Valeriy Vasilevich Vasilenko (1950-yil 30-iyun, Oʻzbekiston SSR, 2008-yil 18-yanvar, Oʻzbekiston) — asli rossiyalik oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynagan.

Valeriy Vasilenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Valeriy Vasilevich Vasilenko
Tavallud sanasi 30-iyun 1950-yil
Tavallud joyi Oʻz SSR, USSR
Vafot sanasi 18-yanvar 2008-yil(2008-01-18)
(57 yoshda)
Vafot joyi O'zbekiston
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1967-1968 Toshkentkabel Toshkent
1969 Metallurg
1971-1972 Paxtakor 2
1972-1975 Yangiyer 85 (55)
1975 Perm Zvezda 14 (3)
1976 Yangiyer (13)
Boshqargan klublari
Traktor
1987-1988 Xonqa
1989 Kosonsoy
1989 Jayxun
1990-1992 Kimyogar
1993 Soʻgʻdiyona
1997 Atlaschi
2002 Soʻgʻdiyona
2008 Mashʼal
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyatini 1967-yilda Toshkentning „Toshkentkabel“ havaskorlar jamoasida boshlagan. 1969-yilda Olmaliqning „Metallurg“ klubi futbolchisi boʻldi. 1971-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilindi. U bor yoʻgʻi 2 ta oʻyin oʻtkazdi, shu bois 1972-yilning yozida Yangiyer klubiga yoʻl oldi. 1975-yilda u Permning Zvezda klubda olti oy davomida toʻp surdi, soʻngra Yangiyerdan „Meliorator Yangiyer“ deb nomlangan klubga qaytdi. 1976-yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab, „Traktor Toshkent“ klubiga yordamchi murabbiy safatida yordam berdi. 1987-2008-yillarda „Xonqa“, „Kosonsoy“, „Jayxun Urganch“, „Ximik/Kimyogar Olmaliq“, „Soʻgʻdiyona Jizzax“, „Atlaschi Margʻilon“ va „Mashʼal Muborak“ klublarini boshqargan.[1]

Yutuqlar tahrir

Yangiyer

Manbalar tahrir

  1. SO VSYeX KONTINYeNTOV

Havolalar tahrir

Valeriy Vasilenko