OKMK (futbol klubi)

(AGMKdan yoʻnaltirildi)

OKMK Olmaliq – professional futbol klubi. Olmaliqda joylashgan. Oʻzbekiston Superligasi vakili[1] Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etadi. Ularning futzal klubi futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi.

FC OKMK Olmaliq
Toʻliq nomi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati futbol klubi
Laqabi Konchilar
Metallurglar
Asos solingan 2004 (20 yil avval) (2004)
Stadioni OKMK sport majmuasi, Olmaliq
Sigʻimi 12,000
Prezidenti Abdulla Xursanov (OKMK boshqaruv kengashi raisi)
Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Tarixi

tahrir

AGMK futbol klubi 2004-yilda tashkil topgan. Bosh homiy va jamoa egasi – „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati. AGMK futbol klubining rasmiy nomi kompaniyaning rus tilidagi nomidan kelib chiqqan qisqartmadir (Rus tilida: Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat). „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ tarqatib yuborilgan „Metallurg-Olmaliq“ futbol klubining davomchisi sifatida 1966—1988-yillarda futbol boʻyicha Sovet Ittifoqi chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan[2][3][4][5].

Tashkil etilgan dastlabki yillarda klub AGMK deb atalgan. 2004-yilda AGMK zavodi Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etish uchun ariza berdi va tez orada taklif qabul qilindi. Debyut mavsumida AGMK oltinchi oʻrinni egalladi. 2005—2006-yilgi mavsumda klub oʻninchi oʻrinni egalladi. 2007-yilgi mavsum yakunida AGMK Oʻzbekiston Birinchi ligasini 7-oʻrinda yakunladi, ammo Oliy ligada ishtirok etishi kerak boʻlgan ikki klubning moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgani uchun, olmaliqliklarga Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Oliy ligadagi debyut mavsumida klub oʻn oltita jamoa orasida oʻninchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston kubogi yarim finaliga yoʻl oldi. Oʻsha mavsumda oltita gol urgan Litvalik Artūras Fomenka klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2009-yilda klub nomini „Olmaliq“ futbol klubi deb oʻzgartirdi. Oʻsha mavsumda „Olmaliq“ futbol klubi Oliy ligadagi oʻyinlari tarixidagi eng yaxshi oʻyinini koʻrsatdi – toʻrtinchi oʻrin.

2010 va 2011-yilgi mavsumda Olmaliq futbol klubi Oliy ligada oʻn birinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda sakkizinchi, keyingi mavsumda esa beshinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi kubogining finaliga chiqqan, 2013-yilda ushbu kubok sohibi boʻlgan. 2014 va 2015-yilgi mavsumda oltinchi oʻrinni egalladi. 2016-yilda jamoa Oliy Ligada oʻz tarixidagi eng past natijani koʻrsatdi va 13-oʻrinni egalladi. 2017-mavsum olmaliqliklar uchun tarixiy mavsumga aylandi. AGMK ushbu mavsumda Oliy ligada yettinchi oʻrinni egallagan boʻlsa ham, shu yili oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi[6]. 2020 va 2021-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Jamoa shuningdek, 2021-yili OCHLda debyut qilgan.

2018-yil boshida klub eski nomi – AGMKga qaytishini eʼlon qildi.

Klub prezidenti – Abdulla Xursanov (OKMK boshqaruv kengashi raisi)

Klub nomlari

tahrir
Yillar Nomlar
2004—2008 OTMK Olmaliq
2009—2017 Olmaliq futbol klubi
2018—2023 AGMK Olmaliq
2023— OKMK Olmaliq

Mahalliy musobaqlarda

tahrir
Mavsum Liga Oʻzbekiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Oʻrin D M UG O"G O Ism Gollar
2004 Pro liga 6 40 18 5 17 73 75 59 Play-off bosqichi   Aleksandr Vostrikov 14   Rafael Fabarisov
2005 Pro liga 10 34 13 10 11 43 50 49 Guruh bosqichi   Shukurullo Ashurov 15   Rafael Fabarisov
2006 Pro liga 6 38 20 9 9 58 35 69 Play-off bosqichi   Lenur Yunusov 16   Rafael Fabarisov
2007 Pro liga 14 38 13 9 16 57 49 48 1/16 final   Aziz Uralov 5   Rafael Fabarisov
2008 Superliga 10 30 8 9 13 29 34 33 Yarim final   Artūras Fomenka 6   Igor Shkvirin
2009[7] Superliga 4 30 15 3 12 50 38 48 1/8 final   Muydin Mamazulunov 12   Igor Shkvirin
2010 Superliga 11 26 8 5 13 32 41 29 1/8 final   Nosirbek Otaqoʻziyev 13   Igor Shkvirin
2011 Superliga 11 26 8 5 13 37 45 29 1/16 final   Muydin Mamazulunov 16   Igor Shkvirin
2012 Superliga 8 26 9 4 13 39 46 31 1/8 final   Zafar Polvonov 7   Igor Shkvirin
2013 Superliga 5 26 11 7 8 46 43 40 1/8 final   Zafar Polvonov 14   Igor Shkvirin
2014 Superliga 6 26 8 7 11 33 38 31 1/4 final   Diyor Turopov

  Chaker Zouagi

4   Igor Shkvirin
2015 Superliga 6 26 12 8 10 53 49 44 1/16 final   Nemanja Jovanović 9   Igor Shkvirin
2016 Superliga 13 30 8 2 20 40 54 26 1/8 final   Muydin Mamazulunov 6   Igor Shkvirin

  Viktor Kumikov

2017 Superliga 8 30 12 8 10 31 32 44 1/8 final   Uladzislaw Kasmynin 6   Viktor Kumikov
2018 Superliga 10 20 7 6 7 25 23 27 Chempion   Jovan Đokić 11   Viktor Kumikov

  Baxtiyor Ashurmatov

2019 Superliga 9 26 9 5 12 36 37 32 Ikkinchi oʻrin[8]   Zafar Polvonov 15   Mirjalol Qosimov
2020 Superliga 3 26 14 7 5 39 28 49 Ikkinchi oʻrin   Elguja Grigalashvili 7   Mirjalol Qosimov
2021 Superliga 3 26 13 8 5 34 25 47 Yarim final   Oleksandr Kasyan 6   Mirjalol Qosimov
2022 Superliga 4 26 13 5 8 44 23 44 Yarim final   Martin Boakye 12   Mirjalol Qosimov
2023 Superliga 4 26 13 7 6 43 34 46 Ikkinchi oʻrin   Xurshid Gʻiyosov 9   Mirjalol Qosimov
2024 Superliga 2 26 14 5 7 40 29 47 Guruh bosqichi   Xurshid Gʻiyosov 5   Mirjalol Qosimov

Xalqaro musobaqlar

tahrir
Natijalar 2021-yil 30-aprel holatiga ko'ra
Musobaqa Oʻyin D M UG OʻG O
AFC Osiyo chempionlar ligasi 9 4 1 4 14 14 13
Umumiy 9 4 1 4 17 22 13

Osiyo chempionlar ligasi

tahrir
16-avgust 2023-yil
Musoboqa Pld W D L GF GA
AFC Osiyo Chempionlar ligasi 11 5 1 5 17 22
Total 11 5 1 5 17 22
Mavsum Musobaqa Bosqich Jamoa Uy Safar Natija
2019 AFC Champions League 2-saralash bosqichi   Istiqlol 4–2
Play-off bosqich   Al-Nassr 0–4
2021 Play-off bosqich   Al Gharafa 1–0
Group A   Al Hilal 0–3 2–2 4
  Shabab al-Ahli 2–1 1–3
  Istiqlol 2–3 2–1
2023–24 Dastlabki bosqich   Al-Seeb 1–0
Play-off bosqich   Al-Arabi

Stadion

tahrir

Stadioni – OKMK Sport majmuasi. Jamoa bu stadionda 2014-yildan buyon toʻp surmoqda[9].

Stadion tarixi

tahrir

Jamoa Yangi stadiondan foydalanishidan avval Olmaliqdagi eski Metallurg stadionida oʻz uchrashuvlarini oʻtkazgan. Metallurg 1960-yilda qurilgan boʻlib, 11 000 tomoshabinga moʻljallangan. Bugungi kunda jamoaning yoshlar tarkibi va ayollar futbol jamoalari ushbu stadiondan foydalanmoqda. 2011-yilda klub uchun Eski stadiondan uncha uzoq boʻlmagan hududda OKMK sport majmuasi qurilishi boshlanadi[10]. Yangi Olmaliq sport majmuasida voleybol, qoʻl toʻpi, basketbol, ​​kurash uchun yopiq kortlar hamda ochiq va yopiq tennis kortlari ham mavjud. Qurilish ishlari 2014-yilning fevral oyida yakunlandi. Eski stadion saqlanib qolgan va taʼmirlanadi[11]. Butun sport majmuasi bilanYangi Olmaliq stadioni rasman OKMK Sport Majmuasi nomini oldi.

Stadionning tantanali ochilish marosimi 2014-yil 16-mart kuni Oʻzbekiston Ligasining 2014-yilgi birinchi hakami „Olmaliq“ – Bekobodning „Metallurg“ uchrashuvida „Olmaliq“ ning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi[12][13].

2014-yilning 27-may kuni „OKMK Sport Majmuasi“ jamoasi birinchi xalqaro oʻyinni oʻtkazdi, Oʻzbekiston – Ummon oʻrtoqlik uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlangan edi[14].

Yutuqlari

tahrir

Mahalliy musobaqalar

tahrir
  1. 2-orin sohibi (1): 2024
  2. 3-orin sohibi (2): 2020, 2021
  1. Chempion (1): 2018
  2. Ikkinchi oʻrin (2): 2019, 2020, 2023
  1. Chempion (1): 2013
  2. Ikkinchi oʻrin (1): 2012
  1. Ikkinchi oʻrin (1): 2019[15]
  1. Ikkinchi oʻrin (1): 2019

Klub hodimlari

tahrir

Boshqaruv

tahrir
  • Klub prezidenti – Abdulla Xursanov

Murabbiylar shtabi

tahrir
Lavozimi Ism
Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov
Yordamchi murabbiy Aleksandr Volkov
Murabbiy Hikmat Ergashev
Murabbiy Xayrulla Karimov
ismoniy tayyorgarlik murabbiyi Marat Axmerov
Darvozabonlar murabbiyi Murod Zuxurov[16]

Oʻyinchilari

tahrir

Hozirgi

tahrir
2025-yil 10-mart holatiga koʻra[17]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   UZB Humoyunshoh Sayyotov
2 DF   UZB Akramjon Komilov
3 DF   UZB Sardor Rahmonov
4 MF   UZB Mirjamol Qosimov
5 MF   GEO Giorgi Papava
6 DF   UZB Avazbek Oʻlmasaliyev
7 DF   UZB Dilshod Ahmadaliyev
8 FW   UZB Aziz Xolmurodov
9 FW   ALB Klejdi Daci
10 MF   UZB Xurshid Gʻiyosov
11 FW   ESP Rubén Sánchez
13 DF   UZB Eldorbek Begimov
14 MF   UZB Akbar Oʻktamov
15 MF   UZB Oybek Rustamov
16 MF   JPN Naoaki Senaga
17 MF   UZB Sardor Mirzayev
18 MF   UZB Asilbek Aysarov
19 DF   UZB Ahmadullo Muqimjonov
R. Poz. Millati Futbolchi
20 DF   UZB Islom Toʻxtaxoʻjayev
21 DF   UZB Saidafzalxon Axrorov
22 MF   UZB Azizbek Bahromov
23 FW   SSD Ajak Riak
25 GK   UZB Dilshod Yoqubov
27 FW   UZB Ali Abdurahmonov
28 MF   JPN Arihiro Sentoku
30 MF   UZB Abror Sarimsoqov
34 DF   UZB Ulugʻbek Sunnatov
35 GK   UZB Javohir Ilyosov
43 FW   UZB Asilbek Rahimov
44 DF   UZB Abror Karimov
55 MF   UZB Abbos Umarov
70 MF   UZB Mirmaqsud Mirusmonov
77 MF   UZB Nodir Abdurazzoqov
90 MF   UZB Abubakrrizo Turdialiyev
99 MF   UZB Asadbek Sobirjonov

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
31 GK   UZB Muhammad Ubaydullayev
32 DF   UZB Elis Shavkatov
33 MF   UZB Shahzodbek Akbaraliyev
36 MF   UZB Shoxbozbek Abduvaliyev
37 FW   UZB Yoqubjon Qodirov
38 MF   UZB Xidirdavlat Rayimkulov
39 DF   UZB Saidakbar Sharipov
40 DF   UZB Javohir Nabiyev
41 GK   UZB Sarvarbek Abdugʻaniyev
42 MF   UZB Ali Rihsiboyev
R. Poz. Millati Futbolchi
45 MF   UZB Suhrob Parpiyev
46 DF   UZB Ahrorbek Otaxonov
47 MF   UZB Xosilbek sattorov
48 MF   UZB Doniyorbek Fozilov
49 MF   UZB Asadullo Toshpoʻlatov
53 MF   UZB Behruz Islomov
72 MF   UZB Abdulvosid Soliyev
73 MF   UZB Abdushukur Sharofov
74 FW   UZB Abbos Ziyoxoʻjayev
78 MF   UZB Abdulloh Fazliddinov

Jamoani boshqargan murabbiylar

tahrir

2004—2008-yillarda Rafael Fabarisov bosh murabbiy boʻlgan. 2008-yilda klubga taniqli oʻzbek futbolchisi va intiluvchan murabbiy Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoada kechgan moliyaviy qiyinchiliklardan soʻng, 2016-yilda u bosh murabbiylikdan ketdi va oʻrniga asli rossiyalik, qozogʻistonning Ordabasi klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov tayinlandi. 2018-yil boshida uning oʻrnini tajribali Baxtiyor Ashurmatov egalladi. Shu yili 22-dekabrdan hozirgi kunga qadar jamoaning bosh murabbiyi – Mirjalol Qosimov.

# Murabbiy Yillar
1.   Rafael Fabarisov 2004—2008-yillar
2.   Igor Shkvirin 2008—2016-yillar
3.   Viktor Kumikov 2016—2018-yillar
4.   Baxtiyor Ashurmatov 2018-yil
5.   Mirjalol Qosimov. 2019—h. v.

Mashhur oʻyinchilari

tahrir

Muxlislar, raqiblar, derbilar

tahrir

AGMK futbol klubi koʻplab muxlislarga ega, ular orasida shu nomdagi zavodning koʻplab xodimlari bor. Uning asosiy raqibi Toshkent viloyatining yana bir jamoasi – Bekobodning „Metallurg“ jamoasidir. Har ikki klub yirik sanoat korxonalari – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Oʻzbekiston metallurgiya kombinati sharafini himoya qilmoqda.

Ayni paytda ular Oʻzbekistonning ogʻir sanoati rivojlangan shaharlaridan biri – Olmaliq va Bekobodni ifodalaydi. AGMK va Metallurg jamoalari ishtirok etadigan „Metallurglar derbisi“ deb atalmish oʻzaro raqobat juda mashhur.

Olmaliqliklar uzoq tarixda Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati vakili boʻlgan Qizilqum futbol klubi (Konchilar derbisi) hamda qoʻshni Angren shahrining Angren futbol klubi bilan ham raqobat tarixiga ega.

Havolalar

tahrir
  1. „Yangi tarix yaratayotgan AGMK haqida“. 2025-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
  2. „Rasmiy sayti“. 18-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2022-yil.
  3. [1]Transfermarkt saytidagi sahifasi
  4. footballfacts.ru saytida
  5. wildstat.ru saytida
  6. „Архив: Чераннинг бенефиси, "бошсиз чавандоз" ва Шораҳмедовнинг алами, Ўзбекистон кубоги-2019 финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  7. „"Ретро сурат". "Олмалиқ-2009"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  8. „Архив: Чемпионлик йўлаги, Сергеев ва Машариповдан дубль, тўйидан олдин гол уришни хоҳлаган Сардор. "Пахтакор"га чемпионлик кубоги топширилган ўйин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  9. „Олмалиқдаги янги стадион очилиши 15 март куни бўлиб ўтади“ ((17 фев 2014). 17 фев 2014). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil..
  10. „В Алмалыке построен современный стадион“. vesti.uz (20-yanvar 2014-yil).
  11. „У "Алмалыка" теперь новый современный стадион“. sports.uz (20-yanvar 2014-yil). 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2014-yil.
  12. „Olmaliq vs. Metallurg, 2014-03-15“. soccerway (15-mart 2014-yil).
  13. „В Алмалыке открыт новый стадион“. Champioanat.asia (16-mart 2014-yil).
  14. „Сегодня состоится первая товарищеская встреча между командами Узбекистана и Омана“. sports.uz (27-may 2014-yil). 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2014-yil.
  15. „Архив: Тарихда илк бор ўтказилган Ўзбекистон Лига кубогининг 8та гол урилган финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  16. „Бугалони “Пахтакор”га жўнатиб юборган ОКМКнинг янги дарвозабонлар мураббийи маълум“ (2024-yil 5-yanvar).
  17. „OKMK jamoasi tarkibi“. Qaraldi: 2025-yil 10-mart.

Havolalar

tahrir