Gulkaram (Brassica oleracea L. var botrytis L.) —karamdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, sabzavot ekini. 15—20 barg chiqargandan keyin oʻzagining yuqori qismida oqish (300— 500 g kattalikda) boshcha hosil qiladi. Boshcha juda koʻp qisqa seret gulpoyalardan iborat boʻlib, uning shaqli (kattakichikligi, oʻsish darajasi) G.ning naviga va oʻsish sharoitiga bogʻliq. Karam boshchasi shakllangandan keyin poyalarining ayrimlari oʻsishda davom etib, toʻpgul, gul va urugʻli gulpoyaga aylanadi. Guli oq yoki sariq. G. biologik xususiyati jihatidan oddiy karamga oʻxshaydi, lekin tezpishar. Koʻchati oʻtqazilgach, 50—60 kunda karam boshchasi yetiladi. Tarkibida 7— 3,3% quruq modda, 1,2—4,4% qand, 1,5—3,7% oqsil, 0,7—0,8% mineral moddalar bor. Vitamin S va A, kaliy, temir, fosfor tuzlari oddiy karamdagidan koʻp. Atalangan tuxumga botirib olib qovuriladi, shoʻrvasi mazali va parhez taom, konserva tayyorlanadi. G. sovuqqa (—3—5°) chidamli, koʻchati bahor (mart) va yoz (iyul)da 60x30, 70x35 sm sxemada eqiladi. Bahorgisi may—iyunda, yozgisi oktabr—noyabrda pishadi. Sifatli yetilishi uchun barglari uchi boshcha ustiga toʻda qilib bogʻlanadi yoki boshchasi sindirib olingan barglari bilan soyalab qoʻyiladi. Gektaridan 100—180 s hosil olinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida eqiladi.

Orip Qodirxoʻjayev.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil