Muborak
Muborak — Oʻzbekiston respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan shahar. Muborak muhim gaz va neft shahridir. Shahar Muborak tumanining markazi hisoblanadi. Muborak shahri Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan 78 km masofada joylashgan.
TarixiTahrirlash
Muborak 1974-yildan beri shahar hisoblanib keladi. Baʼzi mahalliy rivoyatlarga koʻra, „Muborak“ nomi Imom Buxoriyning ustozlaridan biri deb sanalgan Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziyga atab barpo qilingan „Xoʻjamuborak“ qishlogʻi nomidan olingan.
DemografiyasiTahrirlash
Muborakning aholisi 31 455 kishidir.[1] 2002-yil aholi soni 28 300 kishi boʻlgan.[2] Muborakda asosan oʻzbeklar yashaydi. Shuningdek, tojik, rus, turkman, ukrain, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor.
IqtisodiTahrirlash
Muborak muhim gaz va neft shahridir.[3] Muborak yaqinida Muborak gazkondensat koni joylashgan.
MadaniyatiTahrirlash
Muborakda tuman hokimiyati binosi, gazni qayta ishlash zavodi, „Muborakneftgaz“ korxonasi, bosmaxona, toʻrt avtokorxona, oʻn qurilish taʼmirlash korxonasi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya muassasalari, sanoat kasb-hunar, tibbiyot, pedagogika-iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktabi, telemarkaz, kutubxona, klub, stadion, yoshlar sport majmuasi, tennis korti, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Shaharda suv bilan davolash fizioterapiya shifoxonalari faoliyat koʻrsatadi.
TransportiTahrirlash
Muborak Qarshi—Buxoro temir yoʻlidagi stansiyadir. U yerga Kitob—Qarshi—Buxoro poyezdi qatnaydi. Shuningdek Muborakdan Koson, Qarshi, Buxoro yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Oʻzbekiston: Eng katta shaharlar va ularning aholisi (isp.)“. World Gazetteer. 14-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30 may. WebCite saytida arxivlandi (2012-07-14)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Uzbekneftgaz“ boʻyicha qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 30 may.
HavolalarTahrirlash
- Mashʼal futbol jamoasining rasmiy sayti Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-03-13).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |