Oʻzbekiston Kubogi — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha har yili oʻtkaziladigan milliy kubok musobaqasi. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbek futboli miqiyosidagi eng eski musobaqalardan biridir. Sobiq Ittifoq tarkibida Oʻzbekiston SSR mahalliy kubok musobaqalari oʻtkazilishi 1939-yil yoʻlga qoʻyilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning Birinchi Oʻzbekiston kubogi sohibi Namanganning „Navbahor“ klubi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Kubogi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, O'zbekiston
Tashkil etilgan 25-oktyabr, 1992-yil (31 yil avval) (1992-10-25)
Jamoalar soni 30
Amaldagi chempion Nasaf Qarshi
Eng koʻp marta chempion Paxtakor Toshkent (13)
TV hamkorlar Sport TV
Veb-sayt pfl.uz


Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Agar Oʻzbekiston kubogini Superliga Chempioni qoʻlga kiritgan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Super ligasidagi yuqori oʻrinlardagi jamolardan biriga OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyati beriladi (amaldagi kvotaga qaraladi).

„Paxtakor“ 13 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan musobaqadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda „Bunyodkor“ 4 ta, „Navbaxor“, „Nasaf“ va „Lokomotiv“ esa 3 ta bilan uchinchi oʻrinda.[1] „Nasaf“ klubi 2022-yilgi finalda "Navbahor"ni „Buxoro“ stadionida magʻlub etgan eng soʻnggi gʻolib hisoblanadi.

Finnallar tarixi tahrir

Qiziqarli faktlar[2] tahrir

 
Uzbekistan cup


Eng koʻp gol urilgan oʻyin: „Paxtakor“ — „Neftchi“ 6:3 (qoʻshimcha vaqtda) 2001/2002-yillar[3]

Kubok finallarida 3 marta penaltilar seriyasiga,7 bor qoʻshimcha vaqtlarga murojaat qilingan. Finallarda jami 76 marta toʻp darvozalarga kiritilgan (penaltilar seriasidan tashqari). Final uchrashuvlariga jami 287 048 tomoshabin tashrif buyurgan.[4]

Oʻzbekiston Kubogi finallari tarixidagi eng soʻnggi gol muallifi — Mateus Lima hisoblanadi („Nasaf“).

Stadionlar tahrir

Eng koʻp finalga mezbon boʻlgan stadion: "Paxtakor"  markaziy stadioni — 18 marta. 2014-yildan buyon finallar boshqa stadionlarda oʻtkazilmoqda.

 
Yangilangan Oʻzbekiston Kubogi. 2020-yil

Eng koʻp tomoshabin kirgan final: „Doʻstlik“ — „Samarqand“ (30000 tomoshabin) 1999/2000-yillar

Yillar boʻyicha gʻoliblar tahrir

Oʻzbekiston Kubogi gʻoliblari

Final tahrir

Mavsum Sana Chempion Hisob Ikkinch o'rin Stadion Tomoshabin
1992 25-Oktyabr 1992 Navbahor Namangan 0-0(6-5 p) Temiryoʻlchi Qoʻqon Dinamo Stadioni, Samarqand 7,000
1993 9-Oktyabr 1993 Paxtakor 3-0 Navbahor Namangan Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 8,000
1994 6 September 1994 Neftchi Fargʻona 2-0 Yangiyer MHSK Stadioni, Toshkent 10,000
1995 19 Noyabr 1995 Navbahor Namangan 1-0 MHSK Toshkent Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 6,000
1996 10 Noyabr 1996 Neftchi Fargʻona 0-0(5-4 p) Paxtakor Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 5,000
1997 25 Noyabr 1997-yil Paxtakor 3-2 (a.e.t.) Neftchi Fargʻona Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 21 000
1998 29-Avgust 1998 Navbahor Namangan 2-0 Neftchi Fargʻona Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 9,000
1999 1999-yil Kuz- Bahor tizimiga oʻtkazilgan
1999-00 29-iyun 2000 Doʻstlik 4-1 Samarqand-Dinamo Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 30 000
2000-01 4-Avgust 2001 Paxtakor 2-1 Neftchi Fargʻona Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 25 000
2001-02 9-Avgust 2002 Paxtakor 6-3 (a.e.t.) Neftchi Fargʻona Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 25 000
2002-03 15-Avgust 2003 Paxtakor 3-1 Nasaf Qarshi Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 15,000
2004 1-Oktyabr 2004 Paxtakor 3-2 Traktor Toshkent Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 10,000
2005 26-Noyabr 2005 Paxtakor 1-0 Neftchi Fargʻona Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 5,000[5]
2006 8-Noyabr 2006 Paxtakor 2-0 Mash’al Mubarek Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 17,000
2007 9-Dekabr 2007 Paxtakor 0-0(7-6 p) Bunyodkor (Quruvchi) MHSK Stadioni, Toshkent 11,500
2008 31-Oktyabr 2008 Bunyodkor 3-1 (a.e.t.) Paxtakor Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 12,124
2009 8-Avgust 2009 Paxtakor 1-0 Bunyodkor Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 27 543
2010 18-Avgust 2010 Bunyodkor 1-0 Shoʻrtan Gʻuzor Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 8,247
2011 13-Noyabr 2011 Paxtakor 3-1 Nasaf Qarshi Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 12,005
2012 30-Noyabr 2012 Bunyodkor 3-0 Nasaf Qarshi Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 7,000
2013 25-Sentyabr 2013 Bunyodkor 2-1 Nasaf Qarshi Paxtakor Markaziy Stadioni, Toshkent 5,228
2014 12-Noyabr 2014 Lokomotiv 1-0 (a.e.t.) Bunyodkor Olmaliq SM Stadioni 8251
2015 17-Oktyabr 2015 Nasaf Qarshi 2-1 Bunyodkor Jizzax "Sogʻdiyona" Stadioni 11 650
2016 30-Noyabr 2016 Lokomotiv 1-0 Nasaf Qarshi "Dinamo" Stadion. Samarqand 8150
2017 4-Dekabr 2017 Lokomotiv 1-0 Bunyodkor Bunyodkor „Milliy“ Stadion, Toshkent 29 000
2018 28-Oktyabr 2018 AGMK 3-1 Paxtakor "Istiqlol" Stadioni. Fargʻona. 11 152
2019 26-Oktyabr 2019 Paxtakor 3-0 AGMK "Lokomotiv" Stadioni. Toshkent. 7185
2020 20-Dekabr 2020 Paxtakor 3-0 AGMK "Markaziy" Stadion. Namangan 3579
2021 4-Dekabr 2021 Nasaf Qarshi 2-1 Paxtakor "Dinamo" Stadion. Samarqand. 11 127
2022 30-oktyabr 2022 Nasaf Qarshi 2-1 Navbahor Namangan Buxoro stadioni. Buxoro 13 331[6]
2022 12-noyabr 2023 Nasaf Qarshi 1-0 AGMK Qarshi markaziy stadioni. Qarshi 17 710[7]

Sovrindor klublar tahrir

Klublar Chempion Ikkinchi oʻrin Finallar Chempion yillar
Paxtakor Toshkent 13 4 17 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005,

2006, 2007, 2009, 2011, 2019, 2020

Bunyodkor Toshkent 4 5 9 2008, 2010, 2012, 2013
Nasaf Qarshi 4 4 8 2015, 2021, 2022, 2023
Lokomotiv Toshkent 3 3 2014, 2016, 2017
Navbahor Namangan 3 2 4 1992, 1995, 1998
Neftchi Fargʻona 2 5 7 1994, 1996
AGMK-Olmaliq 1 3 4 2018
Doʻstlik Toshkent 1 1 2000
MHSK Toshkent 1 1
Shoʻrtan Gʻuzor 1 1
Dinamo-Samarqand 1 1
Mash’al Mubarak 1 1
Traktor Toshkent 1 1
Yangiyer 1 1
Qoʻqon-1912 (Temiryoʻlchi) 1 1

Sovet ittifoqi tarkibida Oʻzbekiston SSR Kubogining mahalliy chempionlari tahrir

Asosiy maqola: Futbol bo‘yicha O‘zbekiston SSR kubogi

Hakamlar tahrir

Tarixga nazar solsak, Oʻzbekiston kubogining ortda qolgan 28 finalida 16 nafar bosh hakam ishlaganiga guvoh boʻlamiz. Ilk finalda (1992-yil) ishlash baxti marhum hakam Gali Imomovga nasib qilgan edi.

Rekord

Oʻzbekiston kubogi finallarida ishlash borasida mundiallar rekordchisi Ravshan Ermatovning oldiga tushadigani yoʻq. Uning hisobida 5 ta final bor. Keyingi pogʻonaga 4 tadan oʻyin bilan Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yozilgan. Rustam Saidov va Marat Ismoilov hisobida 2ta oʻyin bor.

SHuningdek, Ravshan Ermatov qatorasiga finallarda ishlash boʻyicha ham mutlaq rekordchi hisoblanadi (5). 2010—2013-yilgi mavsumlar hal qiluvchi bahslarining barchasini aynan Ermatov boshqargan edi.

Xorijlik referilar

Mamlakat kubogining hal qiluvchi oʻyinida 2 bor chet ellik hakamlar ishlagan edi. Aniqroq aytsak, 2014-yil yakunida oʻtgan „Lokomotiv“ 1:0 „Bunyodkor“ oʻyinini Kim Dong Jin (J. Koreya) boshqargan. 2017-yilda poytaxtning yana oʻsha klublari oʻrtasida "Bunyodkor" stadionida oʻtkazilgan va 3 yil oldingi hisob takrorlangan bahsda BAA vakili Muhammad Abdulla Hasan ishlagan.

Eng qattiqqoʻl

Finallarda eng koʻp sariq kartochka Ravshan Ermatovning choʻntagidan chiqqan (20 marta) boʻlsa, qizil kartochka koʻrsatish borasida Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yetakchi boʻlgan (3 tadan). Ammo penalti belgilash boʻyicha Temur Toʻxtasinov barchadan oldinda (2). U 2018-yilning 28-oktyabr kuni Fargʻonada oʻtkazilgan AGMK 3:1 „Paxtakor“ bellashuvida har ikki jamoa darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilagan.[8]

Oʻzbekiston kubogi final oʻyinida ishlagan hakamlar roʻyxati: (Yillar va eng koʻp hakamlik boʻyicha) tahrir

  • Ravshan Ermatov (2010, 2011, 2012, 2013, 2015)
  • Gali Imomov (1992, 1995, 1998, 2000)
  • Noil Lutfullin (1993, 2003, 2006, 2007)
  • Rustam Saidov (2001, 2002)
  • Marat Ismoilov (2008, 2009)
  • Doniyor Osimov (1994)
  • Rashid Aytekov (1996)
  • Sardor Najafaliyev (1997)
  • Dmitriy Roman (2004)
  • Gʻayrat Karimov (2005)
  • Kim Dong Jin (Janubiy Koreya) (2014)
  • Vladislav Tseytlin (2016)
  • Mohammed Abdulla Hassan Mohamed (BAA) (2017)
  • Temur Toʻxtasinov (2018)
  • Sherzod Qosimov (2019)
  • Zokir Qodirov (2020)
  • Axrol Riskulloev (2021)
  • Vadim Agishev (2022)
Hakam final s-k q-k pen
1 Ravshan Ermatov 5 20 1 1
2 Gali Imomov 4 14 3 0
3 Noil Lutfullin 4 14 3 0
4 Marat Ismoilov 2 12 2 0
5 Rustam Saidov 2 11 1 0
6 Rashid Aytekov 1 8 0 0
7 Gʻayrat Karimov 1 6 0 0
8 Sherzod Qosimov 1 4 0 1
9 Kim Dong Jin 1 3 1 0
10 Muhammad Abdulla Hasan 1 5 0 0
11 Sardor Najafaliev 1 4 1 1
12 Dilshod Asimov 1 3 0 0
13 Dmitriy Roman 1 3 0 0
14 Temur Toʻxtasinov 1 5 0 2
15 Vladislav Tseytlin 1 4 1 0
16 Zokir Qodirov 1 1 0 1
17 Axrol Risqullayev 1 3 1 -
18 Vadim Agishev 1 5 0 0
19 Aziz Asimov 1 9 0 1

Eng yaxshi toʻpurarlar tahrir

Umumiiy Kubok tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar : tahrir

Qalin belgi faol oʻyinchini bildiradi.

Finallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar : tahrir

Millati Oʻyinchi Pos. Yillar Klub (lar) (gollar) Jami Esl
1 UZB   Anvar Soliev Hujumchi 1994—2017-yillar Navbahor
Paxtakor
Bunyodkor
5
2   Dragan Ćeran Hujumchi 2016- Paxtakor 5
3 UZB   Leoned Koshelev Yarim himoyachi 1985—2003-yillar Paxtakor 4
4 UZB   Server Jeparov Yarim himoyachi 1998-2017 Paxtakor 2
5 UZB   Rustam Doʻrmonov Hujumchi 1985—2003-yillar Neftchi 2
6 TUR   Gochguli Gochguliyev Himoyachi Paxtakor 2
7   Jovan Đokić Hujumchi AGMK 2
  Oleksandr Pishchur Hujumchi Bunyodkor 2
9 UZB   Jasur Hasanov Yarim himoyachi 2000-… Bunyodkor
Lokomotiv
2
10 UZB   Jaʼfar Irismetov Hujumchi 1993—2012-yillar Doʻstlik 2
11 UZB   Mirjalol Qosimov Yarim himoyachi 1987—2005-yillar Paxtakor 2
12 UZB   Noʻmon Hasanov Hujumchi 1985—2007-yillar Paxtakor
Traktor
2
13 UZB   Irakli Klimiashvili Hujumchi Paxtakor 2
14 UZB   Andreey Akopyants Yarim himoyachi Paxtakor 2

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „O'zbekiston kubogi. Barcha finallarning ramziy terma jamoasi“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
  2. „O'zbekiston Kubogi finaliga oid faktlar“ (O'zbek). Championat.Asia (10-25-2016). 2023-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
  3. „Ўзбекистон кубоги. Мухлислар рекордини биласизми?“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  4. „Мутлақ рекордчи Нестеров ёхуд финалда ўйнаган дарвозабонлар ҳақида“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  5. „Muxlislar tashrifi“.
  6. „“Nasaf” uch karra Oʻzbekiston kubogi sohibi!“. 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „“Nasaf” toʻrt karra Oʻzbekiston kubogi sohibi!“. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
  8. „O'zbekiston Kubogi Bosh hakamlari tarixi“. [sayt ishlamaydi]

Havolalar tahrir