Andijon suv ombori
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Andijon suv ombori (qirgʻizcha: Кемпир-Абад суу сактагычы) — Andijon viloyatida Qoradaryoda qurilgan gidrotexnika inshooti. Koʻp yillik rejimda daryo suvini tartibga soladi. Irrigatsiya-energetika maqsadlariga moʻljallangan. Qurilish 1982-yilda nihoyasiga yetdi. Andijon suv ombori o. balandligi 121 m, uzunligi 1040 m boʻlgan betonli katta kontrforeli toʻgʻon qurib hosil qilingan. Suv sigʻimi 1,9 mlrd. m3. Gidrouzel tarki-biga toʻgʻon, suv oʻtkazuvchi inshootlar va GES kiradi. Suv oʻtkazuvchi inshootlar favqulodda tosh-qinda 1700 m³/s gacha suv oʻtkazishga va umumiy suv sarfi 230 m³/s boʻlgan irrigatsiya kanallariga oqizishga moʻljallangan. GES kanallarga tusha-yotgan suv hisobiga ishlaydi, 192 m³/s suv sarfiga moʻljallangan, quvvati 140 MVt. Andijon suv ombori o. suvi Fargʻona vodiysida 273 ming ga yaqin maydonning suv taʼminotini yaxshilaydi, qoʻshimcha 35 ming ga yerni sugʻorish imkoniyatini beradi.
Kampirravot, Kampirobod, Kampirovot | |
---|---|
Andijon suv ombori | |
Andijon suv ombori Qirgʻizistonda | |
Morfometriya | |
Uzunligi | 6 km |
Maydoni | 56 km² |
Sigʻimi | 1,9 mlrd. m3 |
Maksimal chuqurligi | 98 |
Xarakteristikasi | |
Toʻgʻon balandligi | 121 m |
Havzasi | |
Quyiladigan irmoqlar | Qoradaryo, Yassi |
Joylashuvi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston, Qirgʻiziston |
TarixiTahrirlash
1962-yilda Sharof Rashidov tashabbusi bilan Andijon suv ombori qurilishi boshlandi. Bu gigant sunʼiy havza 6 ming gektardan ko‘p maydonni egallagan va 1 milliard 750 million kuba metr suv saqlaydigan va qurg‘oqchilik paytida 44 ming gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish, 400 ming eski ekin maydonlarini suv bilan taʼminlash imkonini berardi. Shu joydan Kampirovot va Jalolobod magistral kanallari boshlanadi. Ular dalalarga namlik keltirib 100 ming tonna paxta,75 ming tonna sabzavot, 150 ming tonna meva-cheva yaratish imkonini beradi. Bu inshoot tufayli paxta har gektaridan hosildorlik o‘rtacha 4 sentnerga ortishi ko‘zlangan. Bu qurilish 1982-yilda nihoyasiga yetgan[1].
XususiyatlariTahrirlash
Chegaradagi mojarosiTahrirlash
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
ManbalarTahrirlash
- ↑ Shamsutdinov, R.T; Ishoqov, A.A.. Andijon tarixidan lavhalar. Toshkent: Sharq nashriyoti.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |