Bakirov Abbos (1910.16.5 — Andijon — 1974.29.1) — aktyor va teatr rejissyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1939).

Abbos Bakirov
Tavalludi 16-may 1910-yil
Vafoti 29-yanvar 1974-yil(1974-01-29)
(63 yoshda)
Andijon
Fuqaroligi
Kasbi Aktyor, rejissyor
Faoliyat yillari 1931-1972-yillar
Turmush oʻrtogʻi Qamara Burnasheva
Bolalari Oybarchin Bakirova
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Abbos Bakirov 16-may 1910-yilda Andijonda tugʻilgan. Otasi Said Bakir Ubaydullo oʻqimishli odam bo‘lib, tabiblik ilmidan xabardor bo‘lgan yana muqovasozlik bilan shug‘ullangan. Onasi Sadoyixon Sayid Vaqqos qizi ham o‘z davrining oʻqimishli ayollaridan biri boʻlgan. Aktyor oilada toʻrt farzandning kenjasi bo‘lgan[1].

Faoliyati

tahrir

Faoliyatini 1931-yil Yo‘ldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatrida aktyor sifatida boshlagan. Bu davrda teatr direktori Muhitdin Qoriyoqubov, badiiy rahbar To‘xtasin Jalilov edi. Abbos Bakirov deyarli 50 yil davomida Andijon teatrida ishladi. Avvalida saxna ishchisi bo‘lgan keyinchalik aktyor, rejissyor, bosh rejissyor va badiiy rahbar lavozimiga ko‘tarilgan. Rejissyorlik faoliyatida aktyorga asosan Ishoqxon qori Karimov ustozlik qilgan. Teatrda aktyor sifatida ishlaganda sahnada Mahkam polvon („Bogʻbon qiz“), Qosim dehqon („Ontarish“), Muslimboy („Halima“) va boshqa uning ilk obrazlaridir. Rustam („Rustam“), Ferdinand („Makr va muhabbat“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Romeo („Romeo va Julyetta“) kabi obrazlari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan. Bakirov tabiatan qatʼiyatli, intiluvchan kishi boʻlgani holda obrazlarga ham shu hislatlarni singdirishga harakat qilgan.

Teatrda ko‘plab rollarni ijro etgandan so‘ng katta tajriba bilan kino olamiga kirib kelgan. 1939-yil birinchi oʻzbek ovozli filmi — „Azamat“dagi Azamat roli uning kinodagi faoliyatini boshlab berdi. Shundan so‘ng unga yangidan-yangi rollar ishonib topshirila boshlandi. 1943-yili „Nasriddin Buxoroda“ 1955-yili „Amirlikning parchalanishi“ filmlariga taklif etilgan. Rejissyorlar Latif Fayziyev va Vladimir Basov tomonidan suratga olingan „Amirlikning parchalanishi“ filmidagi Amir Olimxon obrazi aktyorga katta shuhrat keltirgan. Amir Olimxon obrazini yaratgandan keyin „Abu Ali ibn Sino“ filmida Sulton Mahmud, „Hamza“ (1961-yili) filmida Shayx Ismoil, „Osiyo ustidagi bo‘ron“ filmida Qoplonbek, „O‘tgan kunlar“ filmida Yusufbek hoji rollarini ijro etgan.

Eng yaxshi rollari: Amir Olimxon (Amirlik parchalanishi), Sulton Mahmud („Abu Ali ibn Sino“), Abbos („Ulugʻbek yulduzi“), Aʼzamxon („Ikki dil dostoni“), Yusufbek hoji („Oʻtgan kunlar“) va boshqa Insonning shaxsiy kechinmasi bilan eʼtiqodi, dunyoqarashini mushtarak tarzda koʻrsatishda, ayniqsa, Yusufbek hoji roli Bakirovni realistik sanʼatning moxir ustasi ekanini koʻrsatdi. B. ijobiy va salbiy rollarni bir xil mahorat bilan oʻynagan. U sahnada tana, qoʻl harakatlaridan, ayniqsa, yuz, koʻz va ohangdan ustalik bilan foydalangan. Rejissyor sifatida1940-yildan boshlab faoliyat yurita boshlagan va 40 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan. Xalq tarixi, urf-odatlarini yaxshi bilganligi tufayli Bakirov milliy asarlarni alohida muvaffaqiyat bilan omma oldiga olib chiqgan: „Alisher Navoiy“, „Shohi soʻzana“, „Ogʻriq tishlar“, „Muqimiy“, „Xolisxon“, „Nurxon“, „Nodira“, „Layli va Majnun“ va boshqalar shular jumlasidandir[2].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Abbos Bakirov 1940-yilda aktrisa Qamara Burnasheva bilan turmush qurgan[1]. Ularning qizi Oybarchin Bakirova 1957-yil 27-iyunda tug‘ilgan. U ham aktrisa va unga 2000-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan[3].

O‘limi

tahrir

Aktyor 1974-yil 29-yanvarda vafot etgan va Andijonga dafn qilingan.

Xotira

tahrir

Andijon shahar yoshlar teariga, shuningdek, shahardagi kinoteatrlardan biriga Abbos Bakirov nomi berilgan.

Teatrdagi rollar

tahrir

Filmdagi rollar

tahrir

Unvonlar va mukofotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 5-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil. 
  2. *OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Айбарчин Бакирова“. 2011-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-oktyabr.
  4. „Аббас Бакиров“. 2015-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  5. UP от 22 avgust 2001 года № 2916 «O‘limidan so‘ng katta hissa qo‘shgan adabiyot va san’at ustalarini mukofotlash to‘g‘risida o'zbek milliy madaniyatini rivojlantirishga