Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi
Markaziy Osiyo Futbol Federatsiyasi (inglizcha: Central Asian Football Federation) — Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Markaziy Osiyo davlatlari milliy futbol federatsiyalarini birlashtiruvchi va nazorat qiluvchi birlashma federatsiya. 2014-yilning iyun oyida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qarori bilan asos solinib 2015-yilning yanvar oyida rasman tashkil etilgan. Federatsiya bosh binosi Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan[1]. Federatsiya Prezidenti - Oʻzbekistonlik Umid Ahmadjonov hisoblanadi.[2] Federatsiya vitse-prezidentlari - Eronlik Ali Kafashian va Tojikistonlik Xurshed Mirzo.
![]() | |
Turi | mintaqaviy uyushma |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 2015-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri |
Hududiy hizmati | Markaziy Osiyo, Eron, Afgʻoniston |
Prezident |
![]() |
Bosh mahkamasi | Federatsiya |
Aʼzolari |
Afgʻoniston Eron Turkmaniston Tojikiston Qirgʻiziston Oʻzbekiston |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus, Tojik, Qirg'iz, Turkman, Fors |
Hamkor tashkilotlari | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Keyinroq Markaziy Osiyo Futbol Federatsiyasiga Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasiga oʻz rasmiy nomzodini qoʻyish imkoni beriladi. Ushbu yangi federatsiya Eron Futbol Federatsiyasi tashabbusiga koʻra, uning Gʻarbiy Osiyo futbol federatsiyasi bilan boʻlgan tushunmovchiliklari sabab tashkil etilgan. Yangi federatsiya tuizsh qarori Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Prezidenti Salmon Bin Haim Al-Xalifaning siyosiy qarori deb baholandi[3]. Oldinroq Oʻrta Osiyo davlatlari: Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo futbol Federatsiyasiga aʼzo edi.
Aʼzo davlatlarTahrirlash
- Afgʻoniston (2015-yildan)
- Eron (2015-yildan)
- Qirgʻiziston (2015-yildan)
- Tojikiston (2015-yildan)
- Turkmaniston (2015-yildan)
- Oʻzbekiston (2015-yildan)
ManbalarTahrirlash
- ↑ Мираброр Усманов избран президентом Ассоциации футбола Центральной Азии, archived from the original on 2015-09-23, https://web.archive.org/web/20150923172456/http://www.anons.uz/article/sport/15259/, qaraldi: 2015-06-30
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2018/01/16/football/
- ↑ Shaikh Salman flexes his political muscle to brush aside Prince Ali, archived from the original on 2016-03-04, https://web.archive.org/web/20160304032416/http://www.insideworldfootball.com/world-football/asia/14820-shaikh-salman-flexes-his-political-muscle-to-brush-aside-prince-ali, qaraldi: 2015-06-30