Samvel Babayan
Samvel Vyacheslavovich Babayan (1971-yil 19-may) — arman millatiga mansub sovet va oʻzbek futbolchisi. Sobiq Olimpiya va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi (2015—2017).
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Samvel Vyacheslavovich Babayan | ||
Tavallud sanasi | 19-may 1971-yil | ||
Tavallud joyi |
![]() ![]() | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1993—1996 1996—2001 2002—2014 2014—2015 |
![]() ![]() ![]() ![]() | ||
Milliy terma jamoa | |||
2001—2015 2015—2016 2015—2017 |
![]() ![]() ![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Biografiyasi Tahrirlash
Samvel Babayan 1971-yil 19-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mavjud ayrim maʼlumotlarga koʻra, u Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutini murabbiylik ixtisosligi boʻyicha tamomlagan[1].
Samvel Babayan Oʻzbekiston SSRda turli jamoalar uchun toʻp surgan.
Karyerasining boshlanishi Tahrirlash
1993-yili Toshkent viloyatidagi „Siyosiy boshqarma“ futbol jamoasi rahbari etib tayinlanadi. 1996-yili „Navbahor“ futbol klubi bosh murabbiyi Viktor Jalilov yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi va oʻsha yilda jamoa Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritadi. Shundan keyin 2001-yilda Babayanni Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi boshqaruvchisi sifatida ishga taklif etishadi va keyingi yili murabbiy Toshkentning „Paxtakor“ futbol klubi vitse-prezidenti etib tayinlanadi.
2014-yilda „Paxtakor“ Oʻzbekiston Oliy ligasi chempionligini qoʻlga kiritadi va Babayan yil oxirida Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topiladi.
Oʻzbekiston terma jamoasi Tahrirlash
2015-yil 23-iyunda Mirjalol Qosimov isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Babayan Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi murabbiyi etib tayinlanadi. 2015-yil 27-noyabrda esa Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi boʻladi. Uning murabbiyligi ostida maydonga tushuvchi yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi ishtiroki muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanadi va jamoa 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmaydi.
Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmaydi. So‘nggi uchinchi saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston „A“ guruhida Eron, Janubiy Koreya va Suriya terma jamoalarini o‘tkazib yuborgan holda guruhda to‘rtinchi (oltita o‘rindan) o‘rinni egallaydi. 2017-yil 7-sentyabrda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi[2].
Futboldan bir umrga chetlatilishi Tahrirlash
2018-yilning 15-yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi Babayanni Toshkentning „Paxtakor“ klubidagi faoliyati davomida futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha firibgarlik qilgani uchun umrbod futbol sohasida faoliyat yuritishdan chetlatadi. Shuningdek, murabbiy Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2018-yilgi Jahon chempionati saralash turniridagi omadsizligida ham ayblangan. Babayan nufuzli murabbiy va mutaxassislarning tavsiya va maslahatlariga eʼtibor bermagan holda terma jamoaga oʻyinchilarni tanlashda saviyasi va oʻyini past boʻlgan, oʻziga tanish futbolchilarni jalb etgan, bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa oʻzining moddiy manfaatlarini boʻlgan[3][4].
Latviyadagi faoliyati Tahrirlash
2018-yil aprel oyida Babayan Latviyaning „Spartak-Yurmala“ futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[5][6][7][8][9][10][11][12][13]. 2018-yilning 13-aprelida unga Latviya chempionati oliy ligasida[14] ishlash uchun zarur bo‘lgan Yevropada murabbiylik faoliyatini olib borish uchun litsenziya berilmaganligi bois murabbiy klubni boshqara olmasligi maʼlum bo‘ladi. 23-aprel kuni Babayan „Spartak-Yurmala“ klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi va klubning texnik direktori lavozimiga oʻtkaziladi[15].
Xitoydagi faoliyati Tahrirlash
2019-yil yakunida Babayan Xitoyning „Chanchun Yatay“ futbol jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, klub oʻzbekistonlik murabbiyni isteʼfoga chiqarganligini rasman eʼlon qiladi[16].
Oʻzbekiston futboliga qaytish Tahrirlash
2019-yilning 26-fevral kuni OAVda Samvel Babayan Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klubi prezidentining maslahatchisi etib tayinlangani haqida maʼlumotlar paydo boʻladi[17][18][19][20][21]. Bu maʼlumot Toshkentning „Lokomotiv“ klubi[22] rasmiy saytida ham eʼlon qilinadi. Xabar muxlislarning keskin noroziligiga sabab boʻladi, bunga javoban keyinchalik Samvel Babayan oʻzining qisqa intervyusida diskvalifikatsiya undan 2018-yilning 1-fevralida, yaʼni diskvalifikatsiyadan ikki haftadan sal koʻproq vaqt oʻtgach, olib tashlangani haqida xabar beradi[23].
Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari Tahrirlash
- Oʻzbekiston chempioni (2014);
- Yilning eng yaxshi futbol murabbiyi (2014).
Manbalar Tahrirlash
- ↑ Safarov V. A. Ensiklopediya futbola v Uzbekistane 1912—2012. — T. 2014. — S. 363.
- ↑ „Самвела Бабаяна отправили в отставку“. 7-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-sentyabr 2017-yil.
- ↑ „Sport-express.ru Бывший тренер сборной Узбекистана Бабаян пожизненно отстранён от футбольной деятельности“. 16-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Championat.com Экс-тренер сборной Узбекистана Бабаян пожизненно отстранён от футбола“. 16-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-yanvar 2018-yil.
- ↑ „«Пахтакор» упразднил в клубе должность главного тренера“. 12news.uz (3-yanvar 2014-yil).
- ↑ „Самвел Бабаян назначен главным тренером национальной сборной Узбекистана“. ФФУ (23-iyun 2015-yil). 23-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-avgust 2018-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-06-23).
- ↑ Чемпионат Азии U-23: Сборная Узбекистана потеряла шансы на выход из группы, 2016-01-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-08-07
- ↑ Samvela Babayana otpravili v otstavku
- ↑ Sport-express.ru Bivshiy trener sbornoy Uzbekistana Babayan pojiznenno otstranen ot futbolnoy deyatelnosti
- ↑ Championat.com Eks-trener sbornoy Uzbekistana Babayan pojiznenno otstranyon ot futbola
- ↑ „Самвел Бабаян возглавил чемпиона Латвии“. championat.asia (27-mart 2018-yil). Qaraldi: 1-aprel 2018-yil.
- ↑ „Sezonas simboliskais starta šāviens atskanējis - Virslīga sākas ar prezentācijas pasākumu“ (lv). synottipvirsliga.lv (27-mart 2018-yil). 2-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-aprel 2018-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2018-04-02).
- ↑ „Jūrmalas «Spartaka» trenerim Babajanam jāpamet klubs“ (lv). LSM.lv (13-aprel 2018-yil). Qaraldi: 19-aprel 2018-yil.
- ↑ „Jūrmalas «Spartaka» trenerim Babajanam jāpamet klubs“ (lv). LSM.lv (13-aprel 2018-yil). 20-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-aprel 2018-yil.
- ↑ „Aleksandrs Grišins kļūst par Jūrmalas Spartaks galveno treneri“ (lat) (23-aprel 2018-yil). 23-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1.
- ↑ „Samvel Babayan iste’foga chiqarildi“.
- ↑ „Пожизненно отстранённого от футбола тренера трудоустроили в ташкентский «Локомотив»“ (ru). fergana.agency. 1-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2019-yil.
- ↑ „Пожизненно отстранённый от футбола Самвел Бабаян назначен советником президента ташкентского «Локомотива»“ (ru). Служба новостей Центральной Азии. 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2019-yil.
- ↑ „Разве так можно было: отстранённый Самвел Бабаян вернулся в узбекский футбол“ (ru). Sputnik. 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2019-yil.
- ↑ „Breaking News! Самвел Бабаян в штабе чемпиона Узбекистана“ (ru). CHAMPIONAT.asia. 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2019-yil.
- ↑ „Самвел Бабаян "Локомотив"да иш бошлади“ (uz). CHAMPIONAT.asia. 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2019-yil.
- ↑ „Таниқли мутахассис Самвел Бабаян “Локомотив” ПФКда иш бошлади“ (uz). lokomotiv.uz. 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2019-yil.
- ↑ „Самвел Бабаян: "ЎФА ўтган йил дисквалификацияни бекор қилган"“ (uz). CHAMPIONAT.asia. 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2019-yil.
Havolalar Tahrirlash
- Profili (Rus.) FootballFacts.ru veb-sayti boʻyicha