Andijonsoy
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Andijonsoy — Andijon viloyatidagi kanal. Umumiy uz. 76,7 km, suv oʻtkazish imkoniyati 45,0 m³/sek. Kanal Andijon suv omboridan suv oladi va Katta Fargʻona kanaliga tashlama bilan tugaydi. Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq, Andijon, Oltinkoʻl tumanlaridagi ekin-zorni suv bilan taʼminlaydi, shuningdek kanal Andijon shahridan oʻtib, biokimyo zavodini va shaharning koʻkalamzor yerla-514rini suv bilan taʼminlashga ham xizmat qiladi. Andijonsoydan Ishkol, Joʻraboy, Dehqon, Yangi Koʻtarma, Qatortol, Koʻk Gumbaz, Xoʻtan, Qoʻshariq, Derivatsiya kabi 10 ga yaqin katta-kichik kanallar va 30 ga yaqin mayda dahanalar suv oladi. Andijonsoyda 6 ta yi-rik suv taqsimlash inshootlari qurilgan (ulardan 3 tasi telemexanika vositalari bilan jihozlangan). Andijonsoydan Andijon tumanidagi va viloyatning boshqa sharqiy-gʻarbiy tumanlaridagi, shuningdek Yomo-nadir mavzeidagi ekinzorlarga nasoslar yordamida suv chyqariladi.
Andijonsoy | |
---|---|
![]() Andijonsoy Andijon shahrida | |
Tavsif | |
Uzunligi | 76,7 km |
Suv sarfi | 45 m³/s |
Davlat | Oʻzbekiston |
Andijonsoy |
GelereyaTahrirlash
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |