Bosh menuni ochish

Olmaliq Konmetallurgiya Kombinati Aksiyadorlik Jamiyati — Oʻzbekistonda rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonasi. Kombinat 2 majmuadan — qoʻrgʻoshin-rux (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan, Sardoba va Chalata konlari, qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi va rux zavodi) hamda mis eritish majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi)dan iborat.

Korxona tomonidan Qurama togʻlaridagi polimetalli rudalarning boy zaxirasini keng koʻlamda oʻzlashtirish maqsadida kon-qurilish ishlari 1949 yildan boshlangan edi. 1950 yilda qoʻrgʻoshin koni, 1954 yilda qoʻrgʻoshinrux boyitish fabrikasi, 1955 yilda Oltintopgan koni qurib bitkazildi. 1961 yilda mis-molibden ruda boyitish fabrikasi, 1964 yilda miss eritish zavodi, 1970 yilda rux zavodi, 1971 yilda Chalata koni, 1974 yilda Sari-Cheka karyeri ishga tushirildi. Olmaliq konmetallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati obʼyektlarini rivojlantirish 80-yillarda ham faol davom ettirildi. 1999 yildan kombinat ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

K-tda qazib chiqariladyotgan rudalar tarkibidan 13 ta kimyoviy elementlarni ajratib olib mis va mis buyumlar, rux, kadmiy, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, sulfat kislotasi, mis va molibden konsentratlari, selen, tellur, mis va rux kuporosi kabi mahsu-lotlar ishlab chiqariladi. Korxona boʻlinmalarini "Svedala" (Shvetsiya), "Varmon" (Germaniya), "Integra Gro-ur" (Amerika), "Mexanabr-Injiniring" (Rossiya) va boshqa ilgʻor firmalarning zamonaviy asbobuskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Kombinatt mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil