Gʻofurjon Gulamjanovich Abdurahmonov (1976-yil 11-dekabr, Andijon shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2022-yil 14-iyundan buyon Andijon shahri hokimi[1].

Gʻofurjon Gulamjanovich Abdurahmonov
 Andijon shahri hokimi
Mansab davri
2022-yil 14-iyundan – hozirgi vaqtgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahrom Haydarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1976-yil 11-dekabr
Andijon shahri
Millati o‘zbek
Taʼlim Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Davlat boshqaruvi akademiyasi

Tarjimai holi

tahrir

Abdurahmonov Gofurjon Gulamjanovich 1976-yil 11-dekabr kuni Andijon shahrida tugʻilgan. 1998-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti (hozirgi Andijon mashinasozlik instituti)ning iqtisodiyot yoʻnalishini tamomlagan. Shuningdek, 1999-yilda Bank moliya akademiyasini (sirtqi) hamda 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Gʻofurjon Abdurahmonov ilk mehnat faoliyatini 1994-yilda Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi ekspeditorligidan boshlagan. Turli yillarda boshqarmada 2-toifali hisobchisi, 1-toifali hisobchisi, yetakchi eksperti vazifalarida ishlagan.

U 1997-2022-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Andijon viloyati boʻlimi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Andijon viloyati boʻlimi Poytugʻ filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari, Paxtaobod tuman filiali boshqaruvchisi, viloyat boʻlimi boshqaruvchisining oʻrinbosari, soʻng viloyat boʻlimi boshqaruvchisi, Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi boshligʻi, Aksionerlik tijorat banki "Qishloq qurilish bank" Boshqaruv raisining oʻrinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.

Hokim vazifasiga tayinlanguniga qadar Gʻofurjon Abdurahmonov ATB "Qishloq qurilish bank" Boshqaruv raisining maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan. Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2022-yil 14-iyundagi navbatdan tashqari sessiyasida Andijon viloyati Andijon shahar hokimi etib Abdurahmonov Gofurjon Gulamjanovich tayinlandi.[2] [3] [4]

Manbalar

tahrir