Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (17 yoshgacha)


17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi — xalqaro futbol turnirlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan milliy terma jamoa boʻlib, uning tarkibiga Oʻzbekistonning 17 yoshgacha boʻlgan (U-17) futbolchilari kirishi mumkin. Jamoa yoshlar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi Oʻzbekiston futbol federatsiyasi nazoratida boʻladi.

Oʻzbekiston
Shirt badge/Association crest
Tahallusi Oq boʻrilar
(White Wolves)
Assotsiatsiya Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Konfederatsiya AFC (Osiyo)
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Olim Shokirov
Uy stadioni Paxtakor markaziy stadioni
FIFA kodi UZB
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA U-17 Jahon chempionati
Ishtiroki 2 (Ilk marta 2011-yili)
Eng yaxshi natijasi Chorak-final, 2011
AFC U-17 Osiyo Kubogi
Ishtiroki 9 (Ilk marta 1994-yili)
Eng yaxshi natijasi Champions Champions (2012)

Tarixi Tahrirlash

„Oq boʻrilar“ yoshlar jamoasi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi turli xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilmoqda.

7 marta 16 yoshgacha (U-16) yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi futbol boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati-2010 U-16 da Oʻzbekiston terma jamoasi turnir finaliga qadar yetib borgan va KXDR yoshlar terma jamoasining hal qiluvchi bahsida 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ilk bor musobaqa finalida maydonga tushdi va ilk bor kumush medal sohibiga aylandi. 2011-yilda 15 yoshgacha (U-15) oʻsmirlar terma jamoasiga Dilshod Nuraliev yangi murabbiy etib tayinlangan. Nuraliev boshchiligida jamoa 2011-yilning 1-9-oktabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi 2012-yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, guruhda birinchi oʻrinni egalladi.

2012-yilda BAAda boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoa asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang oʻynab, finalda Yaponiyani penaltilar seriyasida 3:2 hisobida magʻlub etib, 1-oʻrinni egalladi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng 16 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi birinchi marta qitʼa kubogi — 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻlgan mamlakatning birinchi terma jamoasiga aylandi.[1][2][3]

17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan U-17 jahon chempionatida debyutini nishonladi. AQSH, Chexiya va Avstraliya terma jamoalari oʻrin olgan guruhdan milliy terma jamoamiz chiqishga muvaffaq boʻldi. 1/8 finalda oʻzbekistonliklar allaqachon tanish boʻlgan avstraliyaliklar ustidan gʻalaba qozonishdi — 4:0. Ammo chorak finalda Oʻzbekistonni Urugvayning tajribali oʻsmirlar terma jamoasi 0:2 hisobida magʻlub etib, toʻxtatib qoldi. Urugvay faqatgina finalda Meksikaga yutqazdi. 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasining Meksikadagi chempionatdagi debyut oʻyini Oʻzbekiston terma jamoalarining jahon chempionatidagi ilk yirik muvaffaqiyati boʻldi.

2012-yilda 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakunlariga koʻra, terma jamoa 2013-yilda BAAda boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 2012-yilgi Osiyo chempioni boʻlgan Dilshod Nuraliev yoshlar terma jamoasi Jahon chempionati-2013 dan barchaning umidi katta edi. Jamoa toʻplar nisbati boʻyicha Marokash termasidan ortda qolib, 7 ochko bilan ishonchli tarzda guruhdan 2-oʻrindan chiqib ketdi. Ammo 1/8 finalda jamoa kutilmaganda Gondurasga minimal 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv boshidanoq terma jamoa uchun omadsiz keldi: 24-daqiqada oʻyin hakami terma jamoa himoyachisi Akramjon Komilovni maydondan chetlatdi. Birinchi boʻlimda qizil kartochka olgani uchun Nuraliev oʻyinni qayta tiklashga majbur boʻldi va jamoa oʻyindagi dastlabki taktikani amalga oshira olmadi. Nuraliev oʻyin oldidan jamoa hujumkor futbol oʻynashini takidlagan edi.

2013-yilda Timur Alimxoʻjaev oʻsmirlar (U-15) terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Terma jamoa 2013-yilda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, 2014-yilda Tailandda boʻlib oʻtadigan 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi. 2014-yilning 24-iyun kuni Oʻzbekiston 16 yoshgacha boʻlgan (U-16) yoshlar terma jamoasiga avval „Oqtepa“ klubini boshqargan Aleksandr Mochinov bosh murabbiy etib tayinlangan edi. 2014-yilgi 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Mochinov jamoasi chorak final toʻsigʻidan oʻta olmadi. U-16 terma jamoasi Suriya termasiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, 2015-yilgi U-17 jahon chempionati yoʻllanmasidan mahrum boʻldi. Mochinov terma jamoadagi lavozimini tark etdi.

Timur Alimxoʻjaev 15 yoshgacha boʻlgan yangi terma jamoaga 2016-yilgi Osiyo chempionati U-16 saralash oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun murabbiy etib tayinlandi. Jamoa 2016-yilgi Osiyo chempionatiga muvaffaqiyatli yoʻl oldi. 2016-yilgi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi Iroq U-16 termasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, yarim finalga chiqa olmadi.

2017-yilda 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasiga Dilshod Nuraliev yangi murabbiy etib tayinlangandi. 2017-yil sentabr oyida Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati-2018 saralash turnirida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda atigi 3-oʻrinni egallab, 2006-yildan buyon ilk bor Osiyo chempionatiga chiqa olmadi. 2017-yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Nuraliyevni terma jamoadagi qoniqarsiz natija uchun ishdan boʻshatgan.

2018-yilning 20-mart kuni Oʻzbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Azamat Abduraimov Oʻzbekiston 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga yangi saralash bosqichiga murabbiy etib tayinlandi.

Asosiy turnirlar Tahrirlash

Milliy terma jamoa murabbiylari Tahrirlash

Jamoa tarkibi Tahrirlash

U-17 Tahrirlash

2013-yil 17-oktabrdan 8-noyabrgacha BAAda boʻlib oʻtadigan FIFA yoshlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga quyidagi tarkib chaqirilgan.

# Ismi Tugʻilgan sanasi Klub
Darvozabonlar
1 Abdulaziz Gʻulomov (kapitan) 23-sentyabr 1998-yil (1998-09-23) (25 yosh)   Paxtakor
12 Shohruxjon Eshboʻtayev 19-dekabr 1996-yil (1996-12-19) (26 yosh)   Yangiyer
21 Shohruxjon Raimov 19-fevral 1997-yil (1997-02-19) (26 yosh)   Paxtakor
Himoyachilar
2 Rustamjon Eshboʻtayev 7-iyul 1996-yil (1996-07-07) (27 yosh)   Bunyodkor
3 Abdulaziz Joʻraboyev 4-may 1996-yil (1996-05-04) (27 yosh)   Qizilqum
4 Akramjon Komilov 14-mart 1996-yil (1996-03-14) (27 yosh)   Bunyodkor
5 Odiljon Hamrobekov 13-fevral 1996-yil (1996-02-13) (27 yosh)   Nasaf
6 Humoyun Aʼzamov 13-fevral 1996-yil (1996-02-13) (27 yosh)   Paxtakor
7 Jamshid Boltaboyev 3-oktyabr 1996-yil (1996-10-03) (26 yosh)   Paxtakor
9 Ibrohim Abdullayev 5-dekabr 1996-yil (1996-12-05) (26 yosh)   Paxtakor
18 Oybek Erkinov 21-avgust 1996-yil (1996-08-21) (27 yosh)   Yangiyer
Yarimhimoyachilar
10 Javohir Siddiqov 8-dekabr 1996-yil (1996-12-08) (26 yosh)   Paxtakor
13 Sanjar Qodirqulov 27-may 1997-yil (1997-05-27) (26 yosh)   Bunyodkor
14 Islombek Karimov 9-yanvar 1996-yil (1996-01-09) (27 yosh)   Paxtakor
15 Izatilla Abdullayev 16-yanvar 1996-yil (1996-01-16) (27 yosh)   Paxtakor
16 Ravshanbek Xursanov 19-avgust 1996-yil (1996-08-19) (27 yosh)   Paxtakor
17 Dostonbek Hamdamov 24-iyul 1996-yil (1996-07-24) (27 yosh)   Bunyodkor
20 Otabek Shukurov 22-iyun 1996-yil (1996-06-22) (27 yosh)   Mashʼal
Hujumchilar
8 Abbos Neʼmatillayev 15-avgust 1996-yil (1996-08-15) (27 yosh)   Lokomotiv
11 Akobir Toʻrayev 3-noyabr 1996-yil (1996-11-03) (26 yosh)   Buxoro
19 Shohjaxon Abbosov 27-yanvar 1996-yil (1996-01-27) (27 yosh)   Mashʼal

U-16 Tahrirlash

U-15 Tahrirlash

Hozirgi murabbiylar shtabi Tahrirlash

2020 yil sentyabr holatiga koʻra

Position Name
Bosh murabbiy   Olim Shokirov
Murabbiy yordamchisi   Sergey Arslanov
Fitness murabbiy   Jamshid Umarov
Darvozabon murabbiy   Timur Ganiev

Musoboqalardagi tarkiblari Tahrirlash

Soʻnggi natijalar va oʻrtoqlik uchrashuvlari Tahrirlash

U-16 Tahrirlash

U-17 Tahrirlash

Yana qarang Tahrirlash

Manbalar Tahrirlash

Havolalar Tahrirlash