Dinamo (futbol klubi, Samarqand)

Dinamo (Samarqand) (English: FC Dinamo Samarqand, Tajik: Dastai Futboli Dinamo Samarqand) — futbol klubi, Oʻzbekiston Super Ligasi vakili. Dinamo Samarqand Professional Futbol Klubi hozirda Oʻzbekiston Super Ligasida qatnashadi. 2022-yilgi mavsumda jamoa 9-oʻrinni egallab turibdi.

Dinamo Samarqand FK
Dinamo-S.png
Toʻliq nomi Dinamo Samarqand futbol klubi
Laqabi Arslonlar
Dinamochilar
Asos solingan 1960-yili
Stadion Dinamo stadioni
Stadion hajmi 13,800
Prezidenti  UZB Furqat Rahimov
Murabbiyi  UZB Vadim Abramov
Sardori  UZB Obid Joʻraboyev
Homiysi  UZB AGROMIR BUILDINGS
Vebsayt http://www.fcdinamo.uz/
Musobaqasi Superliga
2022 14-o'rin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi

Jamoa tarixiTahrirlash

Jamoaning vujudga kelishiTahrirlash

Maʼlumotlarga qaraganda, 1958-yilda Samarqandda barpo etilgan bir necha zavodning ishchilari birlashib shahardagi dastlabki jamoani tuzishgan. Ushbu yangi jamoa dastlab havaskorlardan tashkil topgan boʻlib, 1960-yili Samarqandda tashkil etilgan.. Shu yilning oʻzida esa Samarqand shahar rahbarlari, futbol mutasaddilarining jonkuyarligi, koʻrsatgan jonbozliklari evaziga jamoa tashkil etildi.

Jamoaning hozirgi nomiga bogʻliq maʼlumotlarga oʻtadigan boʻlsak, „Dinamo“ sobiq ittifoq davrida koʻngilli sport jamiyati nomi edi. Yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi, sobiq ittifoq chempionatida shu nom ostida koʻplab jamoalar toʻp surishgan. Xususan, oliy liganing oʻzida Kiyev, Moskva, Minsk va Tbilisi shaharlarining shu nomdagi klublari ishtirok etishardi.

Jamoa nomlari tarixiTahrirlash

Klub tashkil topganida yarim professional maqomiga ega edi, 2009-yildan jamoa Professional Futbol Klubi maqomini oldi. Jamoa nomlari bir-necha marotaba oʻzgargan. 2009-yili klub oʻzining tarixiy ismini qaytardi „Dinamo Samarqand“

yillar Ism
1956-1961-yillar Dinamo
1963-1966-yillar Spartak
1967-yil Soʻgʻdiyona
1968-1969-yillar Samarqand
1970—1976-yillar Spartak
1976-1991 Dinamo
1991-1992-yillar Maroqand
1993-1997-yillar Dinamo
1997-1998 Afrosiyob
1998-2000-yillar Samarqand
2001-2008-yillar Samarqand-Dinamo
2009-2016-yillar Dinamo
2017-yildan beri Dinamo Samarqand

SSSR ChempionatlaridaTahrirlash

Jamoa tashkil etilgach, dastlab turli xil turnirlarda ishtirok etish bilan kifoyalandi. Dastlab jamoas SSSR 2-ligasida qatnashgan. 1968-yili SSSR   Sovet Ittifoqi 2-Ligasida (Oʻrta Sharq Mintaqasi)dan sovrindorlar qatoridan joy olib, 2-Liganing asosiy turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Qator turnirlardagi kichik gʻalabalardan soʻng, futbolchilar jamoa tarkibidan muqim oʻrin egallashdi. Koʻp oʻtmay, klub Sobiq Ittifoq „B“ toifasidagi musobaqasida oʻz ishtirokini boshladi va 1964-yilga kelib „Dinamo“ turnirda 6 oʻrinni egalladi.

Samarqandliklar 1966-yilda oʻzining dastlabki xalqaro oʻyinida Fransiya jamoasi bilan Samarqanda oʻyin oʻtkazib 1:1 hisobini qayd etgan.

1968-yilda esa „Dinamo“ Mugʻuliston Qurolli kuchlari terma jamoasini qabul qilgan. Shiddatli kechgan oʻyinda dinamochilar mugʻullarni 2:1 hisobida dogʻda qoldirishgan.

Jamoa 1970-yillardan boshlab, jamoa nomi „Stroitel“ deya oʻzgartirildi. 1970-yildan 1975-yilgacha „Stroitel“ deya yuritildi. 1973-yilda esa bu jamoa Respublika chempionligini qoʻlga kiritdi.

1976-yilda samarqandlik futbolchilar Bolgariya jamoasini qabul qildilar. 1978-yilda esa Samarqand jamoasi Vengriya Futbol Federatsiyasining taklifiga koʻra, Vengriyada „Valan“ jamoasi mehmoni boʻlib qaytdi. Vengriyadagi oʻyinda doʻstlik gʻalaba qozongan, 2:2.

1979-yildan esa „Dinamo“ nomi yana tiklandi. Aynan oʻsha mavsumda jamoa Ittifoq birinchiligida 24 jamoa ichida faxrli 7-oʻrinni egalladi.

1980-yilda „Dinamo“ rahbariyati, jamoani xorijda oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazish uchun Vyetnam davlatiga safar etdi. Xorijdagi oʻtkazilgan 5 ta oʻrtoqlik bahslarining 4 tasida samarqandliklar gʻalaba qozonishdi, bir uchrashuvda durang qayd etildi.

Shu yili jamoa sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasida oʻz ishtirokini boshladi. Bu ligada Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bir necha marotaba yuqori oʻrinlar uchun kurash olib bordi.

1978-yilda Samarqand futboli oʻzining eng iqtidorli futbolchilaridan biri — Sirojiddin Bozorovni mamlakatning bosh jamoasi Toshkentning „Paxtakor“ klubi uchun yetishtirib berdi.

80-90-yillar esa „Dinamo“ning sobiq Ittifoq ikkinchi ligasidagi eng muvaffaqiyatli ishtirokiga toʻgʻri keladi. Aynan oʻsha yillarda dinamochilar Kubok bahslarida chorak finalga qadar yetib kelishgan, ammo Samarqanddagi oʻtkazilgan oʻyinda, oʻsha davrlarda ancha kuchli tarkibga ega boʻlgan Litvaning „Jalgris“ futbolchilarga kichik hisobda imkoniyatni boy berishgan. Bu oʻyinda „Dinamo“ stadioni toʻlib toshganligi va oʻyinda samarqandliklar ustunlik qilganliklari haqida, jamoaning faxriy muxlislari hali hamon katta faxr bilan taʼkidlashadi.

Mustaqillikdan keyin milliy chempionat tashkil etilgach, „Dinamo“ jamoasi nomi bir necha marotaba oʻzgartirildi. Dastlab klub nomi „Maroqand“ nomiga oʻzgartirildi. Ammo, bu jamoa oʻsha mavsum koʻngildagidek ishtirok eta olmadi.

Oʻz oʻrnida shuni ham taʼkidlab oʻtish lozimki, jamoa oʻtgan yillar mobaynida bir necha marta oʻz nomini oʻzgartirgan. Jumladan, „Maroqand“, „Afrosiyob“, „Samarqand“ va „Dinamo-Samarqand“, deb atalgan.

SSSR chempionatiTahrirlash

Mavsum liga Joy
1960 yil Ikkinchi liga. „B“ toifasi. Ittifoq respublikalarining 2-zonasi 16- dan 16 -oʻrin
1961 yil Ikkinchi liga. „B“ toifasi. Ittifoq respublikalarining 2-zonasi 16 tadan 15-oʻrin
1962 yil nomaʼlum sabablarga koʻra ishtirok etmadi
1963 yil Ikkinchi liga. „B“ toifasi. Ittifoq respublikalarining 2-zonasi 15 dan 12-oʻrin
1964 yil Ikkinchi liga. „B“ toifasi. RSFSRning 5-zonasi 17 tadan 6-oʻrin
1965 yil Ikkinchi liga. „B“ toifasi. RSFSRning 5-zonasi 20 tadan 15-oʻrin
1966 yil Ikkinchi liga. „B“ toifasi. Markaziy Osiyo va Qozog‘iston 19 tadan 14-oʻrin
1967 yil Ikkinchi liga. „B“ toifasi. Markaziy Osiyo va Qozog‘iston 22 tadan 4-oʻrin
1968 yil Ikkinchi liga. „B“ toifasi. oʻrta Osiyo 22 tadan 3-oʻrin
1969 yil Ikkinchi liga. „B“ toifasi. oʻrta Osiyo 24 dan 2
1970 yil Ikkinchi liga. „B“ toifasi. oʻrta Osiyo 18 tadan 11-oʻrin
1971-1975 yillar O‘zbekiston SSR chempionati
1976 yil Ikkinchi liga. 2-zona 21-dan 19-oʻrin
1977 yil Ikkinchi liga. 5-zona 21 tadan 15-oʻrin
1978 yil Ikkinchi liga. 5-zona 23 tadan 19- oʻrin
1979 yil Ikkinchi liga. 5-zona 24 tadan 7-oʻrin
1980 yil Ikkinchi liga. 6-zona 19 tadan 1-oʻrin (II final — 3 tadan 2-oʻrin)
1981 yil Ikkinchi liga. 6-zona 21 dan 2
1982 yil Ikkinchi liga. 7-zona 19 tadan 1-oʻrin (II final — 3 tadan 2-oʻrin)
1983 yil Ikkinchi liga. 7-zona 21 -ning 3 -kuni
1984 yil Ikkinchi liga. 7-zona 20 tadan 1-oʻrin (III final — 3 tadan 2-oʻrin)
1985 yil Ikkinchi liga. 7-zona 17 tadan 4-oʻrin
1986 yil Ikkinchi liga. 7-zona 19 ning 3
1987 yil Ikkinchi liga. 7-zona 19 tadan 4-o‘rin
1988 yil Ikkinchi liga. 8-zona 19 tadan 14-oʻrin
1989 yil Ikkinchi liga. 7-zona 21 tadan 13-oʻrin
1990 yil Ikkinchi kichik liga. 9-zona 20 tadan 4-oʻrin
1991 yil Ikkinchi kichik liga. 9-zona 26 tadan 8-oʻrin

Oʻzbekiston ChempionatlaridaTahrirlash

1992-yildagi, eng esda qolarli voqea sifatida Oʻzbekiston Kubogining final uchrashuvini Samarqand shahridagi „Dinamo“ stadioniga oʻtkazilishi boʻldi. Ilk marta oʻtkazilgan musobaqa finalida „Dinamo“ oʻyingohida Namanganning „Navbahor“ va Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoalari finalga roʻbaroʻ kelishib, penaltilar bahsida namanganliklar zafar quchishgan.

1994 va 1998-yillar „Dinamo“ uchun omadsiz kelgan. Jamoa mavsum yakuniga koʻra, birinchi ligaga ravona boʻlgan.

1996-1997-yillarda jamoa „Afrosiyob“ nomi bilan Oliy liga bahslarida ishtirok etdi.

1999-yilda „Dinamo“ Oliy ligaga qaytgach, jamoa bosh murabbiyi etib rahmatli Mahmud Rahimov tayinlandi. Ushbu mutaxasis faoliyatining dastlabki yilida katta hajmdagi seleksiya ishlarini olib bordi va mavsumni kuchli beshlikda yakunladi.

2000-yilning 3-fevralida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deya yuritila boshlandi. Samarqandliklar uchun eng omadli mavsum sifatada yodda qolgan 1999-2000-yillarda jamoa chempionat davomida ajoyib oʻyinlarini koʻrsatib, muxlislar olqishiga sabab boʻldi. Oʻsha yili jamoa tarkibi ancha kuchli koʻrinish olgandi. Darvozada Yevgeniy Safonov, himoyachilar Davron Fayziyev, Rahmatullo Fuzaylov, yarim himoyada Ilhom Sharipov, yosh Gladkovlar, Umid Abdurahmonov, Elshan Gambarov, hujumda Ravshan Bozorov, Muhsin Muhammadiyev, Jaʼfar Irismetovlar harakat qilishardi.

Aynan oʻsha mavsumda jamoa tarixidagi koʻpgina rekordlar yangilandi. Oʻsha mavsumda samarqandlik futbolchilarning chempionatdagi eng asosiy raqobatchilari „Doʻstlik“ jamoasi edi. Oliy liga oʻyini doirasidagi Samarqandda oʻtkazilgan bahsda „Dinamo“ oʻyingohida 30000 muxlis yigʻilgan va futbolchilar suyukli muxlislariga 6:3 hisobidagi ajoyib sovgʻani hozirlashgandi.

Jamoaning Oliy liga tarixidagi eng yirik gʻalabasi ham aynan 2000-yilgi mavsumda kuzatilgan. Oʻz maydonida oʻtkazilgan uchrashuvda mezbonlar Angrenning „Semurgʻ“ futbolchilari ustidan 8:0 hisobida zafar quchishgan.

2000-yilgi mavsumda samarqandliklar jamoasi oʻz maydonida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib 4:1 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, Samarqandda Ozarbayjon termasi bilan oʻtkazilagan oʻrtoqlik oʻyinida „Dinamo“ futbolchilari 1:0 hisobida gʻalabani tantana qilishgan. Bundan tashqari, koʻhna shaharda terma jamoamiz oʻzining bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlarini oʻtkazgan.

2000-yilgi mavsumning yakunida esa „Samarqand-Dinamo“ jamoasi Oʻzbekiston Kubogi finalida Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasi bilan „Paxtakor“ oʻyingohida kuch sinashdi. Gollarga boy oʻtgan uchrashuvda „Doʻstlik“ 4:1 hisobida gʻalaba qozonib Kubok sohibiga aylandi. Dinamochilar esa shu yili Oliy liga tarixdagi eng yaxshi natijalari toʻrtinchi oʻrinni egallashdi. Koʻpchilik, oʻsha yillardan soʻng „Dinamo“ning yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishini taxmin qilayotgandi, ammo tajribali murabbiy rahmatli Mahmud Rahimovning bevaqt oʻlimi, bu orzularni yoʻqqa chiqardi…

2000-yilgi natijani jamoa hozirga qadar takrorlay olgani yoʻq.

Umuman olganda, koʻhna shahar vakillari elitada 25 mavsum mobaynida toʻp surishgan. 6 mavsum jamoa birinchi ligada toʻp surishga majbur boʻlgan. Shu kungacha „Dinamo“ni 18 nafar murabbiy boshqargan. Klubda eng koʻp ishlagan mutaxassis — bu tojikistonlik Hakim Fuzaylovdir.

„Dinamo“da oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizning taniqli mutaxassislari — Birodar Abduraimov, Mahmud Rahimov, Vladimir Desyatchikov, Valeriy Letkin, Sergey Xrulev, Vladimir Dotsenko, Ahmad Ubaydullayev, Aleksandr Ivankov, Baxtiyor Gʻafurov, Kamo Gazarov va Bahrom Hakimovlar faoliyat yuritishgan. Shuningdek, yuqorida aytib oʻtganimizdek, tojikistonlik Hakim Fuzaylov va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodovlar ham klub tarixidan joy olishgan. Oʻtgan mavsumlar davomida iqtidorli murabbiy, taniqli sobiq futbolchi Azamat Abduraimov ham aynan Samarqand jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlab klub tarixida munosib iz qoldirdi. Bugunga kelib esa, yurtimizning eng iqtidorli murabbiylaridan biri Ilhom Sharipov „Dinamo“ klubi zarvaraqlarida yangi sahifani ochishga bor kuch va gʻayratini ishga solmoqda.

Yillar davomida erishilgan eng yaxshi yutuq 2007 yildagi 5-o‘rin bo‘lgan bo‘lsa, oradan bir mavsum o‘tib samarqandliklar 6-o‘rinni egalladi. 2008 yil oxirida „Dinamo“ tarixiy nomi klubga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda.

2015-yilgi mavsum yakunida so‘nggi, 16-o‘rinni egallagan „Dinamo“ o‘z tarixida 3-marta O‘zbekiston Birinchi ligasiga tushib ketdi. 2016 yilda birinchi marta 1-oʻrinni egalladi va yana Premer-ligaga yoʻllanma oldi, u erda 2017 yilgi mavsumda yana 12-oʻrindan (16 ta klub orasida) elitadan tushib ketdi.

2018-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi saviya va ahamiyatiga ko‘ra mamlakatning 2-futbol ligasi hisoblangan Pro -ligada 5-o‘rinni egalladi. 2019 yilgi mavsumdan boshlab jamoa yana Oʻzbekiston Superligasida oʻynamoqda. 2019-yilda „Dinamo“ O‘zbekiston Superligasida ishtirok etib, 14-o‘rinni egalladi va 24 ochko bilan musobaqadan chiqib ketdi. 2021-yilda „Dinamo“ Pro-ligada o‘ynadi va 28 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.

Klub afsonalariTahrirlash

Dinamoning eng koʻp maydonga tushgan oʻyinchisi bu Oleg Gorvits   UZB.

Dinamo uchun eng koʻp gol urgan futbolchi bu Hamza Jabborov   UZB (49 ta gol).

Qiziqarli faktlarTahrirlash

Jamoaning eng yirik hisobdagi gʻalabasi bu 2000-yilda Semurgʻ ustidan boʻlgan 8:0.

Eng yirik hisobdagi magʻlubiyati (8:0) 1997-yili Neftchidan olingan.

Mahalliy tarixTahrirlash

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng Yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Pos. Pl. W D L GS GA P Ism Liga
1992 1st 10th 32 8 10 14 29 46 26 Semifinal   Hamza Jabborov 17   Nikolai Solovyov
1993 1st 16th 30 6 3 21 22 59 15 Quarterfinal   Aleksandr Babayan 4   Rustam Istamov
1994 2nd 2nd 34 22 7 5 81 29 51 Quarterfinal   Hamza Jabborov 24
1995 1st 11th 30 10 5 15 24 37 35 R32   Hamza Jabborov 11
1996 1st 10th 30 11 1 18 36 45 34 R1   Hamza Jabborov 12
1997 1st 15th 34 8 8 18 35 73 32 R1   Olim Tillaev 7
1998 2nd 2nd 38 26 8 4 105 44 86 Last 16   Timur Iskanderov 30
1999 1st 5th 30 15 8 7 57 38 53 Ikkinchi oʻrin   Jafar Iresmetov 19
2000 1st 4th 38 24 3 11 92 47 75   Muxsin Muxamadiev 26   Khakim Fuzailov
2001 1st 12th 34 14 3 17 62 68 45 Last 16   Muxsin Muxamadiev 15   Khakim Fuzailov
2002 1st 13th 30 9 5 16 24 46 32 R32   Ravshan Bozorov 6   Khakim Fuzailov
2003 1st 8th 30 11 2 17 40 46 35 Last 16   Mixail Fomin 7   Berador Abduraimov
2004 1st 13th 26 6 2 18 25 48 20 R32   Asqar Beknazarov 5
2005 1st 8th 26 11 3 12 28 32 36 Last 16   Umid Isoqov 6
2006 1st 8th 30 12 4 14 39 39 40 Last 16   Bahodir Nasimov 9
2007 1st 5th 30 14 8 8 48 36 50 Quarterfinal   Farhod Tadjiyev 20   Täçmyrat Agamyradow
2008 1st 6th 30 12 6 12 40 30 42 Quarterfinal   Ilyos Qurbonov 11   Täçmyrat Agamyradow

  Azamat Abduraimov

2009 1st 9th 30 11 5 14 44 42 38 Last 16   Bahodir Nasimov 10   Azamat Abduraimov
2010 1st 12th 26 6 9 11 28 33 27 Quarterfinal   Jafar Irismetov 11   Azamat Abduraimov

  Viktor Djalilov

2011 1st 10th 26 8 5 13 23 25 29 Quarterfinal   Ivan Nagaev 6   Viktor Djalilov

  Akhmad Ubaydullaev

2012 1st 9th 26 9 2 15 27 29 29 Last 16   Roʻzimboy Ahmedov 11   Akhmad Ubaydullaev
2013 1st 8th 26 8 8 10 28 36 32 R32   Farruh Shotursunov 10   Kamo Gazarov

  Ravshan Khaydarov

2014 1st 10th 26 8 4 14 25 39 28 Quarterfinal   San'at Shixov 7   Ravshan Khaydarov

  Täçmyrat Agamyradow

2015 1st 16th 30 6 7 17 28 48 25 R32   Kamoliddin Murzoyev 8   Täçmyrat Agamyradow

  Bakhrom Khakimov

2016 2nd 1st 32 26 4 2 86 19 82 R32   Amirjon Safarov 22   Bakhrom Khakimov

  Ilkhom Sharipov

2017 1st 12th 30 8 8 14 21 35 32 Semifinal   Amirjon Safarov 4   Ilkhom Sharipov

  Edgar Gess   Oleg Tyulkin

2018 2nd 5th 32 15 7 10 41 26 52 Last 16   Pavel Purushkin 10 Ilhom Sharipov

Davron Fayziyev

2019 1st 14th 26 6 6 14 25 47 24 R2   Kadambay Nurmetov 5 Davron Fayziyev

Tajmurod Agamurodov

2020 2nd 3rd 20 9 5 6 25 19 32 2QR   Oybek Nurmatov 5   Sergey Lushan

  Ravshan Ahmedov   Jasur Hakimov

2021 2nd 2nd 20 11 2 7 33 28 35 R16   Roʻzimboy Ahmedov 12   Khakim Fuzailov
2022   Predrag Rogan

  Andrey Shpilov   Vadim Abramov

Xalqaro Musobaqalarda natijalarTahrirlash

Musobaqa D M UG OʻG O
Osiyo kubogi egalari kubogi 2 - - 2 5 4 0

2000/2001-yilgi mavsumda „Dinamo Samarqand“ ushbu turnirda qatnashgan. Ushbu turnirga yoʻllanmani jamoa Oʻzbekiston Kubogida finalgacha yetib borganida qoʻlga kiritgan. „Osiyo Kubok Egalari Kubogi“ mavsum 2000/2001,Saralash bosqichi „Gʻarbiy Osiyo zonasi“ 1-raund (Markaziy Osiyo mini zonasi).

Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Uy Safar Umumiy

hisob

2000/2001 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich   Nebitchi 2-3 3-4 5-7

Klubning eski logotiplariTahrirlash

Klub stadioniTahrirlash

Dinamo Samarqand.PFK oʻz uy uchrashuvlarini Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“da oʻtkazadi. Stadion 1963-yili qurib bitkazilgan, oʻsha paytda stadion sigʻimi 16.000 edi. Ushbu stadion 13.800 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. 2012-yil rekonstrusiya ishlaridan oldin, bu stadion 16.000 muxlisni sigʻdira olardi. 2012-yili stadion toʻliq kapital rekonstruksiya qilingan. Stadionda zamonaviy kiyinish xonalari, Dush kabinalari, Hakamlar uchun maxsus xona, Jurnalistlar xonasi, Kafe, Klub Muzeyi, VIP va CIP oʻrinlar bor. Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“ Oʻzbekistondagi eng yaxshi stadionlardan biridir.

YutuqlariTahrirlash

  • Oʻzbekiston Pro ligasi :
    • Chempionlar (1): 2016 yil

FutbolchilarTahrirlash

Joriy tarkibTahrirlash

10 March 2021
Amplua Futbolchi
8   Russia YH Timur Sharipov
26   UZB HM Komil Sharofetdinov
  UZB DR Dilshod Khamroev
  UZB HM Golibzhon Sariboev
  Ukraine HM Dmytro Sydorenko
  UZB HM Obid Juraboev
  UZB YH Islom Sharipov
  UZB YH Khumoyun Sherbutaev
  Ukraine YH Oleh Marchuk
Amplua Futbolchi
  UZB YH Jasur Hasanov
  UZB HJ Timur Khakimov
  UZB HJ Sardor Eminov
  UZB HJ Oybek Juraev
  UZB HJ Sirozh Meliev
  Ukraine HJ Mykhaylo Udod
  UZB HJ Temur Ismoilov
  UZB YH Shokhrukh Abdurakhmonov

Klub hodimlariTahrirlash

Klub rahbariyati va maʼmuriyatiTahrirlash

  •   Furqat Rahimov — Klub Prezidenti
  •   Firdavs Karimov — Vitse Prezident
  •   Odil Ziyotov — Maʼmur

Murabbiylar shtabiTahrirlash

2022 yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.

Boshqaruv tarixiTahrirlash

Taqdim etilgan maʼlumotlarda kichik noaniqliklar boʻlishi mumkin.

Yil Trener
1961-yil   Aleksey Lapshin
1962-1979-yillar maʼlumot yoʻq
1976-yil   Vyacheslav Koltsov
1980-1981-yillar   Birodar Abduraimov
1982-1984-yillar   Vladimir Desyatchikov
1985 yil (1-bosqich)   Aleksey Masesov
1985-1986-yillar   Nikolay Kiselyov
1987-1988-yillar   Aleksandr Ivankov
1989 yil   Vladimir Fedin
1990 yil (1-davra)   Shavkat Axmerov
1990 yil (2-bosqich)   Yuriy Mamedov
1991 yil   Rustam Istamov
1992 yil   Nikolay Solovyov
1993 yil (1-bosqich)   Rustam Istamov
1993 yil (2-bosqich)   Vladimir Desyatchikov
1994-1997-yillar maʼlumot yoʻq
1998-2000-yillar   Mahmud Rahimov
2000-2002   Hakim Fuzaylov
2003 yil   Birodar Abduraimov
2004-2006 maʼlumot yoʻq
2007-2008-yillar   Tachmurod Agamurodov
2008-2010   Azamat Abduraimov
2010-2011   Viktor Jalilov
2011-2012   Ahmad Ubaydullayev
2012 yil   Sergey Arslanov
2013 yil (1-bosqich)   Kamo Gazarov
2013-2014-yillar   Ravshan Haydarov
2014-2015-yillar   Tachmurod Agamurodov
2015 yil   Baxrom Hakimov
2016 yil   Uchqun Qobilov
2016 yil   Ilhom Sharipov
2017 yil   Edgar Gess
2017 yil   Oleg Tyulkin
2018   Ilhom Sharipov
2018-2019   Davron Fayziev
2019   Tachmurod Agamurodov
2020   Ravshan Ahmedov
2020[2]   Sergey Lushan
2020   Jasur Hakimov
2021-yil[3]   Hakim Fuzaylov[4]
2022   Predrag Rogan[5]
2022   Andrey Shipilov[6]
2022 — hozirgi kungacha ichida.   Vadim Abramov

Mashhur FutbolchilariTahrirlash

 
"Dinamo" sobiq oʻyinchisi Bahodir Nasimov

RaqobatTahrirlash

Samarqand „Dinamo“si O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Jamoaning deyarli har bir oʻyinida 13800 tomoshabinga moʻljallangan „Dinamo“ stadioni toʻlib-toshgan.

Samarqandning „Dinamo“ jamoasining asosiy raqibi shu nomli shahar va qo‘shni Buxoro viloyati (viloyat) poytaxti „Buxoro“ FK hisoblanadi .

Ayni paytda „Dinamo“ va „Buxoro“ muxlislari oʻzaro doʻstona munosabatlarga ega boʻlib, agar mamlakatning boshqa klublari oʻyinda sevimli klubiga raqib boʻlishsa, har ikki jamoani bir-biriga yaqinlashtiradi.

Samarqandning „Dinamo“ va „Buxoro“ jamoalari ishtirok etgan „Qadimiy shaharlar derbisi“ mamlakatimizda juda mashhur. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri — Samarqand va Buxoro sharafini himoya qiladi. Jamoalar oʻrtasidagi oʻyinlar ajoyib oʻtmoqda va muxlislar oʻrtasida sotib olingan.

Samarqandning ham oʻziga xos „Samarqand derbisi“ borki, bu kamdan-kam uchraydi. Agar „Dinamo“, " Sherdor " va „Spartak“ klublari, shuningdek, shaharning kichik va unchalik tanish boʻlmagan klublari oʻzaro toʻqnash kelsa, oʻyin norasmiy tarzda xuddi shunday maqomga ega .

Samarqand „Dinamo“sining koʻplab taxalluslari bor: „Samarkand“ (uzb. Samarqandliklar/Samarkandliklar); „Yo‘lbarslar“ (o‘zb . Yo‘lbardlar / Yo‘lbarslar) — shahar gerbida ham aks ettirilgan klub va Samarqand shahrining ramzi; „Starogorodtsy“ (oʻzb . Koʻhna shaharliklar / Khna shaharliklar) — Samarqandning qadimiyligiga ishora; boshqa taxalluslar ham bor.

Shuningdek qarangTahrirlash

Oʻzbekiston futbol klublari Osiyo kuboklarida

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash