Ip — tolalar (paxta, ipak, jun, zigʻir dan ingichka qilib yigirilgan yoki yigirilmagan toʻquvchilik va tikuvchilik materiali; pishiq va ka-yishqoq mahsulot. Gazlamalar, trikotaj toʻqish, kiyim-kechak tikish va b. koʻp maqsadlarda ishlatiladi. Ip olish uchun ishlatiladigan tola turiga qarab ip tabiiy, sunʼiy, miner"al, kimyoviy xillarga boʻlinadi. Iplar dastlabki, birlamchi va ikkilamchi turlarga ham ajratiladi. Dastlabki ip boʻylama yoʻnalishda qismlarga boʻlinmaydi. Bularga elementar va yakka (mono ip) iplar kiradi. Birlamchi ip toʻqimachilik tolalaridan tayyorlanadigan kalava ip, bir necha elementar iplardan eshib olinadigan kompleks iplardan ibo-rat. Ikkilamchi iplar bir necha birlamchi ipni eshib (pishitib) olinadi. Iplar bir xil toladan hamda har xil toladan (tabiiy tola bilan boshqacha tabiiy tola, sunʼiy tola bilan tabiiy tolani aralashtirib) tayyorlanishi mumkin. Iplarni pishitish yoki eshish darajasi ularning ishlatilishiga boglik. Mas, gazlama toʻqish uchun asosiy ip (tanda) koʻp pishitiladi, arqoq ip esa kamroq pishitiladi, trikotaj toʻqish uchun ip yanada kam pishitiladi. Pilla tolalaridan yigirilgan ipak ip; viskoza, atsetat, kapron va b. kimyoviy tolalardan kompleks iplar olinadi.

Bejamdor iplar olish texnologiyasi ham bor. Ular, asosan, matolar va trikotaj mahsulotlarning ustki qismini bezashda ishlatiladi. Kaprondan olingan yakka ip paypoq toʻqish sanoatida ishlatiladi. Toʻqimachilik tolalaridan tashqari, qogʻoz (kordel), kauchuk va b.dan ip olinadi. Yukrrida ay-tilgan iplarning hammasi toʻqimachilik sanoatining xom ashyosi hisoblanadi. Bulardan tashqari, uy-roʻzgʻorda va xalq xoʻjaligida ishlatiladigan iplar ham bor. Bularga turli tikish (gʻaltak iplar), chatish, kashtachilik, attorchilik va jarroxlikda ishlatiladigan iplar kiradi.

I. uzunligi (m)ning massasi (g)ga nisbati ipning u metrik nomeri deyiladi. Ip past (34 nomergacha), oʻrta (34 dan 85 gacha) va yuqori (85 dan yuqori) nomerli boʻladi. Iplar turi (assortimenti)ni koʻpaytirish uchun ular qoʻshimcha ishlov (tuk kuydirish, ohorlash, boʻyash)dan oʻtkaziladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil