Klara Jalilova
Klara Alimadatovna Jalilova (1937-yil 8-iyul — 2020-yil 20-noyabr, Toshkent) — sovet va oʻzbek aktrisasi, xonanda. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Klara Jalilova | |
---|---|
Tavalludi |
Klara Alimadatovna Jalilova 1937-yil 8-iyul Toshkent, UzSSR |
Vafoti |
20-noyabr 2020-yil (83 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | → |
Kasbi | aktrisa |
Filmlari |
Maftuningman (1958), Olovli yoʻllar (1978), „Chinor ostida duel (1979), Kelinlar qoʻzgʻoloni (1985), Arslonning sarguzashtlari (1988), Temir xotin (1990), „Kulol va xurmacha“ (1990), Uch qirol jangi (1990), „Temir erkak“ (1991), „Yuzsiz“ (1992), „Alif Laylo va makkora“ (1992), „Meni yolgʻiz qoldirma“ (2004), „Baribir hayot goʻzal“ (2004), „Anora“ (2006), „Niqob“ (2007), „Men bu men“ (2009), „Soʻnggi lahza“ (2009), „Mugʻormbir kuyovlar“ |
Faoliyat yillari | 1958—2020 |
Turmush oʻrtogʻi |
Yoqub Ahmedov Rustam Negmatov |
Bolalari | Furqat Ahmedov |
Mukofotlari |
Bolaligi
tahrirKlara Jalilova 1937-yil 8-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning otasi Alimadat Jalklov buxorolik tojik millatiga, onasi esa tatar millatiga mansub edi[1].
Yoshligidan musiqa va vokal bilan shugʻullangan. Xonanda sifatida badiiy havaskorlik konsertlarida ishtirok etgan. 1955-yilda SSSR xalq artisti Halima Nosirovaning nazariga tushadi. U bu yosh qizdagi beqiyos isteʼdodni sezib, uni Toshkent Davlat konservatoriyasiga taklif qiladi. Bu yerda Halima Nosirovaning iltimosiga koʻra, 12 nafar ekspert yigʻilib, qizning chiqishlarini tinglaydi. Shunda ularning hammasi musiqasiz tabiatning inʼomi orqali jonli qoʻshiq kuylagan noyob isteʼdod sohibasi turganini sezishadi. Shu onning oʻzidayoq uning maʼlumotini surishtirishmay, Oʻzbekiston SSR Davlat filarmoniyasi qoshidagi Oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestriga solist sifatida ishga tavsiya qilishadi. 1957-yilda Klara Jalilova Moskvada boʻlgan yoshlar va talabalarning Butunjahon festivaliga Oʻzbekiston SSR nomidan delegat sifatida ishtirok etadi. U yerda yosh xonanda muvaffaqiyatli chiqishlar qiladi va laureat nomini hamda oʻzining birinchi Oltin medalini qoʻlga kiritadi.
Ta'lim
tahrirToshkent badiiy sanoat institutini tamomlaydi.
Mashxurlik
tahrirUnga katta shuhratni 1958-yilda suratga olingan „Maftuningman“ filmidagi ilk roli keltiradi. Bu birinchi oʻzbek musiqali komediyasi edi. Klara Jalilova kinoda suratga tushib, estrada sohasida qoʻshiqlar ijro eta boshlaydi.
Mukofotlari
tahrir2011-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.
Vafoti
tahrirAktrisa 2020-yilning 20-noyabr sanasida vafot etdi[2].
Oilasi
tahrirAktrisa aktyor Yoqub Ahmedov bilan turmush quradi va bir necha yildan so'ng ajrashishadi. Ularning Furqat Ahmedov ismli oʻgʻli bor.
Bir necha yildan so'ng aktrisa Bahor” ansambli sozandasi Rustam Negmatov bilan (changchi) turmush quradi[3].
Shuningdek, Klara Jalilovaning Shuxrat (1965—2012)[3] va Shavkat ismli oʻgʻillari bor[1].
Rollari
tahrirKlara Jalilova „Maftuningman“da Yulduz (1958), „Olovli yoʻllar“da Sodiqjon boyning xotinlaridan biri(1978), „Chinor ostida duel'“ fil’mida Abdullaning xotini (1979), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“da Lutfi (1985), „Arslonning sarguzashtlari“da tovuq koʻtargan ayol (1988), „Temir xotin“da qoʻshni (1990), „Kulol va xurmacha“da haram bekasi (1990), „Uch qirol jangi“da ayol (1990), „Temir erkak“da (1991), „Yuzsiz“da ayol (1992), „Alif Laylo va makkora“ (1992), „Meni yolgʻiz qoldirma“ (2004), „Baribir hayot goʻzal“ (2004), „Anora“ (2006), „Niqob“ (2007), „Men bu men“ (2009), „Soʻnggi lahza“ (2009), „Mugʻormbir kuyovlar“ (2013) kabi fil’mlarda rolllar ijro etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Video(oʻzb.)
- ↑ „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 83 yoshida vafot etdi“. Qaraldi: 10-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 Rahimova, Feruza „Klara JALILOVA: Taqdirimdan minnatdorman…“. Qaraldi: 10-dekabr.