Voronej — RFdagi shahar, Voronej viloyatining markazi (1934 y.dan). Yirik temir yoʻl tuguni, Voronej daryosining Don daryosiga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 905 ming kishi (1999). V. Markaziy Qoratuproq iqtisodiy rayonining asosiy industrial markazi va Rossiyaning yirik sanoat markazlaridan biri. V.da mashinasozlik (vagon tuzatish zavodi, ekskavator, temirchilik-press uskunalari, foydali qazilmalarni saralash uskunalari, stanoksozlik, televizor va radiopriyomnik, radiodetal, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi), kimyo (sintetik kauchuk, farmatsevtika zavodlari), qurilish materiallari zavodlari, oziq-ovqat (yogʻ-moy, un-yorma, sut kombinatlari, konditer, makaron fabrikalari va b.), yogocheozlik, yengil sanoat (poyabzal, tikuvchilik) rivojlangan. V.da 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan universitet),oʻlkashunoslik, badiiy, tasviriy sanʼat muzeylari, 4 teatr, telemarkaz bor. 17—18-asrlarning meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. V.ga 1585 y. qalʼa sifatida asos solingan va keyinchalik Rus davlati chegaralarini jan. tomonga jadal kengaytirishda tayanch punkti boʻlgan. Va shuningdek Varonej shaxri iqtisodiy tomonlama yashashga qulay boʻlgan joydir.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil