Amirbek Saidov

oʻzbek futbolchisi


Amir Saidov (ruscha: Амирбек Саидов; 1-fevral 2006-yil, Toshkent) – oʻzbek futbolchisi, Oʻzbekiston Superligasining „Bunyodkor“ klubi va Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi.

Amirbek Saidov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Amirbek Saidov
Tavallud sanasi 1-fevral 2006-yil (2006-02-01) (18 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bunyodkor
Milliy terma jamoa
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022— Oʻzbekiston U-17 15 (5)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Amirbek Toshkentning „Bunyodkor“ klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi va klubning U-18 yoshlar jamoasi aʼzosi hisoblanadi[1].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Saidov Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi bilan CAFA U-16 chempionati 2022 turnirida ishtirok etgan. Musoboqada Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi gollar farqiga koʻra ikkinchi oʻrinni olgan va Amirbek 7 gol bilan musoboqa toʻpurari boʻlgan[2].

Amirbek Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi safida ilk bor 2023-yil Rossiya U-17 terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyit qilgan[3]. 2023-yilgi AFC U-17 Osiyo Kubogida 5 ta oʻyinda ishtirok etdi va Yaponiya U-17 terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk debyut golini kiritgan. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi yarim finalga qadar yetib bordi va FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 ga yoʻllanma oldi. Indoneziyada oʻtayotgan jahon chempionatida Amirbek 3 ta oʻyinda ishtirok etib, Kanada U-17 terma jamaosiga 2 ta[4] va Ispaniya U-17 terma jamoasiga 1 ta gol urib[5], 3 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurarlar safida bormoqda.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir