Xorazm (futbol klubi)
Xorazm, "Xorazm" professional futbol klubi – Xorazm viloyati, Urganch shahrining futbol klubi. 1989-yilda tashkil etilgan.
Toʻliq nomi | FK Xorazm Urganch | ||
---|---|---|---|
Asos solingan | 1989 | ||
Stadioni |
Xorazm stadioni Urganch, Oʻzbekiston | ||
Sigʻimi | 13,500 | ||
Raisi | Nurulla Hasanov | ||
Direktori | Roʻzimboy Ahmedov | ||
Bosh murabbiyi | Hakim Fuzaylov | ||
Liga | Oʻzbekiston Pro ligasi | ||
Oʻrni | 14th | ||
|
Nomlari
tahrir- 1989—1990-yillar – „Jayhun“
- 1991—1992-yillar – „Quruvchi“
- 1993—1996-yillar – „Dinamo“
- 1997—2001-yillar – „Xorazm“
- 2002-yil – „Jayhun“
- 2003—2005-yillar – „Xorazm-2003“
- 2006-yildan – „Xorazm“
Tarixi
tahrirSSSR chempionatlari
tahrir1989-yilda Urganchda SSSR chempionati Ikkinchi ligasida Xorazm viloyatining yana bir jamoasi – „Xonqa“ (Xonqa) jamoasining oʻrniga „Jayhun“ nomi ostida yangi futbol klubi tashkil etilgan.
Oleg Bugaev boshchiligidagi jamoa 1-turni omadsiz oʻtkazdi. Faqat tajribali mutaxassis Valeriy Vasilenkoning kelishi vaziyatni oʻzgartirib, „Jayhun“ni quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qoldi (klub mavsumni 16-oʻrinda yakunladi)[1].
1990-yilda „Jayhun“ni yangi murabbiy Zohidulla Sanatulov boshqargan. Ammo klub omadsiz oʻynashda davom etdi va Sanatulov sentabr oyida Yuriy Gordeevga almashtirildi. U oxirgi turlarda 17-oʻrinni egallab, vaziyatni oʻnglashga muvaffaq boʻldi[2].
1991-yilda klub nomini „Quruvchi“ deb oʻzgartirdi. Jamoani mahalliy mutaxassis Allabergen Matniyazov boshqardi, biroq natijada mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlandi – klub ligada soʻnggi oʻrinni egalladi[3].
Oʻzbekiston chempionatlari
tahrir1993—1996-yillar
tahrir1993-yilda klub „Dinamo“ deb oʻzgartirilib, Xorazm IIB tasarrufiga oʻtdi. Oʻsha mavsumda u Xorazm viloyati chempioni boʻldi va viloyat ligalari gʻoliblari oʻrtasidagi oʻtish turnirida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Oʻtish turniri natijasi boʻyicha Urganch klubi Birinchi ligaga chiqa olmadi. Lekin Oʻzbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati Xorazm jamoasiga yonbosib, uni quyi-elita divizioniga kiritdi.
Shu tariqa, „Dinamo“ Xorazm tarixida Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan birinchi klub boʻldi. 1994-yilda jamoani oʻtmishda taniqli murabbiy Valeriy Vasilenko boshqargan.
1994-yil 9-aprelda boʻlib oʻtgan ilk uchrashuvda „Dinamo“ jamoasi safarda Chirchiqning „Kimyogar“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.
„Dinamo“ning ilk uy uchrashuvi 23-aprel kuni „Olimpiya“ stadionida Yangiyoʻlning „Mebelchi“ jamoasiga qarshi oʻtkazildi. Bu oʻyin mezbonlar uchun unchalik omadli kechmadi. Uchrashuv davomida magʻlub boʻlgan urganchliklar soʻnggi soniyalarda toʻpni darvozaga yoʻlladi va ochkoni saqlab qolishga muvaffaq boʻldi – 1:1.
Uydagi ilk gʻalaba keyingi turda (26-aprelda) qoʻlga kiritildi. Jizzaxning „Yigiruvchi“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Viktor Lukyanovning yagona goli mezbonlarga minimal 1:0 hisobida gʻalaba keltirdi. Bu natija „Dinamo“ga 4-turdan keyin turnir jadvalida 5-oʻrinni egallash imkonini berdi.
Keyinchalik debyutantning taqdiri unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. „Dinamo“ qolgan oʻyinlarni yetarli darajada yahshi oʻtkazmadi va 9 ochko jamgʻargan jamoa 1-turni oxiridan oldingi oʻrinda yakunladi.
Achinarli natijalar klub rahbariyatini tarkibni bir necha tajribali futbolchilarni taklif qilib kuchaytirishga majbur qildi. Ular orasida Vali Sultonov, Pavel Kaygorodov, Arsen Grigoryan, Vladimir Merejko va boshqalar bor edi.
Ammo vaqt boy berildi, jamoa oʻz oʻyinini topa olmadi va 1994-yilgi chempionatni oxirgidan oldingi 17-oʻrinda yakunladi. Klubning joriy mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari Vali Sultonov boʻldi va u 7 ta gol kiritdi.
Bu natijaga qaramay „Dinamo“ Birinchi ligani tark etmadi. Ishtirokchilar sonining kengayishi munosabati bilan, OʻFF mamlakatdagi ikkinchi muhim klub turnirida jamoani qoldirdi.
1995-yilda jamoaga Bahodir Mirzaev bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning yordami bilan klub bir qancha tajribali futbolchilar (darvozabon Aleksandr Semyonov, himoyachilar Evgeniy Lushnikov va Ildus Sharipov, yarim himoyachi Edik Sattarov) bilan mustahkamlandi.
Shuningdek, bir qancha umidli yosh futbolchilar – Botir Mirzayev, Daniyar Musaev, Dmitriy Malin, Vladimir Baranov va Andrey Chedinovskixlar taklif etilgan. Jamoa asosida mahalliy futbolchilar – Vali Sultonov, Azimbay Nurmetov va Jahongir Sultonovlar ham bor edi.
Ishtirokchilar soni ortishi munosabati bilan Birinchi liga formati oʻzgartirildi. 26 ta jamoa hududiy prinsip boʻyicha 2 ta zonaga boʻlingan.
Har bir zonadan 8 ta eng yaxshi jamoa keyingi bosqichga yoʻl oldi va Oliy ligaga 2 tadan yoʻllanma oʻynadi. „Dinamo“ Gʻarbiy zonada oʻynashi kerak edi.
„Dinamo“ uchun mavsum omadsiz boshlandi. Mehmon jamoa 1-turda qoʻshni Qoraqalpogʻiston Respublikasining prinsipial raqibi – Nukusning „Orol“ jamoasiga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Keyingi turda esa oʻz maydonida „Tegirmonchi“ni katta qiyinchilik bilan magʻlub etib, uchrashuv yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida hal qiluvchi golni urdi – 2:1. Shundan soʻng urganchliklar yaxshi formaga kirib, ketma-ket 8 ta magʻlubiyatsiz oʻyin oʻtkazib, 6 ta gʻalabaga erishdi. Jumladan, keyingi bosqichga chiqish uchun asosiy raqobatchilar – „Zarafshon“ (2:1) va „Progress“ (4:2) ustidan gʻalaba qozongan.
Bu natijalar klubga yakkama-yakka Gʻarbiy zona turnir jadvalida peshqadamlik qilish imkonini berdi. Jamoa nafaqat turnirda yuqori oʻrinlar, balki Oʻzbekiston Oliy ligasiga chiqish uchun ham kurash olib borishga qodir ekani oydinlashdi.
Dinamo sekinlashmadi va dastlabki bosqichning qolgan qismini ishonch bilan oʻtkazib, 1-oʻrindan 1995-yilgi chempionatning final bosqichiga chiqdi. 5-oktabr kuni Birinchi liga jamoalari oʻrtasidagi hal qiluvchi tur oʻyinlariga start berildi. Klublar Oliy ligaga 2 ta yoʻllanma uchun kurashishi kerak edi. Ularga asosiy daʼvogar „Dinamo“ (Urganch), „Kushon“ (Kosonsoy), „Chilonzor“ (Toshkent) va „Zarafshon“ (Navoiy) klublari edi.
Urganchliklar yana turnirni unchalik ishonchsiz boshladilar, dastlabki ikki safar oʻyinida bor-yoʻgʻi 2 ochko jamgʻarib, „Madaniyat“ (1:1) va „Gʻazalkent“ (0:0) bilan durang oʻynadi.
Bu natijalar darhol jamoaning turnir jadvaliga taʼsir qildi va „Dinamo“ jamoasi 3-oʻringa tushib ketdi. Ammo keyingi turlar oʻyinlari hammasini oʻz oʻrniga qoʻydi.
Klub oʻyinlarni juda shay holatda oʻtkazdi va ketma-ket bir necha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, yana peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Asosiy raqiblar – Kosonsoyning „Kushon“ (2:0) va Toshkentning „Chilonzor“ (1:0) jamoalari ustidan qozonilgan gʻalaba hal qiluvchi boʻldi.
9-noyabr kuni esa oʻz maydonida „Gʻazalkent“ni 3:1 hisobida magʻlub etgan urganchlik futbolchilar muddatidan avval (mavsum yakuniga bir tur qolganda) Oʻzbekiston Oliy ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Klubning eng yaxshi toʻpurarlari sifatida hujumchilar Vali Sultonov (18 ta gol) va Botir Mirzaev (17), shuningdek, himoyachi Pavel Kaygorodov (11) qayd etildi.
1996-yilda „Dinamo“ (Urganch) birinchi marta Oliy ligada maydonga tushdi. Mavsum boshlangunga qadar jamoani yetakchi futbolchilar tark etishdi va bosh murabbiy Rahim Moʻminovga almashtirildi. Barqaror ravishda mablagʻ ajratilishiga qaramay, klub kadrlar bilan taʼminlanmagan, mavsumoldi yigʻin sust oʻtkazildi. Muvaffaqiyatsiz natijalar oʻzini uzoq kuttirmadi.
Chempionatning 1-turi toʻliq muvaffaqiyatsiz oʻtdi. „Dinamo“ jamoasi bor-yoʻgʻi 1 ta gʻalabaga erishdi va turnir jadvalida munosib soʻnggi oʻrinni egalladi. Natijada bosh murabbiy ishdan boʻshatildi va bu lavozimga Vladimir Desyatchikov taklif qilindi.
Urganchliklar 2-tur boshlanishidan oldin bir qancha tajribali futbolchilar – Burgandin Chobanov, Eduard Kudryashov, Sergey Kovshov, Yevgeniy Matveyev va Aleksey Kornichenkolar bilan kuchayishdi.
Yosh Dmitriy Malin bilan tandemda oʻynay boshlagan, oʻtgan mavsum toʻpurari Vali Sultonov ham klubga qaytdi. Jamoa oʻzgarib, yangicha oʻynadi.
Urganchliklar 2-turda 7 ta gʻalabaga erishdi. Ammo, 1996-yilgi mavsum yakunida „Dinamo“ jamoasini 15-oʻrindan qutqarib qolgan 1 ochko ajratib qoldi. Dmitriy Malin 8 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Ammo chempionatda ishtirokchilar soni ortgani bois Oʻzbekiston futbol federatsiyasi qarori bilan Xorazm klubi Oliy ligadagi oʻrnini saqlab qoldi[4].
Mahalliy musboqalardagi statistikasi
tahrirSSSR chempionatlari
tahrirMavsum | Liga | Nomi | Oʻyin | Gʻal. | Dur. | Magʻ. | UT | OʻT | Ochko | Oʻrni (ishtirokchilar soni) | Eng yaxshi toʻpurarlar (gollar) |
1989 | Ikkinchi liga 7-zona | Jayhun | 40 | 15 | 7 | 18 | 42 | 59 | 37 | 16 (21) | Konstantin Novikov (10) |
1990 | Ikkinchi kichik liga 9-zona | Jayhun | 38 | 12 | 6 | 20 | 34 | 65 | 30 | 17 (20) | Vladimir Bogdanavichus (7) |
1991 | Ikkinchi kichik liga 9-zona | Quruvchi | 50 | 7 | 8 | 35 | 36 | 131 | 22 | 26 (26) | Nikolay Korenev(6) |
Oʻzbekiston chempionatlari
tahrirMavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng yaxshi toʻpurarlar | Murabbiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Div. | Oʻrin | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O | Ism | Liga | |||
1994 | Birinchi liga | 17 | 34 | 8 | 6 | 20 | 27 | 64 | 22 | 17 (18) | Vali Sultonov | 7 | Valeriy Vasilenko (iyungacha) Vladimir Desyatchikov (iyundan) |
1995 | Birinchi liga | 1 | 36 | 25 | 6 | 5 | 78 | 34 | 81 | Dastlabki guruh bosqichi | Vali Sultonov | 18 | Botir Mirzayev |
1996 | Oliy liga | 15 | 30 | 8 | 3 | 19 | 36 | 67 | 27 | 1/8 final | Dmitriy Malin | 8 | Rahim Moʻminov (iyungacha) Vladimir Desyatchikov (iyundan) |
1997 | Oliy liga | 10 | 34 | 13 | 3 | 18 | 58 | 77 | 42 | 1/16 final | Hamza Jabborov | 20 | Vladimir Desyatchikov (sentabrgacha) Islom Ahmedov (sentabrdan) |
1998 | Oliy liga | 12 | 30 | 10 | 6 | 14 | 39 | 55 | 36 | 1/16 final | Hamza Jabborov | 10 | Islom Ahmedov |
1999 | Oliy liga | 7 | 30 | 12 | 5 | 13 | 39 | 40 | 41 | 1/16 final | Vladimir Baranov | 10 | Ruzmet Kuryazov |
2000 | Oliy liga | 19 | 38 | 8 | 6 | 24 | 37 | 67 | 30 | 1/16 final | Vali Sultonov | 10 | Ruzmet Kuryazov (sentabrgacha) Olimjon Rahmonov (sentabrdan) |
2001 | Birinchi liga | 7 | 32 | 13 | 7 | 12 | 57 | 53 | 46 | 1/8 final | Vali Sultonov | 11 | Olimjon Raxmonov |
2002 | Birinchi liga | 7 | 32 | 15 | 9 | 8 | 47 | 36 | 54 | 1/8 final | Jasur Allanazarov | 9 | Botir Mirzaev |
2003 | Birinchi liga | 6 | 28 | 13 | 3 | 12 | 40 | 45 | 42 | Dastlabki guruh bosqichi | Odilbek Atajanov | 9 | |
2004 | Birinchi liga | 6 | 40 | 16 | 5 | 19 | 61 | 76 | 53 | 1/16 final | Vali Sultonov | 12 | Ulugʻbek Saparov |
2005 | Birinchi liga | 2 | 34 | 27 | 2 | 5 | 93 | 32 | 83 | Dastlabki guruh bosqichi | Mansur Abdullayev | 23 | Kuat Tureev |
2006 | Oliy liga | 16 | 30 | 0 | 3 | 27 | 21 | 127 | 3 | Ikkinchi bosqich | Sarvar Ibodullayev | 9 | Kuat Tureev (iyulgacha) Oleg Tyulkin (iyuldan beri) |
2007 | Birinchi liga | 12 | 38 | 16 | 5 | 17 | 32 | 59 | 53 | Ikkinchi bosqich | Roʻzimbay Ahmedov | 15 | |
2008 | Birinchi liga | 1 | 34 | 24 | 5 | 5 | 70 | 25 | 77 | Birinchi bosqich | Roʻzimbay Ahmedov | 22 | Vali Sultonov |
2009[5][6] | Oliy liga | 10 | 30 | 9 | 11 | 10 | 30 | 39 | 38 | Chorak final | Roʻzimbay Ahmedov Vladimir Baranov |
5 | Vali Sultonov |
2010 | Oliy liga | 14 | 26 | 2 | 7 | 17 | 21 | 46 | 13 | Ikkinchi bosqich | Zafar Polvonov | 9 | Vali Sultonov (avgustgacha) Bahrom Hakimov (avgust) Vali Sultonov (avgustdan) |
2011 | Birinchi liga | 5 | 36 | 20 | 9 | 7 | 69 | 29 | 69 | 1/16 final | Vladimir Gavrilov | 24 | Vali Sultonov |
2012 | Birinchi liga | 7 | 38 | 18 | 8 | 12 | 52 | 39 | 62 | 1/16 final | Marks Quranboyev | 9 | |
2013 | Birinchi liga | 6 | 38 | 19 | 6 | 13 | 57 | 42 | 63 | Birinchi bosqich | Murod Bobojonov | 19 | Adambay Qurbonniyazov (martgacha) Azamat Nurmetov (martdan) |
2014[7] | Birinchi liga | 11 | 38 | 15 | 8 | 15 | 52 | 56 | 53 | Ikkinchi bosqich | Nizom Norov | 13 | Mansur Davletov (avgustgacha) Vali Sultonov (avgustdan) |
2015[8] | Birinchi liga | 7 | 34 | 19 | 4 | 11 | 49 | 41 | 42 | Birinchi bosqich | Timur Bekchanov | 9 | Vali Sultonov[9] |
2016 | Birinchi liga | 7 | 32 | 12 | 6 | 14 | 56 | 50 | 42 | Birinchi bosqich | Umid Tojimov[10] | Umid Tojimov[10] | |
2017 | Birinchi liga | 9 | 34 | 13 | 8 | 13 | 52 | 52 | 47 | Ikkinchi bosqich | Sardor Matmurodov | 12 | Aleksandr Yejov |
2018 | Pro-liga | 7 | 32 | 9 | 6 | 17 | 51 | 70 | 33 | 1/16 final | Temur Ismoilov | 11 | Aleksandr Yejov |
2019 | Pro-liga | 6 | 28 | 14 | 5 | 9 | 58 | 37 | 47 | 1/16 final | Timur Bekchanov | 12 | Aleksandr Yejov |
2020 | Pro-liga | 7 | 20 | 6 | 3 | 11 | 23 | 32 | 21 | Birinchi bosqich | Sardor Matmurodov | 5 | Gʻayrat Shixov (sentabrgacha) Aleksandr Yejov (sentabrdan) |
2021[11] | Pro-liga | 5 | 20 | 7 | 7 | 6 | 32 | 29 | 28 | Guruh bosqichi | Roʻzimbay Ahmedov, | 7 | Aleksandr Yejov |
2022 | Pro-liga | 4 | 26 | 10 | 5 | 11 | 42 | 40 | 35 | Guruh bosqichi | Marsiano Roki | 15 | Ruslan Ahmedov |
2023 | Pro-liga | 7 | 20 | 5 | 7 | 8 | 16 | 19 | 22 | Chorak final | Nevil Mbanuey Tengeg | 4 | Ruslan Ahmedov |
2024 | Pro-liga | 6 | 28 | 6 | 11 | 11 | 18 | 30 | 29 | Chorak final | Temur Ismoilov | 3 | Ruslan Ahmedov |
2025 |
Oʻzbekiston kubogi
tahrirMavsum | Oʻyin | Gʻal. | Dur. | Magʻ. | UT | OʻT | Bosqich |
1995 | 4 | 2 | 0 | 2 | 8 | 10 | 1/16 final |
1996 | 4 | 1 | 1 | 2 | 5 | 7 | Dastlabki guruh bosqichi |
1997 | 6 | 3 | 1 | 2 | 9 | 11 | 1/8 final |
1998 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 2 | 1/16 final |
1999/2000 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 2 | 1/16 final |
2000/2001 | 3 | 1 | 0 | 2 | 7 | 9 | 1/8 final |
2001/2002 | 3 | 1 | 0 | 3 | 6 | 11 | 1/8 final |
2002/2003 | 3 | 1 | 0 | 2 | 11 | 7 | Dastlabki guruh bosqichi |
2004 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1/16 final |
2005 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 3 | Dastlabki guruh bosqichi |
2006 | 1 | 0 | 0 | 1 | 2 | 5 | Dastlabki 2-bosqich |
2007 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 6 | Dastlabki 2-bosqich |
2008 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | Dastlabki 1-bosqich |
2009 | 3 | 2 | 0 | 1 | 5 | 5 | 1/4 final |
2010 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | Dastlabki 2-bosqich |
2011 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1/16 final |
2012 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 3 | 1/16 final |
2013 | 1 | 0 | 0 | 1 | - | + | Dastlabki 1-bosqich |
2014 | 2 | 1 | 0 | 1 | 4 | 6 | Dastlabki 2-bosqich |
2015 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 3 | Dastlabki 1-bosqich |
2016 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 2 | Dastlabki 1-bosqich |
2017 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | Dastlabki 2-bosqich |
2018 | 1 | 0 | 0 | 1 | 2 | 3 | 1/16 bosqichi |
2019 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 3 | 1/16 bosqichi |
2020 | 1 | 0 | 0 | 1 | 2 | 3 | Dastlabki 1-bosqich |
2021 | 3 | 0 | 0 | 3 | 3 | 11 | Guruh bosqichi |
2022 | 3 | 0 | 0 | 3 | 2 | 8 | Guruh bosqichi |
2023 | 5 | 4 | 0 | 1 | 11 | 7 | Chorak final |
2024 | 5 | 3 | 0 | 2 | 10 | 8 | Chorak final |
Yutuqlari
tahrir- Birinchi liga gʻolibi (2 marta): 1995, 2008.
- Birinchi liganing 2-medali sohibi: 2005.
- Oʻzbekiston PFL kubogi sohibi: 2010.
Joriy tarkibi
tahrir2024-yil 15-mart holatiga[12].
|
|
U21
tahrirU19
tahrirJamoa xodimlari
tahrirJoriy texnik hodimlar
tahrirLavozimi | Ism |
---|---|
Bosh direktor | Roʻzimboy Ahmedov |
Bosh murabbiy | Hakim Fuzaylov |
Yordamchi murabbiy | Aleksandr Yejov |
Bosh skaut | Udayev G'ayrat |
Zaxira jamoasi bosh murabbiyi | |
Zaxira jamoasi murabbiy yordamchisi | |
Shifokor | |
Massajchi |
Bosh murabbiylar
tahrirIsm | Yillar |
---|---|
Valeriy Vasilenko | 1987—1988 |
Oleg Bugayev | 1989 |
Valeriy Vasilenko | 1989 |
Zohidulla Sanatulov | 1990 |
Valeriy Gordeyev | 1990 |
Ruzmet Kuryazov | 1991 |
Bahodir Mirzayev | 1995 |
Rahimjon Moʻminov | 1996 |
Vladimir Desyatchikov | 1996—1997 |
Islom Ahmedov | 1997—1998 |
Botir Mirzayev | 2002 |
Ruzmet Kuryazov | 2003 |
Vali Sultonov | 2008—2010 |
Adembay Qurbaniyazov | 2012—2013 |
Mansur Davlatov | 2014 |
Ruslan Ahmedov | ?—2024 |
Hakim Fuzaylov | 2024— |
Mashhur futbolchilari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „СССР. Сезон — 1989. Вторая лига. 7 зона.“. klisf.info.
- ↑ „СССР. Сезон — 1990. Вторая лига. 9 зона.“. klisf.info.
- ↑ „СССР. Сезон — 1991. Вторая лига. 9 зона.“. klisf.info.
- ↑ „АРХИВ. 2009 йилги "Хоразм" - "Бунёдкор" учрашуви, Рўзимбой Аҳмедовдан гол ва стадионда 21 мингдан зиёд томошабин“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ „"Ретро сурат". "Хоразм-2009"“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ „АРХИВ. 2009 йилги "Хоразм" - "Бунёдкор" учрашуви, Рўзимбой Аҳмедовдан гол ва стадионда 21 мингдан зиёд томошабин“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „Биринчи лига. Олий лига учун жиддий курашмаётган “Хоразм” ҳақида“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ „Биринчи лига. Иккинчи босқич якунлари. “Хоразм” ҳақида“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ „Вали Султонов “Хоразм” бош мураббийи этиб тайинланди“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ 10,0 10,1 „Умид Тожимов “Хоразм”да иш бошлади“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ „Про лига бошланмоқда: Танишинг, "Хоразм" - 2021“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ „Xorazm jamoasi tarkibi“. 2024-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-mart.
Havolalar
tahrir- Weltfussballarchiv (Wayback Machine saytida 2012-04-05 sanasida arxivlangan)
- „FootballFacts.ru saytidagi klub profil“.
- Sardorbek Yusupov. „O‘zbekiston klublari — Nom o‘zgarishlar ro‘yxati“ (inglizcha). RSSSF (18-may 2007-yil).
- „Futbol klublari tarixi“. lena-dvorkina.narod.ru. 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan.