Aleksey Yevstafeyev
Aleksey Vladimirovich Yevstafeyev (28.12.1967, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek sobiq futbolchisi, murabbiy.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yevstafeyev Aleksey Vladimirovich | ||
Tavallud sanasi | 28-dekabr 1967-yil | ||
Tavallud joyi |
Sverdlovsk, RSFSR, SSSR, ![]() ![]() ![]() | ||
Ampluasi | yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | murabbiy | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1990-1991 1992-1998 1999 2000 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
(64 (5) 169 (18) 11 (0) 30 (0)) | |
Boshqargan klublari | |||
2001 2002-2009 2009-2011 2011-2013 2012-2013 2013— 2013-2014 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hayoti tahrir
Futboldagi faoliyati tahrir
Yevstafeyev Aleksey Vladimirovich futbolchilik faoliyatini 1990-yildan 1998-yilgacha "Traktor" klubida oʻtkazgan. 1999-yilda Xorazm tarkibiga kelib qoʻshilgan.
Murabbiylik faoliyati tahrir
Yevstafeyev murabbiylik faoliyatini Oʻzbekiston ikkinchi ligasidagi „Qibray“ klubida boshlagan. 2002-yilda "Paxtakor"ga oʻtib, klub akademiyasiga murabbiylik qiladi. 2009-yilda Yevstafeyev Oʻzbekistonning 15 yoshgacha boʻlgan (U-15, 1994-yilda tugʻilgan) yoshlar terma jamoasini boshqargan, uning vazifasi 2010-yilda 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati AFC U-16 chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritish edi. 2009-yilda jamoa 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash turniridan muvaffaqiyatli oʻtdi.
2010-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan U-16 yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Yevstafeyev shogirdlari musobaqa finaliga chiqib[1] KXDRlik tengdoshlariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chempionat natijalariga koʻra Yevstafeyev shogirdlari ilk bor 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 2011-yilgi jahon chempionatida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 1-oʻrin bilan guruh bosqichidan chiqib, chorak finalda Urugvay termasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Oʻsha yili Yevstafeyev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida (U-19) Ahmadjon Musayevning yordamchisi etib tayinlandi. Jamoa 2012-yilda Osiyo chempionatining yarim finaliga qadar borib 2013-yil U-20 jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 2013-yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning 1/4 finaliga yoʻl oldi.
2011-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan Aleksey Yevstafeyev Oʻzbekistonda 2010-yilning eng yaxshi murabbiyi, shuningdek, yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi deb topildi[2]. 2011-yil natijalariga koʻra Yevstafeyev Vadim Abramovdan soʻng ikkinchi oʻrinni qayd etdi[3].
2012-yilning 6-yanvarida Yevstafeyev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga (21 yoshgacha) bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoa oldiga 2013-yilgi 22 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish asosiy vazifa qilib belgilandi. Yevstafeyev shogirdlari 2012-yil iyun oyida Nepalda oʻtkazilgan saralash turniridan muvaffaqiyatli oʻtdi[4][5].
2012-yil 26-dekabrda Yevstafeyev Oʻzbekiston U-18 yoshlar terma jamoasini boshqargan[6][7]. Bu safar Yevstafeyev zimmasiga 2014-yilda Myanmada boʻlib oʻtadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichida oʻtish vazifasi qoʻyildi. 2013-yilda U-18 terma jamoasi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, „A“ guruhida 2-oʻrinni egalladi. 2013-yilning dekabr oyi boshlarida U-22 jamoasida murabbiy almashdi. 2013-yilning 6-dekabr kuni Oʻzbekiston asosiy terma jamoasining hozirgi yordamchisi Shuhrat Maqsudov U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Yevstafeyev terma jamoaning katta murabbiyi, asistent boʻldi. Yevstafeyev, shuningdek, 18 yoshgacha boʻlganlar (1995-yilda tugʻilgan) jamoasining bosh murabbiyi lavozimini saqlab qoldi[8]. 2014-yil 11-mart kuni Yevstafeyev oʻz iltimosiga binoan U-19 jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu lavozimda uning oʻrnini Sergey Luschan egalladi[9][10].
Yutuqlari tahrir
Murabbiy sifatida tahrir
Oʻzbekiston U15-U17 tahrir
- U-16 Osiyo chempionati: 2-oʻrin, 2010-yil
- U-17 jahon chempionati: Chorak final, 2011-yil
Shaxsiy tahrir
- Oʻzbekistonda yil murabbiyi: 2010-yil
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi (2-oʻrin): 2011-yil
- Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi: 2010, 2011
Mukofotlar tahrir
- 2011-yil 25-avgust – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy
- 2013-yil 23-avgust- "Doʻstlik" ordeni – ilmiy faoliyati va fidokorona mehnati bilan Vatan mustaqilligini mustahkamlash, milliy gʻoya rivoji, maʼnaviyatni tiklash, xalqning oʻz-oʻzini anglash tuygʻusini yuksaltirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, yorqin isteʼdod va ijodkorligi uchun.
Manbalar tahrir
- ↑ „Узбекский прорыв“ (deadlink). Prosportkz.kz (28-iyun 2011-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „В Узбекистане назвали лучшего футболиста и тренера 2010 года, 5 января 2011“ (deadlink). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- ↑ „Федерация футбола Узбекистана назвала лучших в 2011году“. sportinfo.kz (24-dekabr 2011-yil).[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Алексей Евстафеев назначен главным тренером молодёжной сборной Узбекистана (до 22-х лет)“. ФФУ (6-yanvar 2012-yil). 25-oktyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- ↑ „Евстафеев — главный тренер U-22“. Газета "Голос Узбекистана" (13-yanvar 2012-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Евстафеев возглавил молодёжную сборную (U-19)“. UzDaily.uz (26-dekabr 2012-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-iyul 2022-yil.
- ↑ „Евстафеев возглавил молодёжную сборную Узбекистана по футболу“. Podrobno.uz (27-dekabr 2012-yil). 6-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- ↑ „В Олимпийской сборной Максудову будет помогать Евстафеев“. Championat.asia (6-dekabr 2013-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
- ↑ „Aleksey Evstafeev "Neftchi"da ish boshladi“. 21 yanvarda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Aleksey Estafeev - "SHo'rtan" bosh murabbiyi“. 31-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-oktyabr 2023-yil.