Devzira
Devzira — jaydari arpasholining guruchi. D. choʻziqroq, sirti qobirgʻali, qobirgʻalari orasida qizgʻish chiziqlari bor, boshqa guruchlarga nisbatan yirik, muz rang (tiniq), baʼzilari qizgʻish. Shunga koʻra, u oq va qizil D. deb 2 xil nomlanadi. D. juda tigʻiz va qattiq boʻlganidan (palov pishirishda D. 5—6 marta yuvilib, iliq suvga 2—3 soat ivitib qoʻyiladi) yogʻni kam shimadi, oshi xushxoʻr, toʻyimli, pishirganda yana suv koʻtarib, juda koʻpayib ketish xususiyatiga ega. Bunday guruch toʻgʻrisida maʼlumotlar tarixiy manbalarda uchraydi. Ilgari D. olinadigan arpasholi Fargʻona vodiysida, Toshkent viloyatining Piskent, Chinoz, Samarqand viloyatining Bulungʻur, Jomboy tumanlarida koʻp ekilardi. Keyingi yillarda sholining yangi, serhosil navlari yetishtirilganligi munosabati bilan arpasholi maydoni ancha kamayib, asosan Fargʻona vodiysida xususiy xoʻjaliklarda va tomorqa maydonlarida yetishtiriladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ko'pincha Andijon viloyatida yetishtiriladi.Xonobod shahar hududida Va Sultonobod qishlog'i aholisi bu guruchni yetishtiriladi. Asosan Qoradaryo bo'ylarida yetishtiriladi. Eng qiziq jihati Bu guruch boshqa suvli hududlarda o'smaydi. Chunki Qoradaryodagina ushbu guruch uchun mos minerallar mavjud. Tub aholi ertalabki To'y oshlarini Faqat Shu guruchdan Osh qilishadi.