Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti – Andijon shahrida joylashgan viloyatdagi eng katta institutlardan biri hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufida shifokor kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Institut 1955-yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda institutda oʻn mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Andijon davlat tibbiyot instituti | |
Xalqaro nomi |
Andijan State Medical Institute (ASMI) |
---|---|
Turi | institut |
Asos solingan sanasi | 1955-yil |
Rektori | Madazimov Madamin Mo'minovich |
Talabalari | 11536 |
Oʻqituvchilari | 533 |
Joylashuvi |
Andijon , Oʻzbekiston |
Kampusi | shaharda |
Veb-sayti | https://adti.uz/ |
Institut tarixi
tahrirAndijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil Andijon shahrida tashkil etilgan. Oʻsha davr uchun juda zarur va tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha Fargʻona vodiysida yagona oliy taʼlim muassasasi boʻlgani uchun institutni tez tiklash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish borasida juda katta ishlar amalga oshrilgan. Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyotchilari uchun oliy dargoh boʻlgan Andijon davlat tibbiyot instituti qad rostlashida Yusuf Otabekovich Otabekov, Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov, Satqul Usmanovich Djumabayev kabi fidoiy insonlar, mahoratli shifokorlarning alohida xizmatlari bor. Uzoq yillik rivojlanish va taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan institutninng bugungi yutuqlari dunyo miqyosida alohida eʼtirof etilmoqda. Bugungi kunda institutda davolash, pediatriya, stomatologiya va farmatsiya fakultetlari hamda davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya ishi, sanoat farmatsiyasi, xalq tabobati, tibbiy profilaktika ishi, oliy hamshiralik ishi va farmatsiya yoʻnalishlarida bakalavriyat hamda 29 ta mutahassislik yoʻnalishi boʻyicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida vodiy viloyatlari shifokorlari uchun malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyilgan.
Rahbariyat
tahrir- Andijon davlat tibbiyot instituti rektori: Madazimov Madamin Muminovich
- Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor: Salaxidinov Sarvarjon Zaynabidinovich
- Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor: Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich
- Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor: Salaxidinov Kamoliddin Zuxriddinovich
- Moliya-iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektor: Mamajonov Zafar Abdujalilovich
- Axborot texnologiyalar boʻyicha prorektor: Johongirov Jovohirmirzo Akbarmirzo Oʼgʼli
Fakultetlar
tahrirKafedralar
tahrir- Normal fiziologiya
- Ichki kasalliklar propedevtikasi
- Davolash fakulteti uchun bolalar kasalliklari propedevtikasi
- Fakultet terapiya
- Gospital terapiya va endokrinologiya
- Oilaviy shifokorlar tayyorlash
- Ichki kasalaliklar
- Umumiy jarroxlik va trasplantologiya
- Jarroxlik kasalliklari
- Davolash fakulteti uchun pediatriya
- 2-akusherlik va ginekologiya
- Travmotologiya, ortopediya va neyrojarrohlik
- Psixiatriya, narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kursi bilan
- Anesteziologiya- reanimatologiya va tez tibbiy yordam
- Pediatriya kafedrasi
- Anatomiya va klinik anatomiya
- Ijtimoiy gigena va SSB
- Preventiv tibbiyot asoslari
- Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya
- Pediatriya fakulteti uchun ichki kasalliklar propedevikasi
- Fakultetpediatriya va neonatologiya
- Gospital pediatriya
- Dermatovenerologiya
- Bolalar jarrohligi
- 1-Akusher va ginekologiya
- Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik
- Oftalmologiya
- Yuqumli kasalliklar
- Jarrohlik kasalliklari va fuqarolar muxofazasi
- Xorijiy tillar
- Patologik fiziologiya
- Patologik anatomiya va sud tibbiyoti
- Bolalar stomatologiyasi
- Propedevtik stomatologiya
- Terapevtik stomatologiya
- Ortopedik stomatologiya va ortodontiya
- Jarroxlik stomatologiya
- Reabilitologiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya
- Otorinolaringologiya
- Nevrologiya
- Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya
- 1-fakultet va gospital jarrohlik
- Onkologiya
- Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar
- Ijtimoiy – gumanitar fanlar
- Biologik fizika, informatika, tibbiy texnologiyalar
- Biologik kimyo
- Tibbiy kimyo
- Tibbiy biologiya va gistologiya
- 1-Farmasevtik fanlar
- 2- Farmasevtik fanlar
- Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalar
- 2- Fakultet gospital jarrohlik
- Urologiya
- Tibbiy radiologiya
- Tibbiy profilaktika
- Ichki kasalliklar, kardiologiya, tez tibbiy yordam va xalq tabobati
- Pediatriya, ftiziatriya, yuqumli kasalliklar va dermatovenerologiya
- Neonatologiya, endokrinologiya, nevrologiya va psixiatriya
- Akusherlik-ginekologiya va onkologiya
- Umumiy xirurgiya, anestiziologiya-reanimatologiya va oftalmologiya
- Endoxirurgiya, endourologiya va stomatologiya
- Oilaviy shifokorlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash, sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligi
- Tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika, sanitariya-gigiena, epidemiologiya
- Travmotologiya-ortopediya, neyroxirurgiya, otorinolaringologiya va bolalar anesteziologiya-reanimatologiya
Bakalavr yoʻnalishlari
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
1 | 60910200 | Davolash ishi |
2 | 60910300 | Pediatriya ishi |
3 | 60910100 | Stomatologiya (yoʻnalishlar boʻyicha) |
4 | 60910700 | Farmatsiya (turlari boʻyicha) |
5 | 60910800 | Sanoat farmatsiyasi (turlari boʻyicha) |
6 | 60910400 | Tibbiy profilaktika ishi |
7 | 60911100 | Xalq tabobati |
8 | 60911200 | Oliy hamshiralik ishi |
Magistratura yoʻnalishlari
tahrir1. | 70910101 | Stomatologiya (yoʻnalishlar boʻyicha) |
2. | 70910201 | Akusherlik va ginekologiya |
3. | 70910202 | Endokrinologiya |
4. | 70910203 | Terapiya (yoʻnalishlar boʻyicha) |
5. | 70910204 | Otorinolaringologiya |
6. | 70910205 | Kardiologiya |
7. | 70910206 | Oftalmologiya |
8. | 70910207 | Yuqumli kasalliklar (yoʻnalishlar boʻyicha) |
9. | 70910208 | Dermatovenerologiya |
10. | 70910209 | Nevrologiya |
11. | 70910210 | Umumiy onkologiya |
12. | 70910211 | Psixiatriya |
13. | 70910212 | Xirurgiya (yoʻnalishlar boʻyicha) |
14. | 70910213 | Tashxisning instrumental va funksional usullari (yoʻnalishlar boʻyicha) |
15. | 70910214 | Neyroxirurgiya |
16. | 70910215 | Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash (yoʻnalishlar boʻyicha) |
17. | 70910217 | Urologiya |
18. | 70910218 | Morfologiya (odam anatomiyasi, gistologiya, sitologiya va embriologiya) |
19. | 70910220 | Anesteziologiya va reanimatologiya |
20. | 70910221 | Travmatologiya va ortopediya |
21. | 70910222 | Sud-tibbiyot ekspertizasi |
22. | 70910227 | Tibbiy radiologiya |
23. | 70910228 | Ftiziatriya |
24. | 70910301 | Pediatriya (yoʻnalishlar boʻyicha) |
25. | 70910302 | Bolalar xirurgiyasi |
26. | 70910303 | Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi |
27. | 70910304 | Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi |
28. | 70910305 | Bolalar nevrologiyasi |
29. | 70910306 | Neonatologiya |
30. | 70910401 | Gigiyena (yoʻnalishlar boʻyicha) |
31. | 70910402 | Atrof-muhit va inson salomatligi |
32. | 70910601 | Laboratoriya ishi |
33. | 70910701 | Farmasevtik kimyo va farmakognoziya |
Institut rektorlari
tahrir1955-1963 Usmon Alimovich Alimov
1963-1981 Yusuf Otabekovich Otabekov
1981-1988 Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov
1988-1997 Satqul Usmanovich Djumabayev
1997-2010 Mamazoir Ahmedovich Xoʻjamberdiyev
2010-2014 Alisher Qayumovich Shodmanov
2014-2015 Ibroxim Inamovich Alimdjanov
2015-2017 Abdushukur Abdujamilevich Sadikov
2017 – h.v. Madamin Moʻminovich Madazimov
Institut sobiq talabalari orasidan yetishib chiqqan akademiklar
tahrirInstitut sobiq talabalari orasidan yetishib chiqqan sogʻliqni saqlash vazirlari va vazir oʻrinbosarlari
tahrir- Feruz Gʻofurovich Nazirov
- Alisher Qayumovich Shodmanov
- Mirhakim Javharovich Azizov
- Svetlana Tursunxoʻjayevna Inomova
Institut sobiq talabalari orasidan yetishib chiqqan Oʻzbekiston Qahramonlari
tahrirOʻquv ishlari
tahrirInstitutda 61 ta kafedra mavjud boʻlib, ularning umumiy shtatida 865 nafar professor oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda, shundan 50 nafari fan doktori, 210 nafari fan nomzodi. Institut boʻyicha ilmiy salohiyat 31.7 % ni tashkil etadi.
Institutda 5 ta fakultet davolash, pediatriya, stomatologiya, farmatsiya va vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, 8 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya ishi, sanoat farmatsiyasi, xalq tabobati, tibbiy profilaktika ishi, oliy hamshiralik ishi va farmatsiya yoʻnalishlari, 29 ta magistratura mutaxassisliklarida oʻquv jarayoni tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ 2909 sonli qaroriga asosan 2019-2020 oʻquv yilidan magistraturaga 2 ta yangi mutaxassislik yoʻnalishlari tashkil etildi:
- 5A 510102 Endokrinologiya,
- 5 A 510126 Farmakologiya.
Xorijiy yoʻnalish va qoʻshma dasturlar
tahrir2024/2025 oʻquv yilida davolash ishi yoʻnalishi boʻyicha 500 nafar Xorijiy fuqarolar (Hindiston, Pokiston, Janubiy Koreya) ni qabul qilish rejalashtirilgan. Rossiya Federatsiyasi Dogʻiston davlat meditsina universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan stomatologiya yoʻnalishiga 51 nafar talaba qabul qilindi. Rossiya Federatsiyasining N. N. Burdenko nomli milliy tibbiyot neyroxirurgiya markazi bilan ADTI klinikasi qoshida qoʻshma oʻquv-amaliy metodik markaz tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda institutda 774 nafar xorijiy fuqarolar taxsil olmoqda. Ular Hindiston, Pokiston, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Afgʻoniston, Janubiy Koreya va Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari xisoblanadi. 2019/2020 oʻquv yiliga institutda mavjud 7 ta taʼlim yoʻnalishlari (davolash, pediatriya, stomatologiya, kasb taʼlimi, oliy hamshiralik ishi, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya) boʻyicha namunaviy oʻquv reja asosida oʻquv jadvali hamda ishchi oʻquv rejalar ishlab chiqilgan va institut markaziy uslubiy xay’atida koʻrib chiqilib tasdiqlangan. Institutdagi mavjud 61 ta kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan barcha taʼlim yoʻnalishlari va kurslari uchun namunaviy fan dasturlari asosida ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalangan holda 521 ta ishchi oʻquv fan dasturlari hamda oʻquv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan hamda fakultetlar kengashi, institut markaziy uslubiy hay’atida koʻrib chiqilib tasdiqlangan.
Hamkorlari
tahrirInstitut dunyoning 70 ta nufuzli oliy taʼlim muassasalari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. 2023-yilning oʻzida institut rahbariyati tomonidan 15 ta hamkorlik shartnomalari imzolandi. Rossiya Federatsiyasining 22 ta oliy taʼlim muassasalari va tibbiy markazlari bilan hamkorlik shartnomasi mavjud. Institutda hamkorlik shartnomalar doirasida OTM Kengashlar zalida nufuzli xorijiy OTMlari bilan distansion taʼlim oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan. 2023-2024 oʻquv yilida nufuzli xorijiy OTMlari (Rossiya Federatsiyasining Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, N. N. Burdenko nomidagi milliy ilmiy tekshirish neyrojarrohlik markazi, N. N. Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy tekshirish markazi, Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti, Janubiy Koreya Respublikasining Yonsey universiteti, Slovakiya davlatining Koshitsa universiteti va boshqa) professor-oʻqituvchilari tomonidan 30 dan ortiq distansion maʼruza, master klasslar oʻtkazilgan.
Elektron resurslari
tahrirbarcha fanlar boʻyicha elektron video va audiomaʼruzalar – 536 ta; klinik fanlardan elektron farmakologik bloknot- 236 ta; fanlar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni bexato bajarish boʻyicha Autokurslar. ARM da professor-oʻqituvchilar va talabalarni darsdan boʻsh vaqtlarida oʻquv, ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan tanishishlari, mutolaa qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, ARM qoshida mini tipografiya faoliyat olib bormoqda. Axborot texnologiyalari markazi qoshida tashkil etilgan MEDIA MARKAZ institut talaba, magistr va ordinatorlari uchun AUDIO, VIDEO maʼruzalar, VIDEO DARSLARni taqdim etib kelmoqda. Media markaz bazasi institutning yetakchi professor oʻqituvchilari tomonidan boyitib kelinmoqda. ATM ning kompyuter zalida institutning professor oʻqituvchilari, talaba, magistrlar, ordinatorlar va ilmiy izlanuvchilar uchun 60 dona kompyuterlar xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari institut statik adresi orqali dunyoni eng nufuzli maʼlumotlar bazasi xisoblangan WEB OF SCIENCE, SCOPUS kabi veb saytlar bilan aloqalar oʻrnatilgan.
ATM tomonidan oʻqitishni yangi bosqichga oʻtkazish maqsadida yaratilgan MOODLE tizimi tashkil etilgan boʻlib, MOODLE tizimidan barcha professor oʻqituvchilar va talabalar roʻyxatdan oʻtkazilgan va muntazam foydalanib kelinmoqda.
GEOTAR – Media nashriyoti bilan institut oʻrtasida oʻzaro xamkorlik bitimi imzolangan va mazkur bitimga binoan 2018-2019-yillarda chop etilgan 46 434 748,80 soʻmlik 121 nomda 142 nusxada oʻquv adabiyotlar olib kelindi.[1]
Ilmiy-tadqiqot ishlari
tahrirInstitutda 61 ta kafedra mavjud boʻlib, asosiy stavkada ishlaydigan professor-oʻqituvchilarning umumiy soni 865 nafar, ulardan 50 nafari fan doktorlari, 210 nafari fan nomzodlari. Ilmiy salohiyat 31,7 % tashkil etadi. Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, taʼlim, fan va davolash muassasalari bilan innovatsion korporativ hamkorlikni samarali tashkil etish uchun, Fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yoʻlga qoʻyish maqsadida institut rektorini buyrugʻiga binoan innovatsion markaz va uning qoshida 4 ta innovatsion guruh tashkil qilingan. Institutning ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyxalarni ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ilmiy tekshirish ishlarni eksperimentlari uchun vivarium mavjud. Institut olimlari quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar: Asosiy yurak qon tomir tizimida uchraydigan hastaliklarni zamonaviy va innovatsion texnologiyalar yordamidagi tashxisi, davolashning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, profilaktikasi. Fargʻona vodiysi aholisi orasida surunkali noinfeksion kasalliklarning epidemiologiyasini oʻrganish, tashxis, davolash va profilaktikasining samarali usul va vositalarini yaratish. Homilada, chakaloqlarda, har hil yoshdagi bolalarda hamda katta yoshdagi odamlarning ichki aʼzolarini anatomo-topografik va gistologik hususiyatlarini yoshga qarab oʻzgarishlarini oʻrganish, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni jismoniy taraqqiy etish hususiyatlarini oʻrganish. Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish va yaxshilash boʻyicha Fargʻona vodiysining hududiy, mintaqaviy hususiyatlarini xisobga olgan xolda ilmiy izlanishlarni olib borish va ularni amalga oshirish. Jarroxlik kasalliklarinitashxis usullarini mukamallashtirish, davolash natijalarini yaxshilash va asoratlarini oldini olish. Jarroxlikda texnologiyalarni koʻllashni joriy etish. Fargʻona vodiysi mintaqasida virusli gepatitlar, oʻtkir ichak kasalliklari, OIV-infeksiyasi va OITSni klinik-immunologik hususiyatlari, kechishi, ularni davolash va oldini olish choralarini takomillashtirish. Travmatologik, ortopedik kasalliklar, umurtqa pogʻonasi va orqamiya patologiyasini oʻrganish, innovatsion texnologiyalar yordamidagitashxisi, davolashning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotgazamonaviy texnologiyalarni joriy etish. Onkologik kasalliklar profilaktikasi, erta tashxislash, davolashda yangi yukori texnologik usullarni koʻllash. Fargʻona vodiysining aholisini salomatlik koʻrsatkichlarini aniqlash, tashki muhit taʼsirini oʻrganish. Mustaqillik yillarida institut olimlari tomonidan 93 ta monografiya, 1080 ta Oʻzbekiston ilmiy jurnallarda, 842 ta xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirilgan, 305 ta patent olingan, 1920 ta ratsionalizatorlik takliflari, 2075 ta amaliyotga tadbiq etilgan ishlar tayyorlandi, 317 ta ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazildi. Aynan shu yillar davomida institut 61 nafar tibbiyot fanlari doktori, 152 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari, 4 nafar fan doktori (DSc) va 20 nafar falsafa doktorlari (PhD) tayyorlandi.[2]
Havolalar
tahrir- Information about the Institute in Uzbek (Wayback Machine saytida 2019-11-25 sanasida arxivlangan)
- Information about the institute in Uzbek (Wayback Machine saytida 2019-11-05 sanasida arxivlangan)
- Second web-site of the Institute (Wayback Machine saytida 2019-08-11 sanasida arxivlangan)
- Official article about the Institute in English (Wayback Machine saytida 2019-11-15 sanasida arxivlangan)
Manbalar
tahrir- ↑ Official web-page containing information about the dormitories in Uzbek language (Wayback Machine saytida 11-aprel 2016-yil sanasida arxivlangan) checked 28-mart 2016-yil
- ↑ Information is obtained from official web page of the Institute about the rectorate in Uzbek language (Wayback Machine saytida 11-aprel 2016-yil sanasida arxivlangan) checked 28-mart 2016-yil