Andrey Akopyans
Andrey Akopovich Akopyants ( 27-avgust 1977-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek sobiq futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andrey Akopyans | ||
Tavallud sanasi | 27-avgust 1977-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, SSSR | ||
Boʻyi | 1.69 m (5 ft 6 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996—1999 | Paxtakor | 109 | (25) |
2000—2005 | Rostov | 116 | (5) |
2006 | Chernomorets Novorossiysk | 30 | (15) |
2007 | Darida Minsk Raion | 13 | (2) |
2007—2008 | Daugava Daugavpils | 21 | (2) |
2008 | Paxtakor | 15 | (0) |
2009 | Dinamo | 24 | (3) |
2010 | Nizhny Novgorod | 37 | (4) |
2011 | Luch-Energiya Vladivostok | 15 | (2) |
2011—2012 | Fakel Voronezh | 26 | (1) |
2012—2013 | Khimik Dzerzhinsk | 23 | (0) |
2014 | Buxoro | 9 | (1) |
2014 | Neftchi | 6 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
1997 | Oʻzbekiston U-19 | 6 | (3) |
1998—2005 | Oʻzbekiston | 40 | (6) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 22-mart uchun) |
Karyera
tahrirKlub
tahrirOʻzbek futboli tarbiyalanuvchisi. U 4 yil davomida "Paxtakor" safida toʻp surgan va Poytaxt jamoasi safida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan hamda mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. 2000-yilda Rossiya klubiga oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan. Akopyans Rossiyada oʻz futbolchilik faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta tanlovga ega boʻlgan. Futbolchinig agenti „Krilya Sovetov“ va „Zenit“ bilan muzokaralar olib borgan, ammo oxir-oqibat u „Rostselmash“ga yetib kelgan va u bilan mamlakat chempionati hamda kubogida 120 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2005-yil oxirida Rostov bilan shartnoma imzolagan. Mavsum oʻrtalarida Andreyga uni uzaytirish taklif qilingan, ammo futbolchining oʻzi jamoani oʻzgartirish kerak deb qaror qilgan. 2006-yilda u Chernomorets Novorossiyskga koʻchib oʻtgan va u yerda 15 ta gol urgan. 2007-yilda u dastlab Latviyaning „Daugava“, keyin esa „Darida“da jamoalarida toʻp surgan. 2008-yil yarim mavsumni oʻzining vatanining jamosi „Paxtakor“da oʻtkazgan va birinchi marta Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindoriga aylangan. 2009-yil davomida u Samarqandning "Dinamo" jamoasi tarkibida oʻynagan. 2010-yilda u Nijniy Novgorod jamoasi futbolchisiga aylangan. 2011-yilda „Luch-Energy“ klubiga oʻtgan. 2012/13-yilgi mavsumda u FNLga kirgan „Ximik Dzerjinskiy“ safida oʻynagan[1][2].
Terma jamoada
tahrir1998—2005-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 40ta oʻyin oʻtkazib, 6ta gol muallifiga aylangan.[3]
Faoliyat statistikasi
tahrir№ | Sana | Staion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 03.12.1998 | Chiang Mai, Tailand | 3-3 | Gʻalaba | 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari | |
2. | 05.12.1998 | Chiang Mai, Tailand | 0-15 | Gʻalaba | 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari | |
3. | 07.12.1998 | Rajamangala Stadium, Bangkok, Tailand | 4-0 | Gʻalaba | 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari | |
4. | 03.05.2001 | Amman International Stadium, Amman, Iordaniya | 2-5 | Gʻalaba | 2002-yilgi Jahon chempionati saralash | |
5. | 20.08.2003 | Skonto Stadium, Riga, Latviya | 0-3 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik | |
6. | 06.11.2003 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 4-1 | Gʻalaba | 2004-yilgi Osiyo kubogi saralash[4][5][6] |
Yutuqlar
tahrir- Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi: 1999-yil
- Oʻzbekiston chempioni : 1998-yil
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2008-yil
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1997-yil
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2008-yil
- Rossiya Ikkinchi divizionining „Gʻarbiy“ zonasi gʻolibi : 2012/13
Manbalar
tahrir- ↑ „Андрей Акопянц подписал контракт с дзержинским "Химиком"“. 2012-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.
- ↑ „«Химик» расстался с лучшим бомбардиром“. 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
- ↑ „Uzbekistan - Record International Players“. 2008-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-oktyabr.
- ↑ 2003 MATCHES ASIA
- ↑ 2001 MATCHES ASIA
- ↑ Uzbekistan International Matches - Details 1992–1999