Diskvalifikatsiya (dis... va kvalifikatsiya) (sportda) — 1) musobaqa qoidalarini texnik jihatdan buzganligi uchun sportchi (yoki jamoa)ni erishgan natijalari, egallagan oʻrni va b.dan mahrum qilish; 2) sportchini axloqiy normalarni buzganligi yoki sport kvalifikatsiyasi talablariga mos kelmasligi tufayli musobaqalarda qatnashishdan chetlatish (baʼzan bundam D. natijasida sportchining unvoni ham bekor qilinadi). D. shartli boʻlishi mumkin. D. haqidagi qaror sport klublari, jamiyatlari, federatsiyalari va sport qoʻmitalari tomonidan qabul qilinadi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil