti | |
Mansab davri 2006-yil – 2017-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Zokir Almatov |
Vorisi | Umid Ahmadjonov |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo Vaziri | |
Mansab davri 1990-yil – 1992-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | ? |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
4-iyul 1947-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
15-mart 2019-yil (71 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Turmush oʻrtogʻi | Rinata Usmonova |
Bolalari | qizi: Dilya, oʻgʻli: Jahongir |
Dini | islom, sunniylik mazhabi |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrir- 1947-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan.
- 1978-yilda Samarqand kooperativ institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.[1]
- 1961-yildan 1967-yilgacha — Toshkent shahridagi „Bahor“ restoranida oltinchi razryadli oshpaz.
- 1970-yilda — Toshkent shahridagi „Guliston“ restoranining ishlab chiqarish boʻyicha mudiri.
- 1970-yildan 1986-yilgacha — „Doʻstlik“ va „Zarafshon“ restoranlari direktori, Toshkent shahri restoranlar tresti direktori.
- 1986-yildan 1990-yilgacha — Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasining Umumiy ovqatlanish bosh boshqarmasi boshligʻi.
- 1990-yildan 1992-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi savdo vaziri.
- 1992-yildan 1994-yilgacha — Oʻzbeksavdo kompaniyasi raisi.
- 1994-yildan 2005-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
- 2005-yildan 2019-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator.
- 2006-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti.[2][3]
- 2013-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti[4]
- 2015-yildan 2018-yilgacha — Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti[5].
- 2019-yil 15-martda nafas organlari kasalligi tufayli vafot etgan.[6]
Mukofotlari
tahrir- 1995-yilda Mehnat shuhrati ordeni[7].
- 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Maqtov yorligʻi.
- 2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni.
- 2012-yilda El-yurt hurmati ordeni bilan mukofotlangan.[8].
- 2016-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni[9].
- 2017-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi.
Oilasi
tahrir- Oʻgʻli — Jahongir Usmonov, „Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro jamoatchilik xayriya fondi“ Vasiylar kengashi raisi[10][11].
Manbalar
tahrir- ↑ Oliy Majlis Senati rasmiy sayti, 2015-12-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-21
- ↑ Mirabror Usmanov vozglavil Federatsiyu futbola Uzbekistana
- ↑ Senator Mirabror Usmanov budet rukovodit uzbekskim futbolom eщe chetire goda
- ↑ Генеральная ассамблея НОК, 2014-07-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-30
- ↑ ANONS.UZ, 2015-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-20
- ↑ Shavkat Mirziyoev Mirabror Usmonov oilasiga taʼziya bildirdi
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1995-yil 31-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 30-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining to‘rt yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ Mirabror Usmanov nagrajden ordenom „El-yurt xurmati“[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://lex.uz/docs/3131883
- ↑ https://championat.uz/oz/news/jahongir-usmonov-ezgu-maqsad-xalqaro-xayriya-fondiga-boshqaruv-raisi-etib-tayinlandi
- ↑ https://hordiq.uz/2022/04/14/jurnalist-anora-sodiqovaga-hayoti-bilan-tahdid-qilingan/?lang=lat[sayt ishlamaydi]