Yoqub Ahmedov
Yoqub Ahmedov (1938-yil 3-yanvarda Namanganda tugʻilgan) – Oʻzbekiston xalq artisti (1974).[1] Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1959). 1958-yildan Hamza teatrida. Dastlabki yillar yaratgan Ali Qushchi (Maqsud Shayxzoda, „Mirzo Ulugʻbek“), Murod (Uygʻun, „Parvona“), Leyster (Fridrix Shiller, „Mariya Styuart“) kabi rollari bilan oʻz ijod yoʻlini belgilab oldi.
Yoqub Ahmedov | |
---|---|
Otabek Mahkamov va Yoqub Ahmedov 2012-yilda | |
Tugʻilishi |
3-yanvar 1938-yil (84 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktyor |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() |
IMDb | ID 0015267 |
Ahmedov ijodi ijtimoiy va gʻoyaviy mazmunga toʻla, ufqi keng, koʻp qirrali. Qahramon hatti-harakatlarini toʻgʻri gavdalantirish bilan birga uning ruhini, tafakkur kuchini, fikr va hissiyotlar toʻlqinini, uning kayfiyatini, buyuk insoniy fazilatlarini ochishga intiladi.
Eng yaxshi rollari: Hakimboyvachcha (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Sakson Nurtoyevich (O. Jahonova, „Hazrati ayol“), Toʻlagan (A. Ibrohimov, „Puch“), Kayhisrav (S. Sirojiddinov, „Toʻmaris“), Alisher Navoiy (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Ikromjon (Said Ahmad, „Ufq“) va boshqalar.
Kinoda: Furqat („Furqat“), Amir Olimxon („Qora konsulning halokati“), Shayx Ismoil („Olovli yoʻllar“), Sultonali („Zulmatni tark etib…“), Ota („Ketma“), Aziz-bek, Yusufbek hoji („Oʻtgan kunlar“) kabi rollari bilan tanildi. Shuningdek, bir qancha videofilmlarda ham turli xarakterdagi kishilar obrazini yaratdi: Muhiddin (Odil Yoqubov, „Ulugʻbek xazi-nasi“), Rasul Olloyorovich (Oʻ. Usmonov, „Girdob“), Alisher Navoiy (Oybek, „Alisher Navoiy“), Sandro (Nodar Dumbadze, „Abadiyat qonuni“) va boshqalar. Alisher Navoiy obrazini Ahmedov oʻziga xos talqin etdi. „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (1997).
OilasiTahrirlash
- qizi Sitora Ahmedova 1992-yilda tavallud topgan – aktrisa va qoʻshiqchi. Faqat gʻalaba, Qaydasan, muhabbat, Ayriliq 2, Oʻzi uylanmagan sovchi filmilarida suratga tushgan. Fayoz guruhining „Mani tanla“ klipida suratga tushgan.
- qizi Nodira Abdullayeva (Ahmedova) – maktabda dars beradi va „Aslzoda“ kelin koʻylaklari saloni rahbari boʻlib ishlaydi. 2002-yilda Rixsitulla A.ga turmushga chiqqan.
- nabirasi: Tojirahmon Abdullayev, Aslzoda va Mohizoda.
- kuyovi Rihsitulla Abdullayev 1978-yil 5-aprelda Toshkentda tavallud topgan – oʻzbek kino va teatr aktyori.
- birinchi turmush oʻrtogʻi – aktrisa Jalilova Klara Alimadatovna. Ahmedov Furqat Yoqubovich oʻgʻli.
FilmografiyaTahrirlash
FilmTahrirlash
Yil | Film nomi | Rol |
---|---|---|
1958 | „Maftuningman“ | |
1977 | „Shum bola (film)“ | |
1989 | „Tangalik bolalar“ | |
1991 | „Ау! Ограбление поезда“ | |
1997 | „Oʻtgan kunlar (film)“ | |
2003 | „Taqdir“ | |
2004 | „Qalblar toʻlqini“ | Yoʻldoshev |
2009 | „Qasd“ | |
2010 | „Taxdid“ | |
2014 | „Koʻrgim keladi“ | |
2014 | „Xonadon egasi“ | meditsina professori |
2016 | „Baron“ | Izzatning otasi |
2016 | „Baron 2“ | Izzatning otasi |
SerialTahrirlash
Yil | Film nomi | Rol |
---|---|---|
1998-2003 | „Shaytanat“ | Xolid domla |
1998 | „Charxpalak“ | Fatxulla |
2000 | „Sardor“ | General |
2006 | „Maftuna“ | |
2006 | „Qaytar dunyo“ | Zargar |
2010 | „Hayot jilgʻalari“ | |
2011 | „Fidoiylar“ | Yoqub Azizov |
2015,2017 | „Mehmonxona“ |
ManbalarTahrirlash
- ↑ "Ahmedov Yoqub". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |