Navbahor“ (inglizcha: PFC Navbahor Namangan), laqabi „Lochinlar“ – Oʻzbekistondagi profesional futbol klubi.

Navbahor Namangan
Toʻliq nomi Navbahor Namangan futbol klubi
Laqabi Lochinlar
Asos solingan 1978 (47 yil avval) (1978)
Stadioni Markaziy stadion
Sigʻimi 21,000
Egasi Namangan viloyati hokimligi
Prezident Rasul Nizomboyev
Bosh murabbiy Oʻzbekiston / Rossiya Sergey Lushan
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Klubga 1978-yil Namangan shahrida asos solingan. Ilk nomi „Tekstilshchik“ edi. 1980-yillarda Sobiq Ittifoq 2-ligasi Sharqiy Zonasida nomi bilan toʻp sura boshlagan. 1992-yildan esa Oʻzbekiston Oliy Ligasida Navbahor nomi ostida muntazam ishtirok eta boshladi.

Klubning hozirgi murabbiyi Sergey Lushan hisoblanadi.

Jamoa Namangan shahridagi Navbahor markaziy stadionida toʻp suradi. Stadion oʻz bagʻriga 21 mingdan ortiq muxlis sigʻdira oladi.

1 marta Oʻzbekiston Superligasi chempioni, 3 marta Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi boʻlgan.

Tarixi

tahrir

SSSR Chempionatlarida

tahrir

„Navbahor“ futbol klubiga 1978-yilda asos solingan. 1980-yillarda „Tekstilshik“ nomi bilan Sobiq Ittifoq chempionati 2-ligasi Sharqiy Zonasida toʻp sura boshlagan. Jamoa oʻsha vaqtda „Tekstilshik“ nomi bilan sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining 5-mintaqasi bahslarida qatnashgan. 1980-yilga kelib „Tekstilshik“ nomi „Navbahor“ga oʻzgartirildi. Jamoa sobiq ittifoq chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib, 1981-1982-yillarda ikkinchi liganing yettinchi mintaqasi jamoalari orasida uchinchi oʻrinni egalladi.

1984-1987-yillarda jamoa oʻz nomini „Avtomobilist“ga oʻzgartiradi. 1984-1986-yillarda namanganliklar „Paxtakor-79“ xotira turnirida gʻolib chiqishdi. „Navbahor“ aʼzolari Sovet Iittifoqi 52-chempionatining ikkinchi liga beshinchi mintaqasida muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi ligaga chiqish imkoniyatini beradigan „bufer“ mintaqa musobaqalarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. Ikki mavsum „bufer“ mintaqada toʻp surgan „Navbahor“ 1990-yil yakuniga koʻra, birinchi liga yoʻllanmasiga ega boʻldi.

1987-yilning noyabr oyida „Navbahor“ Oʻrta Osiyoda birinchi, Sovet Ittifoqida Ukrainaning „Dnepr“ (Dnepropetrovsk) klubidan soʻng, ikkinchi boʻlib, xoʻjalik hisobidagi futbol klubi sifatida faoliyat yuritishni boshladi.

„Navbahor“ 1978-yildan 1991-yilga qadar Sovet Ittifoqi chempionati ikkinchi ligasining turli mintaqalarida qatnashib, 508 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Jamoa 245 ta oʻyinda gʻalaba qozonib, 100 ta uchrashuvda durangga imzo chekkan boʻlsa, 163 ta bahsda magʻlubiyatga uchragan. 702ta gol urib, oʻz darvozasidan 513 ta toʻp oʻtkazib yuborgan.

1991-yili Sovet Ittifoqi chempionatining birinchi ligasida ishtirok etgan „Navbahor“ 42 ta oʻyinda 19 ta gʻalaba qayd etgan. Yettita bahsda durang kuzatilgan boʻlsa, 19 ta uchrashuvda jamoa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Oʻsha yilgi chempionat yakunida „Navbahor“ 22 ta jamoa orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Namanganliklar 1989-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi kubogida ham 10 ta oʻyin oʻtkazishgan. Jamoa oltita uchrashuvda gʻalaba qilib, toʻrtta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan. Mazkur uchrashuvlar davomida raqiblar darvozasiga 24 ta gol urilgan. „Navbahor“ oʻz darvozasidan 12 ta toʻp olib chiqqan. Jamoaning kubok bahslaridagi eng yirik gʻalabasi 1991-yili kuzatilgan. Oʻsha yili „Navbahor“ oʻz maydonida 1/32 final doirasida Chimkentning „Meliorator“ jamoasini 14:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekiston Chempionatlarida

tahrir

1992-yilda klub nomi „Navbahor“ deb oʻzgartirildi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991 -yil 2-yarmida), 1992-yilgi mavsumdan boshlab Oʻzbekiston milliy chempionatida oʻynay boshladi.

Oʻzbekiston chempionati tarixida 1-oʻrinni egallagan „Navbahor“ yana 16 ta jamoa bilan birga Oliy ligadan joy oldi. Debyut mavsumi yakuniga koʻra 5-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogining 1-gʻolibiga aylandi.

Keyingi mavsumlarda ketma-ket uch marta (1993, 1994 va 1995) „Navbahor“ Oliy liga bronza medali sohibi, 1993-yilda Kubok finalchisi, 1995-yilda esa 2-marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

1996-yilgi mavsumda klub 1-marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi[1][2][3]. Keyingi 3-yil davomida u yana bronza medali sohibi boʻldi va 1998-yilda oʻz tarixida 3-marta va hozircha oxirgi marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi[4].

1999-yilda „Navbahor“ Oʻzbekiston Superkubogining 1-gʻolibi boʻldi. 2000-2002-yilgi mavsumlarda sovrinlarsiz klub qoldi, ammo 2003 va 2004-yillarda ketma-ket ikki marta bronza medalini qoʻlga kiritgan[5][6][7]. 2005-yildan beri jamoa chempionatning „oʻrta jamoasi“ deb ataladigan jamoalaridan biriga aylandi[8][9].

Keyingi mavsumlarda klubning eng yuqori yutugʻi 2017-yilgi mavsumdagi 5-oʻrin boʻldi[10]. Ammo 2018-yilda (14-yildan soʻng) „Navbahor“ yana 9-marta Oʻzbekiston Superligasining bronza medallarini qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi[11]. 2022-yil yakunlariga koʻra jamoa klub 24 yildan soʻng ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finalida toʻp surdi, ammo, Nasaf jamoasiga magʻlub boʻlib ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston Superligasida esa klub oʻz tarixida ilk bor kumush medallarini qoʻlga kiritdi[12][13][14].

Xalqaro musobaqalar

tahrir

„Navbahor“ toʻrt marta Osiyoning klublar oʻrtasidagi musobaqalarida ishtirok etgan. 1996/1997-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogining amaldagi sohibi sifatida OFK klublar oʻrtasidagi ikkinchi nufuzli turnir – Osiyo kubogi egalari kubogida ishtirok etib, ikkinchi saralash bosqichida toʻxtagan edi.

1997/1998-yilgi mavsumda Namangan klubi Osiyo Chempionlar Kubogida (hozir OCHL deb ataladi) Oʻzbekistonning amaldagi chempioni sifatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olmadi.

„Navbahor“ uchinchi marta 1999/2000-yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqasida qatnashgan. 1998-yilgi Oʻzbekiston Kubogining amaldagi sohibi sifatida Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan va yarim finalga qadar yetib borgan[15]. Toʻrtinchi marotaba 2023/2024-yilgi mavsumda ishtirok etdi va 1/8 final bosqichiga qadar yetib bordi.

Klub afsonalari

tahrir

Jamoa Viktor Jalilov boshchiligida klub oʻz tarixida hozircha yagona boʻlib turgan chempionlikka erishgan. Murabbiy shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida ham jamoa bilan gʻalabalarga erishgan.

Shuningdek, Mustafo Bayramov, Farhod Magometov, Dmitriy Bashkevich, Eduard Momotov, Gennadiy Denisov, Rustam Zabirov, Oleg Shatskix, Saydullo Tursunov, Tohir Madrahimov, Shuhrat Mirxoldorshoyev, Xayrulla Karimov singari jamoada toʻp surgan tajribali futbolchilarning ham jamoa tarixida oʻz oʻrni bor[16].

Sovet Ittifoqi davrida „Navbahor“ Valixon Zunnunov, Viktor Orlov, Pyotr Boldirev, Sergey Dotsenko, Pavel Kim, Dmitriy Korneyev, Gennadiy Nedelkin, Valeriy Gladilin va Igor Volchok kabi taniqli murabbiylar boshqarishgan.

Jamoa nomlari tarixi

tahrir
  • 1978—1980: Tekstilshchik[17]
  • 1980—1983: Navbahor
  • 1983—1987: Avtomobilchi
  • 1988-yildan – Navbahor

Klub ramzlari

tahrir

2018-yilgi mavsum oldidan jamoada bir qator oʻzgarishlar boʻldi, bulardan biri jamoaga yangi logo tanlandi[18].

Stadion

tahrir

Klublar uyi 22 000 tomoshabinga moʻljallangan „Navbahor Markaziy“ stadionidir. 1989-yilda qurilgan stadion sigʻimiga koʻra (toʻliq qayta taʼmirdan avval 33000 muxlis sigʻar edi) mamlakatdagi eng katta futbol stadionlaridan biri boʻlgan. 2011-yilda klub stadionni rekonstruksiya qilish niyatida ekanligini eʼlon qildi va u uzoq vaqt davom etgan rekonstruksiya ishlari uchun yopildi. Qayta tiklash ishlari 2014-yil bahorida yakunlandi. 2014-yilning 29-may kuni „Barkamol avlod-2014“ sport oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi bilan yangi taʼmirlangan stadionning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi joyning sigʻimi 22 000 kishi.

2012—2014-yilgi mavsumlarda klub uy uchrashuvlarini Kosonsoy stadionida oʻtkazdi. Taʼmirlangan stadiondagi ilk rasmiy oʻyin 2014-yil 14-iyun kuni Liga doirasidagi „Navbahor“ – „Olmaliq“ uchrashuv boʻldi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalabaga erishadilar.

Yutuqlar

tahrir
  • Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: (1) 2023
  • Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: (11) 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018, 2023,2024

Mahalliy musobaqalar natijalari

tahrir
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar
Div. Oʻrin. Oʻyin. D M UG OʻG O Ism Liga
1992 Oliy liga 5 32 18 8 6 54 21 44 Chempion   /   Rustam Zabirov 15
1993 Oliy liga 3 30 18 7 5 64 32 43 Finalchi   Farid Xabibulin 13
1994 Oliy liga 3 30 17 6 7 58 26 40 Yarim final   Farid Xabibulin 11
1995 Oliy liga 3 30 23 3 4 69 23 72 Chempion   Oleg Shatskix 24
1996 Oliy liga 1 30 23 5 2 88 23 74 Chorak final   Oleg Shatskix 23
1997 Oliy liga 3 34 21 5 8 84 37 68 Yarim final   Oleg Shatskix 13
1998 Oliy liga 3 30 18 5 7 60 33 59 Chempion   Shuhrat Rahmonqulov 10
1999 Oliy liga 3 30 18 7 5 55 34 61 N/A   Shuhrat Rahmonqulov 12
2000[19] Oliy liga 5 38 19 8 11 92 56 65 Chorak final   Shuhrat Mirxoldorshoyev 28
2001[20] Oliy liga 4 34 20 1 13 79 52 61 1/16 final bosqichi   Shuhrat Mirxoldorshoyev 23
2002 Oliy liga 6 30 14 4 12 53 39 46 1/16 final bosqichi   Shuhrat Mirxoldorshoyev 19
2003 Oliy liga 3 30 19 6 5 66 28 63 Yarim final   Shuhrat Mirxoldorshoyev 26
2004 Oliy liga 3 26 218 3 5 66 23 57 1/16 final bosqichi   Shuhrat Mirxoldorshoyev 31
2005[21] Oliy liga 6 26 12 3 11 31 31 39 Yarim final   Shuhrat Mirxoldorshoyev 20
2006 Oliy liga 7 30 13 5 12 46 35 44 1/8 final bosqichi   Arif Mirzoýew 18
2007[22] Oliy liga 8 30 11 4 15 37 41 37 1/8 final bosqichi   Vladimir Baranov 12
2008[23] Oliy liga 13 30 7 11 12 28 39 32 1/8 final bosqichi   Shuhrat Mirxoldorshoyev 13
2009[24] Oliy liga 14 30 7 7 16 21 48 28 1/8 final bosqichi   Muxtor Fozilov 5
2010[25] Oliy liga 9 26 9 4 13 32 32 31 1/8 final bosqichi   Shuhrat Mirxoldorshoyev 11
2011 Oliy liga 6 26 9 9 8 26 21 36 1/8 final bosqichi   Roʻzimboy Ahmedov 5
2012 Oliy liga 12 26 6 8 12 19 34 26 1/8 final bosqichi   Sobir Hamidov 5
2013 Oliy liga 11 26 7 6 13 29 48 27 1/8 final bosqichi   Roʻzimboy Ahmedov 11
2014[26] Oliy liga 7 26 9 3 14 38 40 30 Chorak final   Shahboz Erkinov 14
2015 Oliy liga 8 30 11 4 15 40 51 37 1/8 final bosqichi   Shahboz Erkinov 13
2016 Oliy liga 15 30 6 5 19 37 66 23 1/8 final bosqichi   Akrom Bahriddinov

  Dilshod Jabborov

7
2017 Superliga 5 30 12 10 8 40 37 46 1/8 final bosqichi   Azizbek Turgʻunboyev 8
2018 Superliga 3 20 9 4 7 20 18 31 1/16 final bosqichi   Azizbek Turgʻunboyev 7
2019 Superliga 8 26 7 11 8 26 23 32 Chorak final   Oleksandr Kasyan 10
2020 Superliga 8 26 8 11 7 24 21 35 Chorak final   Azizbek Turgʻunboyev 8
2021 Superliga 6 26 10 9 7 23 19 39 1/8 final bosqichi   Azimjon Ahmedov 3
2022 Superliga 2 26 15 8 3 33 15 54 Finalchi   Zoran Marushich 12
2023 Superliga 3 26 14 5 7 44 19 47 Yarim final   Oston Oʻrunov 9
2024 Superliga 3 26 11 10 5 42 39 43 Finalchi   Toma Tabatadze 10

OFK musobaqalaridagi ishtiroki

tahrir
Osiyo Chempionlar ligasi: Guruh bosqichi
1996/97: 2-Bosqich
1999/00: 4-oʻrin

2023/24 OCHL da ishtirok etmoqda

Xalqaro Musobaqalarda natijalar

tahrir

Soʻnggi Oʻyin 2000-yil 15-aprelda boʻlib oʻtgan.[27][28]

Musobaqa D M UG OʻG O
Osiyo Chempionlar ligasi 8 3 3 2 15 9 12
Osiyo kubogi egalari kubogi 10 4 1 5 18 23 13
Umumiy 18 7 4 7 33 32 25
Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Uyda Safarda Umumiy

hisob

1996-97 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich   Al-Quwa Al-Jawiya 1-4 5-2 6-6
Ikkinchi bosqich   Esteghlal 1-4 3-0 4-4
1997-98 AFC Osiyo Chempionlar kubogi Birinchi bosqich - Bye
Saralash bosqichi   Dynamo Dushanbe 3-0 1-2 4-2
Ikkinchi bosqich   Nisa Aşgabat 6-1 2-2 8-3
Chorak final – Gʻarbiy osiyo

Guruh bosqichi

  Al Ansar 0-0 3
  Al Hilal 1-3
  Persepolis 1-1
1999-2000 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich - Bye
Ikkinchi bosqich   Kaisar-Hurricane 2-2 1-0 3-2
Chorak final   Al-Ahli 1-6 2-0 3-6
Yarim final   Al-Zawraa 1-2
3-oʻrin uchun   Bangkok Bank 1-3
2023-2024 AFC Osiyo Chempionlar ligasi Pley-off   Al-Wakrah 1-0 (q.v)
D guruhi   Al Hilal 0-2 1-1 Ikkinchi
  Mumbai City 3-0 2-1
  Nassaji Mazandaran 2-1 3-1
Nimchorak final   Al-Ittihod 0-0 1-2 1-2

Raqobat

tahrir

„Navbahor“ning asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalaridir[29]. Bu klublar har qanday davrda oʻzaro raqobati yuqori darajada oʻtgan. Bundan tashqari Vodiyning yana bir jamoasi – „Andijon“ klubiga qarshi oʻziga xos derbi ham tarixga kirgan[30].

Jamoa tarkibi

tahrir
2025-yil 10-mart holatiga koʻra[31]

Birinchi jamoa tarkibi

tahrir

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   UZB Umidjon Ergashev
4 DF   UZB Shahzod Toirov
6 DF   UZB Sherzod Gʻulomjonov
7 MF   UZB Azim Ahmedov
8 MF   UZB Shohmalik Komilov
9 FW   UZB Zabihillo Oʻrinboyev
10 FW   UZB Shahzod Ubaydullayev
11 FW   UZB Poʻlatxoʻja Xoldorxonov
12 DF   UZB Saidazamat Mirsaidov
13 MF   NGA Benjamin Teidi
16 GK   UZB Shukron Yoʻldoshev
17 DF   UZB Ruslanbek Jiyanov
19 FW   UZB Mirzohid Gʻofurov
20 MF   UZB Muzaffar Moʻminov
R. Poz. Millati Futbolchi
21 MF   UZB Rian Islomov
22 FW   UZB Asadbek Joʻraboyev
23 MF   UZB Jahongir Tursunov
24 MF   UZB Dostonbek Abdulhayev
29 FW   BRA Pedro
33 DF   BLR Sergey Karpovich
36 DF   BRA Guilherme Guedes
37 MF   UZB Alisher Odilov
55 MF   UZB Komiljon Tojiddinov
70 MF   UZB Abbos Gʻulomov
71 FW   UZB Navroʻzbek Iminjonov
77 FW   UZB Sardor Rashidov
99 DF   BRA Higor Gabriel

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
3 DF   UZB Zafarbek Rahimjonov
15 MF   UZB Javohir Abdujabborov
26 DF   UZB Isoxon Musoxonov
27 MF   UZB Bahrom Kozimov
28 MF   UZB Islombek Mahmudov
31 DF   UZB Shohroʻzjon Ismatov
32 DF   UZB Muhammadbobur Moʻydinov
34 MF   UZB Ahrorxon Abbosxonov
38 DF   UZB Javohir Bahodirov
R. Poz. Millati Futbolchi
39 MF   UZB Nodirbek Ahmadjonov
40 MF   UZB Alisher Miraliyev
41 GK   UZB Ozodbek Maʼrufov
42 GK   UZB Farruh Qurbonov
48 DF   UZB Mirashavkat Miryoqubov
49 FW   UZB Zulfiqor Akbarov
56 DF   UZB Habibillo Japaraliyev
72 FW   UZB Abdulaziz Mahmudov

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
44 DF   UZB Sherzodbek Abdulboriyev
43 GK   UZB Sirotilloxon Yusufxonov
45 DF   UZB Mamadalixon Olimov
46 MF   UZB Azizbek Rahimjonov
50 MF   UZB Muhammadali Rakibov
51 DF   UZB Rustambek Karimjonov
52 DF   UZB Anasxon Rahmonov
53 MF   UZB Abdulloh Jamolov
R. Poz. Millati Futbolchi
54 MF   UZB Asadbek Toshpoʻlatov
60 DF   UZB Talabjon Toʻychiyev
63 MF   UZB Sarvarbek Mirhoshimov
65 MF   UZB Jamshidbek Toshmuhammadov
66 MF   UZB Sardorbek Mirholdirshoyev
47 FW   UZB Akbarxon Ibrohimxonov
67 MF   UZB Hojiahmad Husanov
68 MF   UZB Abdurahmon Shamsiddinov

Klub hodimlari

tahrir

Murabbiylar shtabi

tahrir
 
Samvel Babayan klubning sobiq bosh murabbiyi.
Lavozimi Xodimlar
Bosh murabbiy   Sergey Lushan
Yordamchi murabbiy   Mixail Smirnov
Texnik yordamchi murabbiy   Vladimir Golmak
Fitnes murabbiyi   Aleksandra Golubaeva
Darvozabonlar murabbiyi   Pavel Kudryashov
Texnik yordamchi/fitnes murabbiyi   Maʻruf Poʻlatov
Sport terapevti   Bahodir Toshbekov
Texnik tahlilchi  
Lavozimi Xodimlar
Navbahor U-21 yoshlar tarkibi murabbiyi Dmitriy An[32]
Navbahor-W bosh murabbiyi Karima Yoʻldosheva
Navbahor futzal bosh murabbiyi Xurshid Tojiboyev
  • Oxirgi yangilangan: 5-mart 2024-yil
  • Manba:

Xodimlar

tahrir
Lavozimi Xodimlar
Prezident   Rasul Nizomboyev[33]
Vitse-prezident   Otabek Samatov
Bosh direktor   Akmal Sohibov[34]
  • Oxirgi yangilangan: 6-mart 2024-yil
  • Manba:[35]

Bosh murabbiylari tarxi

tahrir

Mashhur futbolchilar

tahrir

SSSR/Oʻzbekiston

tahrir
Sobiq SSSR davlatlari
Yevropa
Janubiy Amerika


Afrika


Osiyo

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „"Navbahor-96"ni eslab. Oliy liga tarixida eng ko'p gol urilgan o'yin“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  2. „Тарихий кадрлар. 1996 йилги "Навбаҳор"нинг чемпионлик ўйини“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  3. „ВИДЕО. "Навбаҳор" чемпионлигига 20 йил тўлд“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  4. „“Navbahor” 1996 yil chempionlikni qo'lga kiritganda tarkibda kimlar bo'lgan?“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  5. „Фото архив: Тарихдаги "Навбаҳор"“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  6. „АРХИВ. 2010 йилги "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 мингдан зиёд томошабин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  7. „ВИДЕО АРХИВ. "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 минг томошабин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  8. „"Навбаҳор" олий лигада қолди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  9. „Олий лига. "Навбаҳор" 25 йилда иккичи бор ўз уйида бир ўйинда бешта гол ўтказди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  10. „"Навбаҳор" охирги 13 йилдаги энг юқори ўринни банд этди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  11. „"Навбаҳор" - 9 карра бронза медали соҳиби!“ (16 ноя 2018). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  12. „"Навбаҳор"га кумуш медалларни тақдим қилган учрашувдан галерея“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  13. „"Навбаҳор"дан тарихий натижа“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  14. „"Насаф" Ўзбекистон Coca Cola кубоги соҳибига айланди ва келаси мавсум ОЧЛда иштирок этиш ҳуқуқини қўлга киритди!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  15. „"Навбаҳор" 4-ўрин соҳибига айланган Осиё кубок эгалари кубогини ёдга оламиз“ (2024-yil 17-fevral).
  16. „Ўқувчиларимиз "Навбаҳор" тарихидаги энг яхши футболчини аниқлашди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  17. „Bir klub tarixi: "Samodagi lochinlar"“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  18. „"Навбаҳор"нинг янги логотипини кўрдингизми? ФОТО“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  19. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2000"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  20. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2001"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  21. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2005"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  22. „Архив. "Навбаҳор-2007"дан кимларни танидингиз?“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  23. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2008"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  24. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2009"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  25. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2010"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  26. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2014"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  27. „"Навбаҳор" келаси мавсум ОЧЛда ўйнайди“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  28. „"Навбаҳор" 23 йилдан сўнг яна халқаро майдонга қайтди ёхуд аввалги барча натижаларни ёдга оламиз“. 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-oktyabr.
  29. „"Навбаҳор" ва "Пахтакор" жамоалари ўртасида қайд этилган энг йирик ҳисоб эсингиздами? (превью)“ (8 август, 21:10). 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  30. „АРХИВ. 2010 йилги "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 мингдан зиёд томошабин“ (13 май 2020). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  31. „2025-yilgi Navbahor qaydnomasi“. pfl.uz. Qaraldi: 2025-yil 10-mart.
  32. „"Навбаҳор" ёшлар жамоасига янги бош мураббийи!“ (2024-yil 8-yanvar).
  33. „"Навбаҳор" футбол клубига янги президент тайинланди“ (2024-yil 5-mart).
  34. „“Навбаҳор” клуби раҳбариятида ўзгариш“ (2024-yil 6-mart).
  35. „"Навбаҳор" футбол клубига янги президент тайинланди“. Championat.asia. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  36. „Klub Tarixi.“ (2009-yil 4-may).
  37. „Наманганнинг янги ҳокими "Навбаҳор" жамоаси президентини ва бош мураббий Бахтиёр Ашурматовни ишдан бўшатди“ (2015-yil 30-dekabr). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  38. „Расман: Андрей Канчельскис - "Навбаҳор" бош мураббийи ФОТО“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  39. „Breaking: "Навбаҳор" устози Андрей Канчельскис ўз лавозимини тарк этди“. 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  40. „ФОТО. "Навбаҳор" Деян Журжевични таништирди“. 2019-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  41. „"Навбаҳор" вице-президенти Журжевичга бўшаш тўғрисида ариза ёзиши кераклигини айтди“. 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  42. „"Навбаҳор" Канчельскис билан 3 йиллик шартнома имзолади“. 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  43. „Эшитдик-да! Канчельскис "Навбаҳор" билан шартномани бекор қилди ва ФИФАга мурожаат қилмоқчи“. 2020-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  44. „Самвел Бабаян - "Навбаҳор" бош мураббийи!“. 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir