Alisher Kayumovich Shadmanov (oʻzbekcha: Алишер Каюмович Шодмонов/Alisher Qayumovich Shodmonov) — Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori (2020-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri (2017—2020). Tibbiyot fanlari doktori, professor[1].

Alisher Qayumovich Shodmonov
oʻzbekcha: Алишер Шодмонов/Alisher Shodmonov
A.SH.Kayumov.jpg
 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri
Mansab davri
2017-yil 21-fevraldan – 2020-yil 2-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Adham Ikromov
Vorisi Abduhakim Hojiboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-may 1962-yil (1962-05-10) (61 yosh)
Fargʻona
Siyosiy partiyasi "Adolat"

Hayoti tahrir

1962-yil 10-mayda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tugʻilgan.

1979—1985-yillarda Andijon tibbiyot instituti talabasi.

1985—1987-yillarda Andijon tibbiyot instituti urologiya mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinatori.

1987—1990-yillarda Moskva malaka oshirish instituti urologiya kafedrasi aspiranti.

1990—1993-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining jarrohlik fakulteti kafedrasi urologiya kursi assistenti, davolash fakulteti dekani oʻrinbosari.

1993—1996-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori.

1996—2000-yillarda Andijon shahar Sogʻliqni saqlash boʻlimi mudiri.

2000—2004-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektori.

2004—2009-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti dekani.

2009—2010-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori.

2010—2015-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori.

2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati.

2017-yil 21-fevraldan 2020-yil 2-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri.

2019-yil 20-maydan shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti assambleyasi vitse-prezidenti[2].

2020-yil 2-noyabrdan 2023-yil 7-avgustgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori[3][4][5][6][7][8].

2023-yil 7-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari[9].

Manbalar tahrir

  1. Vazir, 10–noyabr 2017–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 9–noyabr 2017–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. https://m.kun.uz/news/2019/05/20/alisher-shodmonov-jahon-sogliqni-saqlash-assambleyasining-vitse-prezidenti-etib-saylandi
  3. „Алишер Шодмонов ректорликка тайинланди“.
  4. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-noyabr.
  5. http://www.centrasia.org/newsA.php?st=1487710860
  6. „Шадманов Алишер Каюмович“ (oʻzbekcha). «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi. 3-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2017-yil. (Wayback Machine saytida 3-noyabr 2017-yil sanasida arxivlangan)
  7. http://anhor.uz/news/novim-ministrom-zdravoohraneniya-uzbekistana-naznachen-alisher-shadmanov
  8. https://www.gazeta.uz/ru/2017/02/21/minzdrav/
  9. Alisher Shodmonov vazirning birinchi oʻrinbosari boʻlib qaytdi