Maftuningman“ (ruscha: Очарован тобой) — taniqli oʻzbek rejissori Yoʻldosh Aʼzamov 1958-yil yaratgan oq-qora kinotasmaga olingan musiqiy kinokomediya.[1] Film birinchi oʻzbek kinokomediyasi boʻlib, eng sara oʻzbek filmlaridan biri hisoblanadi.[2] Filmda oʻzbek madaniyatining qiziqarli jihatlari hamda sovet kolxozlaridagi hayot tasvirlangan.

Maftuningman

Ukraincha poster
Rejissyor(lar) A. Akbarhoʻjayev
Prodyuser(lar) Yoʻldosh Aʼzamov
Ssenariynavis(lar) Turob Toʻla
Mixail Melkumov
Rollarda
Bastakor(lar) Ikrom Akbarov
Mutal Burhonov
Manas Leviyev
Muharrir(lar) X. Umarova
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Davomiyligi 81 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Til oʻzbekcha

Mazmuni

tahrir

„Maftuningman“ filmida ikki kinochining shu nomli musiqiy film olish uchun aktyor va aktrisa izlashi tasvirlangan. Kinochilarning biri Oʻzbek SSRning turli qismlariga borib aktyor qidiradi. Qayerga bormasin, juda ham isteʼdodli kishilarni uchratadi, mamlakatning boshqa hududlaridagi talantli odamlar haqida eshitadi. „Maftuningman“ filmiga aktyorlar haqiqatan ham shu yoʻsinda tanlangan.

Ashulalar

tahrir

„Maftuningman“ filmida aytilgan barcha qoʻshiqlar koʻpchilikka maʼqul keldi va hozirgi kunda ham oʻzbeklar bu qoʻshiqlarni sevib tinglaydi. Koʻpchilik filmda aytilgan qoʻshiqlarni yoddan biladi. Filmda aytilgan „Doʻppi tikdim“ (Turob Toʻla qalamiga mansub), „Goʻzal Toshkent“, „Maftun boʻldim“ va „Sartarosh“ kabi ashulalar xalqning sevimli qoʻshiqlariga aylangan.

Manbalar

tahrir
  1. Yoʻldosh Aʼzamov (rus.) A. M. Proxorov: . Sankt Peterburg: „Katta sovet ensiklopediyasi“, 2009. 
  2. Ganjazoda, Zеbo „„Maftuningman“ kinofilmi. Qiziq voqealar va maftunkor chehralar -“. Mashhur.uz. Qaraldi: 31-may. [sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]