Bozor — 1) sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda xaridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni xarid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.da sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.

B. oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol B.ga ajraladi. Erkin B.da sotuvchilar ham, xaridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol B.da ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday B.lar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.

Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteʼmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) B.lari mavjud. B. oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon B.lariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq B., yopiq B. (ichki B.) singari turlari uchraydi. Oldisotdi miqdori, yaʼni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi B. vatorayuvchi B.ga boʻlinadi.

Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan B.lar mavjud. Stixiyali B.dan tartibli, rejali tashkil etilgan B.ga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz B. hukmron emas, aksincha boshqariladigan B. yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari B. turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, xaridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, B.da sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.

2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. B.lar qad. Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat boʻlgan. B. maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat B.larining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq B.lar rivojlangan ("suq", "asvok", "chorsu"; Turkiya va Eronda "xon", "bediston" nomi bilan yuritilgan).

Yevropada B.lar maxsus reja asosida qurilgan (Parijdagi markaziy B., 1850 va boshqalar). Rossiyada ixtisoslashgan B. ("Gostiniy dvor")lar asosan, 1—2 qavatli, old tomoni koʻpincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma boʻlgan (SanktPeterburgdagi B., 1761— 85; Yaroslavldagi B., 1813—18 va boshqalar).

Oʻrta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chagʻoniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda koʻp yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar boʻlgan (Qarnob choʻl yoqasidagi, Narpay tumanidagi katta qishloq Tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi boʻlgan, uning timi saqpanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorrahachorsularda joylashgani uchun ham shaharning meʼmoriy qiyofasini belgilagan. Yengil yogʻoch tomli, ustunayvonli timlar ham koʻp boʻlgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-asr), Xiva (Olloqulixon timi), Buxoro (Abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand chorsu B.i atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsidoʻzlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi doʻkonlar joylashgan. Chorsu B.i gumbazli qilib qurilgan. Savdo doʻkonlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa hoʻl mevalar va anvoyi shirinliklar koʻp boʻlgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu B.i (1598—1602)ning toʻrt tomonida qoʻsh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari boʻylab toʻrt burchakli xonalar joylashgan. B.larda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga moʻljallangan. Baʼzan mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilib xaridorlarga sotilgan. Maye, Buxoro zargarlar rastasi (Toqi Zargaron), Sarroflar rastasi (Toki Sarrofon), Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqa Oʻrta asrda Toshkentning markaziy B.ida 3 mingdan ortiq doʻkon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi Xiva B.ida 260 doʻkon, Urganchda 300, Qoʻngʻirotda 315, Xoʻjaylida 150 ga yaqin doʻkon boʻlgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta B.lar boʻlib, ularga butun Markaziy Osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. B.da savdogar, doʻkondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan.

B. doʻkonlarini eng boy savdogar va qunarmandlar egallagan. Bunday B.lardagi yirik karvonsaroylar va ombor (kappon)lar ulgurji savdo markazlari hisoblangan. Karvonsaroylarning soniga qarab hatto savdo-sotiqning hajmi belgilangan (mas, Toshkentda 45, Buxoroda 50 ga yaqin, Samarqandda 25, Xiva va Qoʻqonda 10 dan ortiq karvonsaroylar boʻlganini va ularda savdo-sotiq ancha rivojlanganligi yozma manbalardan maʼlum). Karvonsaroylarda va savdo rastalarida savdo ishlarida xizmat qiladigan qorovul, hammol, farrosh, yuk tashuvchi va joylashtiruvchi mardikorlar koʻp boʻlgan. Yirik savdogarlar maxsus mirzolarni saqlagan. Mirzolar barcha savdo ishlarini, ayniqsa ulgurji savdoni rasmiylashtirishda bevosita ishtirok qilgan. Hisobkitob ishlarini kosid boshqargan. Yirik savdogarlar maxsus jamoaga birikkan. Uni jamoa aʼzolarining eng obroʻli katta savdogarlar orasidan saylangan oqsoqol karvonboshi boshqargan. Jamoaga savdogarlar tabaqasining yirik namoyandalari kirgan. Oʻz navbatida ayrim savdo rastalari birikib shu rastadagi doʻkonlardan oʻzining oqsoqolini (baʼzi joylarda rais ham deyiladi) saylaganlar. Oqsoqol savdo tartiblari va qoidalariga amal qilinishini kuzatib, xaridorlar va savdogarlar orasidagi mojaroning hal qilinishiga, baʼzan tashkaridan kelgan molning doʻkonlar orasida odilona tarqatilishiga bosh boʻlgan.

Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy temir yoʻl qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi Eski joʻva B.i karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi boʻlgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yoʻllar B.ga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, doʻkonlar va boshqa joylashgan. 19-asr 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar oʻz doʻkonlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Fargʻona vodiysida oʻzining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qoʻqon B.i alohida ajralib turadi. Oʻzining obodonligi va qulayligi bilan Buxoro Bozor mintaqada birinchi oʻrinda turgan. Ipak gazlamalari bilan butun Sharqda tanilgan Margʻilonda qatorqator tizilgan doʻkonlar (koʻcha boʻylab 2,5 km gacha choʻzilgan)da savdo-sotiq qilingan.

Oʻrta Osiyoda mustaqil davlatlarning paydo boʻlishi xususiy mulkchilikni qayta tiklab, savdo erkinligiga keng yoʻl ochib berdi. Jumladan Oʻzbekistonda B. iqtisodiyotining hayotga tatbiq qilinishi anʼanaviy savdoni yangi zamonaviy uslub va vositalar bilan boyitib, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojiga katta yoʻl ochib berdi. Mustaqil Oʻzbekiston barcha chet el mamlakatlari bilan oʻz manfaatiga qarab erkin, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatdi va bu sohada yangiyangi yoʻllarni topishda tinmay izlanmoqda. OʻzRda B. faoliyatini rivojlantirish yoʻlida juda koʻp yangi savdo uyushmalari, konsern va firmalar paydo boʻlmoqda, davr talabiga javob bera oladigan isteʼdodli ishbilarmonlar safi koʻpaymoqda. B.lar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon kabi yirik shaharlarning markazida meʼmoriy yechimlari oʻziga xos milliy anʼanalar asosida yaratilmoqda. B.lar shaharni bogʻlab turuvchi asosiy shohkoʻchalar, yirik savdo inshootlari majmuasi va turar joy massivlari, temir yoʻl, avtovokzal yaqinida va mikrorayonlar markazida joylashtirilmoqda. B.lar anʼanaviy qator ustunli bostirmalar, gumbazli, toq va tim, soyabonsimon, oynaband uslubida barpo etilmoqda. Bularda sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida savdo rastalarining atrofida doʻkonlar, madaniymaishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mujassamlashtirilgan holda qurilmoqda. B. hududida koʻp tarmoqli savdo doʻkonlari, choyxona, dehqonlar mehmonxonasi, muzlatkichli omborxonalar, yuk koʻtargich, nonvoyxona va boshqa mavjud. Toshkentdagi "Eski joʻva", "Oloy", "Qoʻyliq" B.lari, Buxoro bozori, Samarqanddagi "Siyob", Urgutdagi "Urgut" va boshqa anʼanaviy va zamonaviy meʼmorlikni oʻzida mujassamlantirgan eng yirik B.lardan.

Hozir Oʻzbekistonda B. asosiy sotiladigan mahsulotlarga koʻra dehqon bozori (k x. mahsulotlari), buyum B.i, ulgurji B., mol (chorva mollari) B. kabi asosiy turlarga boʻlinadi.

Ad:. Toʻxliyev N., Osiyo va bozor, T., 1992; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997.

Ahmadjon Oʻlmasov, Muhammadamin Rasulov, Hamza Ubaydullayev.[1]

Har bir kishi oʻz kapitalini koʻproq naf ketiradigan qilib ishlatishga harakat qiladi. Odatda u jamiyat foydasiga taʼsir koʻrsatishga harkat qilmaydi, lekin unga ancha taʼsir koʻrsatayotganini sezmaydi. U faqat oʻz manfaatini nazarda tutadi, faqat oʻz foydasini koʻzlaydi. Shunday boʻlsa-da, bunday sharoitda bozorning «koʻrinmas qoʻl» i uni maqsad sari yoʻnaltiradi, garchi bunday maqsad uning rejasiga kirmagan boʻlsa ham. Oʻz manfaatini koʻzlagan holda, jamiyatga ataylab foyda keltirishni niyat qilgan odamdan koʻra, u jamiyat manfaatlariga koʻproq xizmat qilib turadi. Adam Smith

Bozorning zarurligi tahrir

 
Wet market in Singapore

Har birimiz bozor haqida koʻp marta eshitganmiz. Bolaligimizdan bozorning bevosita ishtirokchisiga aylanganmiz va bizning xohish-istaklarimizdan qatʼiy nazar butun umrimiz davomida bozorning bir boʻlagi boʻlib qolamiz. Bozor nima ekanligini yaxshi bilishimizga qaramay, unga aniq taʼrif berishga qiynalishimiz mumkin. Bu haqda fikr-mulohazalar yuritishdan avval, iqtisodchi-olimlar tomonidan bozorga berilgan taʼriflarga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz. Bozorning eng soda va nazarimizda eng tushunarli taʼrifi:

Bozor — sotuvchi va xaridor uchrashadigan joy.

Endi ozgina qiyinrogʻini koʻramiz:

Bozor- bu xaridorlar bilan sotuvchilar oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bogʻlaydigan mexanizmdir.

Bozorning murakkab taʼrifi:

Bozor — iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli-nafsiy xohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli(ijobiy yoki salbiy) samara darajasida obʼyektiv sodir boʻluvchi bozor tovarlari boʻyicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti boʻlib, unda taraflarning nafsiy manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan obʼyektiv narxlarda qondiriladi.

Yuoqridagini anglash qiyonroq boʻlsa-da, u bozor tushunchasini kengroq ochib beradi. Hozirgi paytda, ayniqsa, bir-biri bilan bogʻlanib ketgan, integratsiyalashgan bozor sharoitida, qanday tovar ishlab chiqarish kerakligi, qancha, kim uchun va qaysi hududda ishlab chiqarish kerakligi haqida maʼlumotning yagona manbasi-bozordir. Bozor bilan hisoblashmagan xaridor va sotuvchi yutqazadi.Puldan yutqazadi! Puldan ajralish eng katta qygʻu boʻlgan zamonda, bozorga eʼtiborsiz boʻlmoqlik- «oʻlim» demakdir.

Bozor qanday paydo boʻlganligi haqida gapirishdan oldin tarixga bir nazar solamiz. Natural xoʻjalikda hamma oʻz ehtiyojlarini oʻzi yetishtirgan mahsulotlari evaziga qondirgan. Bu bir maʼnoda qulay boʻlishi mumkin, toki Siz hech kimga bogʻliq boʻlmaysiz, mutlaq avtonomiyada umr kechirasiz.(Gap avtonomiya haqida ketganda, hozirgi kunda dunyoda roʻy berayotgan voqealarni chetlab oʻtib boʻlmaydi. Iqtisodiyot boshidan kechirayotgan inqiroz davrida eng kam zarar koʻrgan davlatlar-bu avtonomlashgan, jahon iqtisodiyoti va bozoriga yuqori darajada integratsiyalashmagan davlatlar boʻlib chiqdi. Bu narsa shu kabi iqtisodiy siyosatning ham oʻziga yarasha ijobiy tomonlari borligidan dalolat beradi.) Keyinchalik, mehnat ixtisoslashuvi va boshqa omillar natijasida inson oʻz ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa odamlarga ham murojaat qilishiga toʻgri keldi. Ushbu narsani bir misolda koʻrsatsa boʻladi. Masalan, ikkita turli kasb egalari- dehqon va chorvador kuniga 8 soat ishlaydi deb faraz qilaylik. Dehqon 1 kg un ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflaydi, chorvador 1 kg qaymoq ishlab chiqarish uchun 4 soat sarflaydi. Unning bozordagi narxi 1000 soʻm, qaymoqniki-2000 soʻm boʻlsin. Dehqon kuniga 4 kg un =4000 soʻm, chorvador 2 kg qaymoq=4000 soʻm ishlaydi. Endi dehqon qaymoq yemoqchi boʻlsa, 6 soat vaqtini sarflab 1 kg qaymoq oladi. Bunga sabab, u dehqonchilik bilan shugʻullangan, uning hayoti dehqonchilikka ixtisoslashgan. Qaymoq ishlab chiqarish uchun chorvadorga nisbatan 1,5-marta koʻproq vaqt sarflaydi. U 6 soat ichida 1 kg qaymoq va ish kunidan qolgan 2 soat ichida 1 kg un ishlab chiqaradi. Uning kunlik mehnat unumdorligining puldagi ekvivalenti 3000 soʻm boʻladi. Agar dehqon dehqonchiligini davom ettirib, qaymoqni oʻzi ishlab chiqarishi oʻrniga, 2000 soʻmga, yaʼni 2 kg unga sotib olganida, unda 1 kg qaymoq va 2 kg un qolar edi. Xuddi shunday vaziyatni chorvadorga un kerak boʻlganida ham kuzatish mumkin. Demak, mahsulotlarni oʻzi ishlab chiqargandan, birovdan sotib olgan arzonroq boʻlar ekan.

Shunday qilib bozor yuzaga keldi. Oddiy barter usulidan keyin, pullar ham paydo boʻldi. Endi mahsulotlar bozorda sotilishi uchun ataylab tovar shaklida ishlab chiqarilar, bozorda sotilib, daromad evaziga yana xomashyo-tovar sotib olinar edi. Shu yoʻsinda ishlab chiqarish sikli davom etardi. Hozirgi kunda ham bozor shu tarzda faoliyat yuritadi.

Tovar bozorda sotiladi. Ishlab chiqaruvchi foyda koʻradi. Foydani bir qismiga ishlab chiqarishni kengaytiradi, ikkinchi qismi evaziga esa, oʻz ehtiyojini qondiradi. Bir xil tovarlar sotiladigan bozorda topilgan pul, boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorda sarflanishi mumkin. Demak, bozor oʻzini oʻzi quvvatlab turadi. Bir turdagi bozorning inqirozi, jahon bozoriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Dunyoda roʻy berayotgan inqiroz, moliyaviy inqiroz sifatida boshlangan, lekin hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuztilmoqda. Bunga sabab, moliya sektorida yoʻqotilgan pullar boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorga kelib tushmadi. Natijada iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ziyon koʻrdi. Aksincha, iqtisodiyot katta sektorining rivojlanishi, boshqa sektorlarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Umuman olganda, bozorda tovar ayirboshlashning uch afzalligi bor. • Bozor orqali ehtiyoj qondirilganda tovarlarni oʻzi ishlab chiqarib isteʼmol etgandan koʻra sotib olish arzonga tushadi • Isteʼmol uchun kerakli mahsulot va xizmatlarni bozordan osongina topish mumkin, bu bilan isteʼmolni qondirish sarflari tejaladi. Agar bozor boʻlmay mahsulotlar bir-biriga toʻgʻridan toʻgʻri ayirboshlansa, kerakli mahsulotga yetishish uchun juda koʻp ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazish kerak. • Bozorda tovarlarni tanlab olish imkoni bor. Hamma ishlab chiqaruvchilar bir xil yoki oʻrinbosar tovarlarni bozorda koʻplab taqdim etganidan bular xoh resurs, xoh isteʼmol tovarlari boʻlsin, ulardan maʼqulini tanlab olish mumkin boʻladi. Oʻzi ishlab chiqarganda tanlash imkoni boʻlmas edi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil