Abubakir Moʻydinov (2000-yil 7-iyul, Andijon, Oʻzbekiston) — oʻzbek futbolchisi, Samarqandning „Dinamo“ jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi.

Abubakir Moʻydinov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abubakir Moʻydinov
Tavallud sanasi 7-iyul 2000-yil (2000-07-07) (23 yosh)
Tavallud joyi Andijon Oʻzbekiston
Boʻyi 1,74 m
Ampluasi Yarim himoyachi / Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Dinamo
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014—2019 Oʻzbekiston Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2019 Oʻzbekiston Bunyodkor 1
2019 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Nasr SC
2020 Portugaliya Leixões S.C. U 23
2021 Estoniya Viljandi JK Tulevik 15 (3)
2022—2023 Oʻzbekiston Andijon SGS 10 (5)
2023— Oʻzbekiston Dinamo 10 (1)
Milliy terma jamoa
2014—2016 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-17
2017—2019 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20
2019—2021 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyatini 2019-yilda „Bunyodkor“ klubi tarkibida boshlagan. 2019-yilning 6-aprel kuni „Navbahor“ klubiga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston Superligasida debyut qilgandi. 2019-yil sentabrida u Amirlikning „An-Nasr Dubay“ klubiga oʻtdi[1][2]. 2020-yilda u Portugaliyaning „Leyxoes U-23“ klubida oʻynagan[3]. 2021-yilning aprel oyida u Estoniyaning „Tulevik“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil 30-iyun kuni Nomme Kalju klubiga qarshi oʻyinda u Estoniya Meistriligasida debyut qildi. 2021-yil 31-iyulda Tammeka klubiga qarshi oʻyinda (5:3) Estoniya Meistriligasida debyut golini urdi[4]. 2022-yil mvasum avvalida Qozogʻistonning „Ordabasi“ jamoasida koʻrikda boʻldi[5] lekin shartnoma imzolamadi va Oʻzbekistonga qaytdi va Andijonning „Andijon SGS“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Andijon SGS jamoasining bir qator oʻyinlarida muhim gollarni urdi[6]. 2023-yilgi mavsum yozgi transfer oynasi vaqtida Oʻzbekiston Pro ligasining yetakchi jamoalaridan biri Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[7][8]. Dinamo jamoasidagi debyut oʻyinida Oʻzbekiston Kubogi 1/8 final bosqichida „Paxtakor“ qarshi oʻyinda gol urdi va jamoasining gʻalaba qozonishida muhim vazifani bajardi[9][10].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Abubakir Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalarning bir qator yosh toifalarida toʻp surgan[11][12][13][14][15]. Oʻzbekiston milliy terma jamoasida esa hali oʻz debyutini oʻtkazmagan.

Yutuqlar tahrir

Faoliyat statistikasi tahrir

Oʻyin faoliyati liga Kubok Int. Dr.
2019 Bunyodkor 1 0
2021 Tulevik 15 3

Manbalar tahrir

  1. „O'zbekistonlik futbolchi "Al Nasr" bilan shartnoma tuzdi“. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  2. „Breaking! «Bunyodkor» futbolchisi faoliyatini BAAda davom ettiradi“. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  3. „O'zbekistonlik futbolchi Portugaliya klubiga o'tdi“. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  4. „Estoniya kubogida 26:0 hisobi qayd etildi. O'zbekistonlik futbolchi ikkita gol urdi“. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  5. „Legionerimiz jamoasini o‘zgartirdi“. 17 mart, 2022, 13:28da asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Pro-liga. Beshtadan uchtasi legioner yoxud to‘purarlar jadvali bilan tanishing (foto)“. 31-martda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Kozak va Mo‘ydinov "Dinamo"da“. 12 iyul, 09:50da asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Abubakr Mo'ydinov "Dinamo" futbolchisi sifatida tanishtirildi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  9. „O'zbekiston kubogi. "Dinamo" – "Paxtakor" (3:2). Highlights“. 2023-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  10. „Abubakr Mo'ydinov: "Paxtakor"ga shu kuni 3tadan ko'proq gol urishimiz mumkin edi"“. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  11. „"Bu biz uchun katta saboq" - Ravshan Haydarov qaysi futbolchi haqida gapirdi? Yoxud Turkiyadagi musobaqada asosiy vazifa nima?“. 21 mart, 2021, 19:03da asl nusxadan arxivlangan.
  12. „«Sementchi»ning ikki nafar a’zosi O‘zbekiston U-19 yig‘inida ishtirok etmoqda“. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  13. „O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Goada Avstraliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi“. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  14. „O‘zbekiston o‘smirlar termasi OCh saralashida Maldiv darvozasiga 8 ta to‘p kiritdi“. 2019-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  15. „O‘zbekiston U-21 terma jamoasi Xitoyga etib bordi va mashg‘ulotlarga kirishdi (FOTO)“. 3 sentabr, 2018, 12:15da asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar tahrir