Oʻzbekiston Superkubogi
Oʻzbekiston Superkubogi – futbol boʻyicha Oʻzbekiston turnirlaridan biri. Ushbu turnir bitta oʻyindan iborat boʻlib, unda oʻtgan mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Oliy Liga Chempioni toʻqnashadi. Agarda Kubok va Chempionatni bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Chempionatda 2-oʻrinni egallagan klub, Chempionga qarshi oʻynaydi[1].
Asos solindi |
1999-yil 2014-yilda qayta tiklangan |
---|---|
Hudud |
![]() |
Jamoalar soni | 2 |
Hozirgi chempionlar |
Nasaf (3-sovrin) |
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) |
Nasaf (3 ta sovrin) |
Telekoʻrsatuvchilar |
![]() |
Vebsayt | Rasmiy sayti |
![]() |
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkaziladi.

Tarixi
tahrir1999-yilda ilk bor tashkil etilgan. Kubokning ilk bahslari 1999-yilda Fargʻonadagi „Markaziy“ stadionida 6000 muxlis qarshisida Namanganning „Navbahor“ (1998-yilgi Kubok gʻolibi) va Toshkentning „Paxtakor“ (1998-yilgi Oliy liga gʻolibi) jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan. 2000-yildan 2014-yilgacha turli sabablarga koʻra oʻtkazilmagan. 2012-yil yanvar oyida OʻzPFL Oʻzbekiston Superkubogini qayta boshlanayotganini eʼlon qildi. Oʻyin 2012-yil 11-mart kuni „Paxtakor“ va „Bunyodkor“ klublari oʻrtasida oʻtkazilishi aytildi. 2012-yil 7-mart kuni OʻzPFL Superkubok oʻyini Jar stadionining yomon sharoiti tufayli bekor qilingani va keyinroq oʻtkazilishi koʻrsatilgan, biroq oʻyin oʻtkazilmagani haqida xabar bergan.
2014-yilning 7-mart kuni Toshkentning „Bunyodkor“ va „Lokomotiv“ jamoalari ishtirokidagi Superkubok oʻyini oʻtkazildi. 2014-yildan 2016-yilgacha oʻtkazilgan. 2017-yil va 2018-yilgi mavsumlarda esa turli sabablarga koʻra oʻtkazilmagan. 2019-yilgi mavsumda Superkubok yana qayta tiklandi. 2020-yil mavsumda musobaqa COVID-19 pandemiyasi tufayli oʻtkazilmagan. 2021-yildan hozirgacha oʻtkazib kelinmoqda.
Chempionlar
tahrirMusobaqada eng koʻp gʻolib boʻlgan klub – Qarshining Nasaf klubi hisoblanadi[2].
Oʻyinlar
tahrirYil | Gʻolib | Oʻyindagi hisob | Magʻlubiyat | Stadion | Tomoshabinlar soni |
---|---|---|---|---|---|
1992—1998 | Musoboqa tashkillashtirilmagan | ||||
1999 | Navbahor (Namangan)
1998-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi |
4:2 | Paxtakor (Toshkent)
1998-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni |
Fargʻona Markaziy Stadioni | 6.000[3] |
2000—2013 | Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan | ||||
2014 | Bunyodkor (Toshkent)
2013-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni2013-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi |
2:1 | Lokomotiv (Toshkent)
2013-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi ikkinchi oʻrin |
Jar Toshkent Stadioni | 4.750[4] |
2015 | Lokomotiv (Toshkent)
2018-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi |
4-0 | Paxtakor (Toshkent)
2014-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni |
Bunyodkor stadioni | 7216[5] |
2016 | Nasaf (Qarshi) | 1-0 | Paxtakor (Toshkent) | Bunyodkor stadioni | 4748 |
2017—2018 | Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan | ||||
2019 | Lokomotiv (Toshkent) | 2-1 | AGMK (Olmaliq)
2018-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi |
Paxtakor, Toshkent | 18000 |
2020 | Turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan | ||||
2021 | Paxtakor (Toshkent) | 1-0 | Nasaf (Qarshi) | Dinamo, Samarqand | 5165[6] |
2022 | Paxtakor (Toshkent) | 1-0 | Nasaf (Qarshi) | Turon, Oʻzbekiston stadioni, Yaypan | 7 215 |
2023 | Nasaf (Qarshi) | 2-1 | Paxtakor (Toshkent) | Soʻgʻdiyona stadioni, Jizzax | 6 501[7] |
2024 | Nasaf (Qarshi) | 1-1 (4-3) | Paxtakor (Toshkent) | Bunyodkor stadioni |
Superkubokning Barcha Sovrindor jamoalari
tahrirJamoa | Gʻolib | Finalchi | Yutgan yillari | Ishtirok etgan yillari |
---|---|---|---|---|
Nasaf | 3 | 2 | 2016, 2023, 2024 | 2021, 2022 |
Lokomotiv (Toshkent) | 2 | 1 | 2015, 2019 | 2014 |
Paxtakor (Toshkent) | 2 | 4 | 2021, 2022 | 1999, 2015, 2016, 2024 |
Navbahor (Namangan) | 1 | - | 1999 | - |
Bunyodkor | 1 | - | 2014 | - |
AGMK (Olmaliq) | - | 1 | - | 2019 |
Barcha davrlardagi toʻpurarlar
tahrirFutbolchi | Jamoalar | Gollar | Oʻyinlar |
---|---|---|---|
Dragan Ćeran[8] | Paxtakor Toshkent | 3 | 4 |
Leonid Koshelev | Navbahor Namangan | 2 | 1 |
Andrey Akopyans | Paxtakor Toshkent | 2 | 1 |
Temurxoʻja Abduxoliqov | Lokomotiv Toshkent | 2 | 2 |
Shuhrat Rahmonqulov | Navbahor Namangan | 1 | 1 |
Saydullo Tursunov | Navbahor Namangan | 1 | 1 |
Oleksandr Pishchur | Bunyodkor | 1 | 1 |
Vohid Shodiyev | Bunyodkor | 1 | 1 |
Vyacheslav Shevchenko | Lokomotiv Toshkent | 1 | 1 |
Lutfulla Toʻrayev | Lokomotiv Toshkent | 1 | 1 |
Ruslan Koryan | Lokomotiv Toshkent | 1 | 1 |
Marat Bikmayev | Lokomotiv Toshkent | 1 | 1 |
Artur Gevorkyan | Nasaf Qarshi | 1 | 1 |
Jovan Đokić | Lokomotiv Toshkent | 1 | 1 |
Zafar Polvonov | AGMK | 1 | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Ўзбекистон Суперкубоги - 2024. Сейткамолов, Кошелев, Пишур, Машарипов. Олдинги 8 та ўйинда кимлар майдонга тушган?“ (2024-yil 25-may).
- ↑ „O'zbekiston Superkubogi-2025. "Nasaf" "Andijon" bilan o'ynaydi“.
- ↑ „1999 yilgi Superkubok baxslari“.
- ↑ „2014-yilgi Superkubok baxslari“.
- ↑ „2015-yilgi O'zbekiston Superkubogi“.
- ↑ „2021 Yilgi O'zbeksiton kubogi sohibi“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
- ↑ „“Nasaf” ikki karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi!“. 2023-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-noyabr.
- ↑ „Драган Черан Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарига айланди“ (2024-yil 29-may).