Anvar Ro‘zievich Jabborov (1963 yil 20 iyulda Buxoroda tug‘ilgan) — o‘zbek futbolchisi va murabbiyi, darvozabon sifatida o‘ynagan.

Anvar Jabborov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anvar Ro‘zievich Jabborov
Tavallud sanasi 20-iyul 1963-yil (1963-07-20) (60 yosh)
Tavallud joyi Buxoro, Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Boʻyi 182 sm
Ampluasi darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet IttifoqiYoshlar Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1981
1983—1986
1987—1988
1989
1990
1990
1991
1992
1993
1993
1994
1994
1995
1996
1997
1997
1998
1999
1999
1999—2000
2000
2002
Sovet Ittifoqi Qarshistroy
Sovet IttifoqiZarafshon
Sovet IttifoqiKosonsoy
Sovet IttifoqiYoshlik (Jizzah)
Sovet IttifoqiNurafshon
Sovet IttifoqiPaxtakor
Sovet IttifoqiNavbahor
OʻzbekistonPaxtakor
UkrainaKrivbas
OʻzbekistonNavbahor
Oʻzbekiston Navro‘z
OʻzbekistonKushon
OʻzbekistonNavro‘z
OʻzbekistonProgres
Oʻzbekiston|Navbahor
OʻzbekistonSo‘g‘diyona
Oʻzbekiston MHSK
OʻzbekistonМеtallurg (Bekobod)
OʻzbekistonXorazm
HindistonVasko
OʻzbekistonQizilqum
OʻzbekistonSurxon
(7 (-?)
92 (-32+/5)
67 (-?/5)
35 (-?/1)
4 (-?)
4 (-5)
24 (-27/3)
30 (-28)
1 (-1)
8 (-12)
15 (-25/1)
? (-?)
17 (-24)
? (-?)
2 (-3)
3 (-5)
4 (-12)
2 (-3)
5 (-6)
? (-?)
21 (-29)
4 (-12))
Milliy terma jamoa
1992 OʻzbekistonO‘zbekiston (3 (-4))
Boshqargan klublari
2009 QozogʻistonTaraz
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 30-iyul, 2022-yil(2022-07-30) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Futboldagi faoliyati tahrir

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Buxoroda tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 1981-yilda SSSR Ikkinchi ligasidagi „Qarshistroy“ klubi tarkibida boshlagan va klub safida 7 ta o‘yin o‘tkazgan. 1983-yilda ikkinchi liganing boshqa bir o‘zbek klubi „Zarafshon“ga o‘tib, to‘rt mavsum to‘p surgan. 1987-yilda „Kosonsoy“ tarkibiga kelib qo‘shilgan. 1989-1990 yillarda „Yoshlik“, „Nurafshon“ va „Paxtakor“ klublarini himoya qilgan. 1991-yili „Navbahor“ jamoasiga o‘tadi va SSSR Birinchi ligasidagi debyutini 6 aprel kuni safarda Kamishinning „Tekstilshchik“ jamoasiga qarshi birinchi davra uchrashuvida o‘tkazib, minimal hisobda mag‘lub bo‘ladi. Ushbu uchrashuvda Anvar Ro‘zievich asosiy tarkibda maydonga tushib, butun uchrashuvni o‘tkazadi[1]. Futbolchi „Navbahor“ tarkibida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga erishgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, poytaxtning „Paxtakor“ klubi safiga kelib qo‘shilgan va mamlakat chempionati Oliy ligasining birinchi qur’a (30 ta o‘yin) ishtirokchisiga aylangan. 1992/93 yilgi mavsumdagi qishki tanaffusda u „Krivbas“ga o‘tadi va 1993-yil 20-iyunda Premer liganing 30-turida „Ternopil Niva“ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazib 0:2 hisobda mag‘lub bo‘ladi[2]. Bu uchrashuvda Jabborov 46-daqiqada Valeriy Vorobyov o‘rniga maydonga tushib bitta gol o‘tkazib yuboradi. Keyingi mavsumni ham „Krivbas“da boshlagan bo‘lsa-da, mavsumning birinchi qismida „Navbahor“ jamoasiga o‘tadi.

Jabborov 1994-1999 yillarda tez-tez klubini almashtirgan. Bu yillarda futbolchi „Navro‘z“, „Kushon“, „Navbahor“, „So‘g‘diyona“, MHSK, Bekobodning „Metallurg“ va „Xorazm“ klublarida to‘p surgan. 1999/2000 yilgi mavsumda Jabborov Hindistonning Goa shahri klubi „Vasko“ jamoasi darvozasini himoya qilgan. 2000-yilda O‘zbekistonga qaytib, mavsumning qolgan qismini „Qizilqum“da o‘tkazadi. U jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lgan. Futbolchilik faoliyatini 2002-yilda „Surxon“ tarkibida yakunlagan. Jabborov ushbu jamoa libosi ostida to‘rtta o‘yin o‘tkazgan.

Jamoaviy faoliyati tahrir

Jabborov 1992-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilib debyut o‘yinda Tojikiston bilan mehmonda 2:2 hisobda durang natija qayd etgan. Bu o‘yinda Jabborov asosiy tarkibda maydonga tushib uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan[3]. 1992-yilning iyun-iyul oylarida terma jamoa libosida uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan. Keyinchalik terma jamoa safida o‘ynamagan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Futbolchi sifatidagi faoliyati yakunlangach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab Toshkentning „Bunyodkor“ futbol maktabida darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2009-yilda Qozog‘istonning „Taraz“ klubi darvozabonlariga murabbiylik qilgan.

Manbalar tahrir

  1. „«Текстильник» (Камишин) — «Навбахор» (Наманган)“. 2018-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  2. „«Нива» (Тернопіль) — «Кривбас» (Кривий Ріг)“. 2018-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  3. „«Таджикистан» — «Узбекистан»“. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.

Havolalar tahrir