Metallurg (futbol klubi, Olmaliq)

Buni AGMK futbol klubi bilan va Bekabodning hozirgi futbol klubi Metallurg bilan adashtirmaslik kerak.

Metallurg (futbol klubi, Olmaliq)
Metallurg (futbol klubi, Olmaliq)
Toʻliq nomi Metallurg (futbol klubi, Olmaliq)
Laqabi Metallurglar, Olmaliqliklar
Asos solingan 1966, 2003-yil
Tugatilgan 1988-yil
Stadion Metallurg
Stadion hajmi 11 000
Musobaqasi Ikkinchi liga
2009-yil
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Bu atamaning boshqa maʼnolari ham bor, qarang: Metallurg.

„Metallurg“ (ruscha: Металлург (футбольный клуб, Алмалык) — sobiq Ittifoq va Oʻzbekiston futbol klubi, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tashkil etilgan. 1966—1988, 2003, 2008—2009 yillarda professional faoliyat yuritgan. Bugubgi kunda havaskorlas jamoasi mavjud.

Tarixi tahrir

1966—1969-yillarda SSSR chempionatining „B“ toifasida, 1970—1986-yillarda Oʻzbekiston SSR chempionatida, 1987—1988-yillarda esa SSSR chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan.

3 marta (1965/66, 1966/67 va 1967/68 yilgi mavsumlarda) SSSR kubogida qatnashib, turnirni dastlabki bosqichlardayoq tark etgan.

Oʻzbekiston SSR kubogida ham oʻynagan. 2003, 2008 va 2009-yillarda esa Oʻzbekiston Ikkinchi ligasining final bosqichida oʻynagan.

Stadioni tahrir

Klub uy uchrashuvlarini 1960-yilda qurilgan va 11 000 tomoshabinga moʻljallangan shu nomdagi "Metallurg" Olmaliq stadionda oʻtkazgan.

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir