Mingboshi
Mingboshi — harbiy maʼmuriy mansab;
- ming kishidan tashkil topgan harbiy qism qoʻmondoni. Turk xoqonligi, qoraxoniylar, temuriylar armiyasida mingbegi. Mingboshi tugʻ, karnay, soyabon va chodirga ega boʻlgan. Du-bulgʻa, zirh, sovut, nayza, qilich, sadoq va oʻq-yoy bilan taʼminlangan, oʻnboshi, yuzboshilar Mingboshiga boʻysungan. Mingboshining noibi — oʻrinbosari boʻlgan. Amir Temur qoʻshinida yuzta Mingboshi harbiy qismlarga sardorlik qilgan, jangda zafar quchgan. Mingboshi, viloyat voliysi mansabi bilan taqdirlangan;
- Oʻrta Osiyo xonliklarida harbiymaʼmuriy mansab. Qoʻqon xonligida xondan keyingi 2-oliy mansab. Asosan, harbiy ishlarga mutasaddilik qilgan. Xiva xonligitsi saroydagi eng kichik amaldor;
- Eron va Xurosonda 18-asrda Mingboshi harbiy sardor, turkmanlarda kabila boshligʻi;
- Oʻrta Osiyoning ruslar tomonidan bosib olinishi arafasida Toshkent, Oqmachit (hozirgi Qizil-oʻrda) singari shahar hokimlari. Key-inchalik Mingboshi Toshkent dahalari boshliqlari. Daha Mingboshisi aholi tomonidan saylanib, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan. 19-asr oxiriga kelib Mingboshi shaharda tijorat ishlarini nazorat qiluvchi kichik mansab egasiga aylangan;
- 20-asrning 20-yillarida Mingboshi Oʻzbekistonda bir yoki bir necha qishloq birlashuvidan tashkil topgan maʼmuriy idora boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |