Sankt-Peterburg
Sankt-Peterburg (ruscha: ⓘ) Boltiq dengizining Finlandiya koʻrfazi sharqida, Neva daryosi boʻyida joylashgan Rossiya Shimoli-Gʻarbiy federal okrugi federal subyektidir. Sankt-Peterburgning norasmiy nomi — Piter (Piter) — unga asos solgan Pyotr I ismidan kelib chiqqan. Shahar shuningdek Petrograd (Petrográd, 1914—1924) va Leningrad (Leningrád, 1924—1991)[1] deb ham atalgan.
Sankt-Peterburg ruscha: Санкт-Петербу́рг | |
---|---|
Shahar | |
59°57′0″N 30°19′0″E / 59.95000°N 30.31667°E | |
Mamlakat | Rossiya |
Asos solingan | 1703-yil |
Maydon | 1,439 km2 (556 kv mi) |
Aholisi (2022) |
5 377 503 |
Zichligi | 3832,86 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | +7 812 |
Pochta indeks(lar)i | 190000—199406 |
|
Sankt-Peterburg (Peterburg) (1914—1924 yillarda Petrograd, 1924—1991 yillarda Leningrad) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Leningrad viloyati markazi, federal ahamiyatga ega shahar. Rossiyaning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan biri, mamlakatning eng yirik transport tuguni. Transport yoʻli va avtovokzallar, xalqaro aeroport bor, dengiz porti, qahramon shahar, Volga — Baltiysk suv yoʻlining oxirgi punkti. Neva boʻyi pasttekisligining gʻarbiy qismida, Fin qoʻltigʻiga Neva daryosi quyiladigan yerda va Neva deltasidagi 42 orolda joylashgan. Iqlimi dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi nisbatan salqin, ob-havosi oʻzgaruvchan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7,9°, iyulniki 17,7°. Yillik yogʻin 585 mm. Yozning 1-yarmida „oqtunlar“ hodisasi kuzatiladi. Sankt-Peterburg hududi 570 km² (Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatiga qarashli shaharlar va shaharchalar hududi bilan birga 1350 km²dan ziyod). Aholisi 4188,6 ming kishi (Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlaribn 4748,5 ming kishi, 1998). Shahar chegarasi doirasida 40 dan ziyod dare va 20 dan ziyod kanal mavjud (umumiy uz. 160 km dan ortiq). Neva daryosining shahar hududidagi eni 340-650 m, chuq. 14-23 m. Sankt-Peterburg hududining ancha qismi dengiz sathidan 1,2-3 m dan baland boʻlmagan tepaliklarda joylashgan. Shu bois shaharning bu tumanlarida, asosan, Fin qoʻltigʻining sharqiy qismida shamol taʼsirida suv bosishi xavfi bor. Sankt-Peterburgni suv bosishidan himoyalash uchun Neva va Fin qoʻltiqlari chegarasida 1980—1990 yillarda gidrotexnik majmua qurilgan.
Sankt-Peterburg joylashgan hudud IX-X asrlarda novgorodliklarga qarashli (XIII asrdan Ijara yeri nomi bilan mashhur) boʻlgan. XV asrda Sankt-Peterburg oʻrnida Novgorod Respublikasiga qarashli qishloqlar joylashgan. 1478-yilda Rus davlati tarkibida. XVII asr boshlarida shvedlar Neva sohillarini ishgʻol qilib, Oxta daryosining quyilish joyida Niyenshans qalʼasini bunyod etdilar. Rus qoʻshinlari 1703 1(12) mayda bu qalʼani ishgʻol qildilar va 16 (27) mayda Pyotr I Zayachiy o.da SanktPiterBurx (keyinroq Petropavlovsk) kalʼasiga asos soldi. 1703—1704-yillarda Kotlin o.da Kronshlot qalʼasi bunyod etilgan (1723-yildan Kronshtadt). 1704-yil Nevaning chap sohilida Bosh Admiralteystvoga asos solindi. 1705-yilda uning atrofida Admiralteystvo qalʼasi qad koʻtardi.
Sankt-Peterburgga asos solinishi Rossiyaning Boltiq dengiziga va u orqali Yevropaga chiqish uchun olib borgan kup yillik kurashi samarasi boʻldi. Shahar sanoat markazi sifatida tez oʻsdi. XVIII asr oxiridayoq shaharda 160 sanoat korxonasi bor edi. 1708-yildan Sankt-Peterburg Ingermanland, 1710-yildan Sankt-Peterburg guberniyasi markazi. 1712—1728 va 1732—1918-yillarda — Rossiya poytaxti. Bu yerda podsho saroyi (1712-yildan), Senat (1713-yildan), kollegiyalar (1718-yildan; 1802-yildan vazirliklar) va boshqa davlat muassasalari joylashgan.
Shahar mamlakatning siyosiy, sanoat, ilmiy va madaniy markazi sifatida rivojlandi. 1710-yilda Troitsa va Muqaddas Aleksandr Nevskiy monastiriga asos solindi (1797-yildan Aleksandr Nevskiy lavrasi). 1712—1713 yillarda Rossiya imperatorlarining xilxonasiga aylangan Petropavlovsk sobori kurildi. 1711-yilda Rossiyadagi birinchi hukumat bosmaxonasi ochiddi. 1714-yilda Pyotr Ining shaxsiy kolleksiyasi asosida Rossiyadagi birinchi muzey — Kunstkamera faoliyat koʻrsata boshladi. 1725-yilda mamlakatning bosh ilmiy markazi Peterburg Fanlar akademiyasi taʼsis qilindi. 1756-yilda Rossiyadagi birinchi doimiy, ommaviy teatr tashkil etildi. 1757-yilda Rossiya tasviriy sanʼatining taraqqiyotida katta mavqega ega boʻlgan Peterburg tasviriy sanʼat akademiyasiga asos solindi. XVII asr oʻrtalarida Smolniy monastiri ansambli, kishki saroy qad koʻtardi. 1814-yilda mamlakatda birinchi boʻlgan jamoat kutubxonasi (hozirgi Rossiya milliy kutubxonasi) ochilgan.
XIX asrda va XX asr boshlarida Sankt-Peterburg — siyosiy jamoat tashkilotlari va harakatlarining bosh markazi. 1825-yil 14-dekabrda shaharning Senat maydonida podsho hukumatiga qarshi qaratilgan birinchi qurolli chiqish — dekabristlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1881-yil 1-martda „Narodnaya volya“ terrorchilari tomonidan imperator Aleksandr II otib oʻldirildi. 1905-yil 9-yanvarda xalq namoyishi qatnashchilari otib tashlandi. Birinchi jahon urushi boshlanishidan keyin 1914-yilning 1-avgustda shaharga yangi „Petrograd“ nomi berildi. 1917-yilda Petrogradda Fevral inqilobi va Oktabr toʻntarishi sodir boʻldi. Chor hukumati agʻdarilgandan keyin shaharda Rossiya Vaqtli hukumati organlari joylashgan. 1917-yil oktabrda Petrogradda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yildan poytaxt Moskvaga oʻtkazilishi bilan shahar oʻz mavqei boʻyicha mamlakatning 2 shahri boʻlib qoldi. 1924—1991 yillarda Leningrad deb yuritildi. 1927-yildan Leningrad viloyati markazi, Ikkinchi jahon urushi yillarida shahar nemis fashistlari va fin qoʻshinlari tomonidan qamalda boʻldi (1941-yil 8-sentabr 1944-yil 27-yanvar). Urush davrida Leningrad ogʻir talafot koʻrdi. Rasmiy maʼlumotlar boʻyicha ochlikdan 641 ming (tarixchilar hisobi boʻyicha 800 mingga yaqin) leningradlik halok boʻldi. 1945-yilda Leningradga „Qaxramon shahar“ unvoni berildi.
1991-yilda shahar qaytadan oʻzining tarixiy „Sankt-Peterburg“ nomi bilan ataldi.
Sankt-Peterburg— yirik mashinasozlik va fantexnika bilan bogʻliq sanoat tarmoklari markazi (kemasozlik, energomashinasozlik, priborsozlik, radioelektronika va mudofaa bilan bogʻliq sanoat korxonalari mavjud); qora va rangli metallurgiya, kimyo, yengil, oziq-ovqat, poligrafiya sanoatlari bor. 1955-yildan metropoliten ishlaydi.
Sankt-Peterburgda Rossiya Fanlar akademiyasining ilmiy markazi, koʻp sonli ilmiy tadqiqot institutlari, 43 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, untlar, konservatoriya faoliyat) koʻrsatadi. Shaharda 20 teatr (shu jumladan, Mariinskiy, M. P. Musorgskiy nomidagi opera va balet teatrlari, Katta dramatik teatr va boshqalar), filarmoniya, sirk, 47 muzey (shu jumladan, Ermitaj, Rus muzeyi, Sankt-Peterburg tarixi muzeyi, Rossiya Fanlar akademiyasining Buyuk Pyotr nomidagi antropologiya va etnografiya muzeylari) ishlab turibdi. Sankt-Peterburgda XVIII-XIX asrga oid meʼmoriy ansambllar: Petropavlovsk qalʼasi majmuasi, Aleksandr Nevskiy lavrasi, Smolniy, Vasiliy oroli yoyi (Birja binosi bilan birga), Qishki saroy, Aleksandr ustuni va Bosh shtab arkasi bilan birga Saroy maydoni, Pyotr I ga oʻrnatilgan haykal va Isaakiyevskiy sobor bilan birga Dekabristlar (avvalgi Senat) maydoni; Nevskiy prospekt ansambli: Qozon sobori, meʼmor Rossi koʻchasi bilan birga Rossiya akademik drama teatri va Rossiya milliy kutubxonasi, Mars maydoni, Yozgi bogʻ va muhandislik qasri mavjud. Klassitsizm va ampir uslubida qurilgan yodgorliklardan: Tasviriy sanʼat akademiyasi, Konchilik instituti, Narva darvozalari binolari, koʻpriklar saqlangan. 1960-yilda Piskaryov qabristonida meʼmoriy memorial majmua bunyod etildi. Sankt-Peterburgatrofida: Petrodvorets (Petergof), Pushkin (Sarskoye Selo), Pavlovsk, Gatchinada saroypark ansambllari (XVIII-XIX asrlar) bor. Sankt-Peterburg — Rossiya va xalqaro turizmning muhim markazi. 2003-yilda Sankt-Peterburgning 300 yillik yubileyi keng nishonlandi[2].
Ilovalar
tahrirWikimedia Commonsda Category:Saint Petersburg mavzusiga oid fayllar bor. |
- ↑ Sankt Peterburg gubernatorligi sayti: http://eng.gov.spb.ru/ (Wayback Machine saytida 2006-12-31 sanasida arxivlangan)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |