Andijon Oʻzbekistonning Andijon viloyatidagi shahardir. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Fargʻona vodiysining sharqida. Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Iyulning oʻrtacha harorati 27 °C — 28 °C, yanvarniki — 3 °C. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km2. Andijon shahri shimoli-gʻarbdan Oltinkoʻl tumani, gʻarbdan Buloqboshi tumani va janubi-sharqdan Andijon tumani bilan chegaradosh.

Andijon
viloyat markazi
Devonaboy Jome Mosque in Andijan.jpg
Navoi Square (Formerly Bobur Square) - Where 2005 Massacre Took Place - Andijon - Uzbekistan (7544000842).jpg
Andijan state university.jpg
Last Friday of Ramadan, Andijan.jpg
Andijan machine-building institute.jpg
Panorama of Navoi Square (Formerly Bobur Square) - Where 2005 Massacre Took Place - Andijon - Uzbekistan - 01 (7543269364).jpg
40°42′0″N 72°21′0″E / 40.70000°N 72.35000°E / 40.70000; 72.35000 G OKoordinatalari: 40°42′0″N 72°21′0″E / 40.70000°N 72.35000°E / 40.70000; 72.35000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon viloyati
Hukumat
Shuxrat Qo'shaqbayevich
Ilk eslatilishi IX
Avvalgi nomlari Andukon, Andigon
Maydon 76 km2 (29 mi²)
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2017)
425 500
Zichligi 5750 kishi/km2
Milliy tarkib oʻzbeklar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 74
Pochta indeks(lar)i 170100
Avtomobil kodi 60
Andijon xaritada
Andijon
Andijon

TarixiTahrirlash

EtimologiyasiTahrirlash

Shahar toponomiyasi haqida turli tadqiqodlar, har xil fikrlarni ilgari suradilar. Masalan, ba'zi manbalarda bu nom "andi", "azoq" uruğlari nomidan olingan deyiladi. Ammo, hozirgi kunda köplab olimlar yakdil fikrga kelishdi. Unga köra, "Andijon" nomi söğdcha "adoq", ya'ni "yakun", "oxir" va "kon" - "ariq", "soy" sözlarining birlashuvidan kelib chiqqan. Ya'nikim "Adoqkon" degani "Soyning oxirida joylashgan yer" ma'nosini anglatadi. Bu faraz hozirda öz tasdiğini topmoqda. Bilamizki, Andijon shahri Andijonsoy yoqasida, qadimgi Oqböyra soyi oxirida joylashgan.

Oʻrta asrlardaTahrirlash

Andijonning Ark qismida (hozirgi Bobur mahallasi) va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida 7 — 8- asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Arab xalifaligi davrida Andukon deyilgan. Andijon ilk bor yozma manbalarda 10-asr arab sayyoxlari Ibn Havqal va Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. 11 — asrda shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtgan. 11—12 — asrlarda Fargʻona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Shahar moʻgʻullar istilosi davrida vayron etilgan va manbalarda qayd etilishicha, 13- asr oxirlarida moʻgʻul xonlari boʻlmish Tuva va Xaydu tomonidan qayta tiklangan. A. 14- asr 70-ylarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. 15 — asr 2 — yarmidan A. Temuriylar davlatiga qarashli Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Ayniqsa Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur davrida shaharda xoʻjalik, fan, madaniyat rivoj topgan.

1504-yildan Andijon shayboniylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1710-yilda Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan va Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar (1876-yil gacha) A. bekligining qarorgohi boʻlgan[1]. Shaharda mahalliy xalqdan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelganlar ham yashagan. Shahar oʻzining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan.

19-asrdagi dahalariTahrirlash

19- asr oʻrtalarida Andijon 4 dahaga boʻlingan edi. Har bir dahaning qozisi, mingboshisi boʻlgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga boʻlingan. 1877-yilda shaharga yondosh Xoqon (Xaqan) qishlogʻi aholisi koʻchirilib oʻrnida rus bosqinchilari uchun yangi shahar qurila boshladi. Shahar Rossiya bilan temir yoʻl orqali bogʻlangach (1899), qishloq xujalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan dastlabki sanoat korxonalari vujudga keldi.

QoʻzgʻolonTahrirlash

1898-yil Andijonda podsho hukumati maʼmurlarining zulmiga qarshi Dukchi Eshon — Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli rahbarligida xalq qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolon nihoyatda shafqatsizlik bilan bostirildi, koʻplab begunoh odamlar oʻldirildi, qoʻzgʻolon tashkilotchilari qatl etildi. 1916-yil Andijon mehnatkashlari podsho hukumatining mardikorlikka olish siyosatiga qarshi xalq qoʻzgʻolonida faol qatnashdi.

ZilzilaTahrirlash

Andijon kuchli seysmik zonada joylashgan. 1902-yil 16-dekabrda 9 balli zilzila boʻlib, mahalliy aholi uylari butunlay vayron boʻldi.

SanoatiTahrirlash

 
Qoʻqon xoni oʻgʻlining saroyi. Andijon.

Shaharda 48 zamonaviy yirik sanoat korxonalari, 63 qurilish tashkilotlari va mahalliy sanoat korxonalari ishlab turibdi. „Andijonmash“, „Andijonirmash“ kabi aksiyadorlik jamiyatlari paxta zavodlari uchun uskunalar, qishloq xoʻjaligi mashinalariga ehtiyoj qismlar, nasoslar, universal yuklagichlar, aylanma pluglar, nogironlar uchun aravachalar va boshqa anjomlarni ishlab chiqaradi. Andijonda ishlab chiqarilgan dizel va nasoslar, universal yuklagichlar bosh-qa mamlakatlarga eksport qilinadi. Andijon korxonalari elektronika („Elektrodvigatel“, „Elektroapparat“ aksiya¬dorlik jamiyatlari) mashinalari ham ishlab chiqaradi. „Biokimyo“ zavodida etil spirti, efiroaldegidnal fraksiya, uglekislota va chorva ozugʻi tayyorlanadi (qarang Andijon biokimyo zavodi). Tikuvchilik va poyabzal fabikalari bor. Mahalliy sanoat korxonalari ham poyabzal, bezakli gazlama, mebel va uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Andijonda oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlari rivojlangan. Shaharda 50 qoʻshma korxona mavjud (AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Italiya, Qirgʻiziston va boshqalar bilan hamkorlikda). Ulardan 5 tasi „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasiga avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradi. Shaharda yildan yilga yangi qoʻshma korxonalar ishga tushirilib, zamonaviy va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻl ga qoʻyilmoqda. Shaharda 3000 taga yaqin kichik va oʻrta biznes subyektlari, 7000 dan ziyod xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor.

 
1913-yoldagi Andijon koʻchalaridan biri.

MeʼmorchilikTahrirlash

Mustaqillik yillarida shaharda bunyodkorlik ishlari rivoj topdi. Andijon viloyati hokimiyati binosi oldida shaharning markaziy maydoni bunyod etilib, Bobur nomi berildi (1991) va bu yerga uning ot minib turgan haykali oʻrnatildi. Maydon atrofida Oxunboboyev nomidagi viloyat teatr binosi, Bobur nomidagi viloyat kutubxonasi, Abbos Bakirov nomidagi kinoteatr, Andijon tibbiyot institutining bosh binosi joylashgan. Shahar markazidan oʻtgan eng katta kucha — Alisher Navoiy shoh koʻchasidir. Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi 1999—2000-yillarda qayta taʼmirlanib, sharqona shaklda „Ark“ darvozasi bunyod etildi. Bogʻ ichida ramziy burgutga uygʻunlashtirib qurilgan tomosha inshooti—amfiteatr nihoyatla mahobatli koʻrinishga ega. Endilikda viloyat va shaharning eng katta tantanalari shu yerda oʻtkaziladi. Shaharda keyingi yillarda zamonaviy meʼmorlik anʼanalarida qurilgan tennis korti, „Navroʻz“ stadioni, aeroportdagi deputatlarni kutib olish va joʻnatish zali, „Avtotexxizmat“, Choʻlpon bogʻi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, „Asakabank“ shahar moliya boʻlimi binosi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining boʻlimi binolari, Andijon tibbiyot instituti, 4 kasb-hunar kolleji, akademik litseylar, „Beeline“ qoʻshma korxonasi, koʻp qavatli turar joy binolari va koʻplab supermarket, savdo shaxobchalari bunyod etildi. Shaharda 25 transport va 5 aloqa korxonasi, 10 kommunal tashkilotlari m

IqlimiTahrirlash

Andijon iqlimi – subtropik ichkikontinental hisoblanadi. [2].

Andijon (norma 1981—2010-yillar) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha harorat, °C 2,0 1,3 7,9 16,2 20,9 25,4 26,7 24,8 20,0 12,9 5,1 2,6 13,6
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 29 34 37 30 20 7 5 2 3 26 19 23 232
Manba: [3].

Serhosil tuproqlar, issiqlik va quyosh nurining koʻpligi, uzoq muddatli iliq davr (yiliga 210 kun atrofida) shahar atrofida termofil ekinlar — paxta, tut, sitrus va boshqa subtropik ekinlarni yetishtirishga yordam beradi.

Andijon atrofi yozda qor choʻqqilari bilan qoplangan Pomir va Tyan-Shan togʻlari bilan oʻralgan, ularning etagida, pastki qismida esa yongʻoq oʻrmonlari va ignabargli oʻrmonlar bilan qoplangan.

Qish odatda yumshoq va qisqa boʻladi. Shamollar vodiyning gʻarbiy qismlariga qaraganda zaifroq-oʻrtacha 5 m/s tezlkk bilan esadi va oʻrtacha yillik yogʻingarchilik miqdori yiliga 232 mm ni tashkil qiladi. Yoz Oʻrta Osiyoga nisbatan kamroq issiq boʻladi.

AholisiTahrirlash

Andijon – aholi soni jihatidan mamlakatning shaharlari orasida 4-oʻrinda turadi. 1-yanvar 2020-yil holatiga koʻra aholisi 441 700 kishini tashkil qiladi.

Yil 1897 1939 1959 1970 1979 1989 1991 1999 2000 2013 2020
Aholi (kishi) 60 000 110 000 170 000 200 000 250 000 370 000 300 000 380 000 390 000[4] 400 000 441 700

SSSR parchalanib ketgunga qadar Andijon aholisining 75% dan koʻpini 120 ta millat va elat vakillari tashkil etgan va uni haqli ravishda xalqaro doʻstlik shahri deb atashlari mumkin edi.

Aholini eng koʻp qismini foiz jihatidan ruslar, ukrainlar, belaruslar, tatarlar, boshqirlar, yahudiylar, armanlar, gruzinlar, koreyslar, nemislar, polyaklar, yunonlar, moldovanlar, qirgʻizlar va boshqa tashkil etgan edi.

SSSR parchalanib ketgandan keyin shahar aholisining asosan oʻzbeklar (69%), shuningdek, qirgʻizlar, armanlar, ukrainlar, belaruslar, tatarlar, koreyslar, tojiklar, yahudiylar, uygʻurlar, boshqirlar, yunonlar, forslar, moldovanlar, gruzinlar va boshqalar tashkil qiladi.

IqtisodTahrirlash

TransportTahrirlash

MadaniyatTahrirlash

HokimlarTahrirlash

  1. Nurillo Alimov (2005—2015)[5]
  2. Dilmurod Raxmatullayev

AdabiyotlarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. V. V. BARTOLD O NATsIONALNOM RAZMYeJYeVANII V SRYeDNYeY AZII
  2. Хромов С.П., Петросянц М.А. Метеорология и климатология: учебник. 7-е издание. — Москва: Издательство МГУ, Наука, 2006. — С. 582 (514). — ISBN 5-211-05207-2
  3. Гидрометцентр России.
  4. Андижанский городской хакимият Arxivlandi 2015-09-28 Wayback Machine saytida.
  5. Bivshiy glava Andijana Alimov otpravlen za reshetku na 18 let | TsentrAziya

HavolalarTahrirlash