Sitora Ahmedova (1992-yil 17-fevralda Toshkentda tugʻilgan) — aktrisa va qoʻshiqchidir. Yoqub Ahmedovning kenja qizi. U ikki yoshidanoq „Tomosha“ bolalar raqs guruhida ishtirok eta boshlagan. Yetti yoshidan Yunusobod tumanidagi 13-sonli musiqa maktabida skripka va fortepiano boʻlimida oʻqigan. Maktabdan Toshkent Davlat jahon tillari universitetiga oʻqishga kirgan. Xonandaning ilk taronalari „Votti-votti“, „Zor etay“ qoʻshiqlaridir. Hozirgi kungacha Ahmedova 25 dan ortiq qoʻshiqlarini hamda „Sevgi bu — hayot“ va „Sensizlik bu mensizlikmasmu“ albomlarini chiqardi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Sitora Ahmedova" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil