Shoʻrtan Gʻuzor futbol klubi — (oʻzbekcha: Шўртан Ғузор футбол клуби) — Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani sharafini himoya qiluvchi futbol klubi, Oʻzbekiston Pro Ligasi vakili.

Shoʻrtan
Toʻliq nomi "Shoʻrtan" G'uzor futbol klubi
Laqabi Oq bo'rilar, G'uzorlaiklar
Asos solingan 1994-yil
Stadion G'uzor stadioni
Stadion hajmi 7000
Direktori Abdurahmon Yumangulov
Bosh direktori Shamil Yarulin
Murabbiyi Asror Aliqulov
Reytingi 7
Homiysi Sho'rtanneftgaz
Vebsayt http://fcshurtan.uz/
Musobaqasi Oʻzbekiston Pro ligasi
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi tahrir

Gʻuzorda ilk futbol klubi 1986-yilda „Oq oltin“ nomi bilan tashkil etilgan. Gʻuzor futbolining ilk qadamlari oʻtgan asrning 60-70-yillari oʻrtalarida boʻlgan. Bu davrda jamoa turli nomlar ostida chiqish qildi. SSSR parchalanganidan keyin klub oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

1989-yildan buyon jamoaga rahbarlik „Shoʻrtangaz“ gaz konlari rahbariyati qoʻliga oʻtdi va shu yildan boshlab „Shoʻrtan“ nomi ostida Oʻzbekiston SSR ichki musobaqalarda qatnasha boshladi. Bu davrda jamoani hozirda marhum Eshmurod Charshanbiyev boshqargan. Bu yillar davomida jamoa birinchi ligaga chiqish uchun bir necha bor urinib koʻrdi.

Oʻzbekiston musobaqalari tahrir

1992-yilda jamoa Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan Respublika kasaba uyushmalari jamoalari birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi ligada qatnashish huquqini beruvchi oʻtish turnirida qatnashdi, oʻsha paytda chempionatda oltita jamoa gʻoliblik uchun kurashgan. Jamoa birinchi ligaga chiqa olmagan boʻlsa-da, chiroyli oʻyini bilan futbol muxlislari mehrini qozondi.

1993-yilda jamoa viloyat chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yana bir bor oʻtish turnirida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu gal viloyat chempionlari Angrenda shahrida toʻplanishdi. Turnir yakunlariga koʻra, „SHoʻrtan“ har doimgidek Birinchi ligaga yaqin edi. Ammo klubga bir ochko yetishmadi.

Shoʻrtan futbol klubi 1994-yil Qashqadaryo viloyatinining Gʻuzor tumanida professional jamoa sifatida tashkil etilgan[1]. Klub dastlabki musobaqasida 1995-yil Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi baxslarida ishtirok etib Oʻzbekiston Birinchi ligasiga (Eslatma: Oʻzbekiston Pro ligasi). Klub Birinchi liganing ilk yillarida Oʻrtamiyona jamoalar safida borgan. 2004-yilgi mavsumda jamoa tarkibi sezilarli kuchaytirilganidan soʻng ilk bor Oʻzbekiston Oliy ligasiga (Eslatma: Oʻzbekiston Superligasi) 2005-yilda „Shoʻrtan“ Oʻzbekiston ligasida debyut qilgan. 2010-yilgi mavsum klub uchun eng omadli mavsum boʻldi, ular chempionatda 4-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi.[2] Oʻzbekiston kubogi chorak finalida umumiy hisobda „Paxtakor“[3], yarim finalda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasini magʻlub etishdi. Toshkentda boʻlib oʻtgan Final uchrashuvida „Shoʻrtan“ „Bunyodkor“ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 2011-yilda „Shoʻrtan“ xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazdi va OFK kubogida ishtirok etdi. Klub guruh bosqichida 2-oʻrinni egalladi va Pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi, biroq „Al Vehdat“ga qarshi 1/8 final oʻyinida magʻlub boʻldi.[4] Yakuniy hisob 1-2.

2011-yil 22-noyabrda „Shoʻrtan“ rahbariyati Toshmurod Ogʻamurodov oʻrniga Igor Kriushenkoni bosh murabbiy etib tayinladi.[5] Kriushenko 2012-yilning 5-iyulida ishdan boʻshatildi va uning oʻrniga 2013-yil 15-maygacha bosh murabbiy boʻlib ishlagan Edgar Gess tayinlandi. Gess ham Oliy Liga oʻyinlaridagi yomon natijalardan soʻng ishdan boʻshatildi. 2013-yilda „SHoʻrtan“ jamoasida ikki marta bosh murabbiy almashdi, lekin natijalar yaxshilanmadi. Klub Ligada 14-oʻrinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketgan. Bir yildan soʻng, 2014-yilda klub Birinchi ligada gʻolib chiqdi va yana oliy divizionga koʻtarildi. Keyingi 2015—2017-yilgi mavsumlar davomida jamoa oldinggi natijalarini takrorlay olmadi. 2017-yil klub eski murabbiylardan qarzdorlik tufayli FIFA tarafidan taqiqga uchrab Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushirib yuborildi.[6] 2018-yil 12-fevralda jamoaga Asror Aliqulov bosh murabbiy etib tayinlandi.[7] 2020-yil Shoʻrtan jamoasida klub ramzi, logosi oʻzgartirildi.[8] 2021-yil Klubdan FIFA taqiqi olib tashlandi[9] va klub oʻz akademiyasini[10] tashkil etdi.[11]

Oʻzbekiston Pro Ligasi 2023—2024 tahrir

15-mart 2023-yilda Sho'rtan futbol klubi Oʻzbekiston pro ligasidagi bahslarini Qo'qon 1912 jamoasiga qarshi oʻyin bilan boshlagan. Oʻyinda jamoalar 3:3 hisobida durrang oʻynashgan[12]. 22-mart kuni lga 2-tur oʻyini doirasida Gʻijduvon klubi mehmoni boʻlgan Shoʻrtan jamoasi futbolchilari 2:1 hisobida gʻalabaga erishishgan[13]. 16-aprel kuni boʻlib oʻtgan liganing 5-tur bahsida Shoʻrtan klubi Yunired jamoasi bilan kuch sinashgan va 2:1 hisobida mgʻlubiyatga uchragan[14]. 20-aprel kuni Navbahor-Farm jamoasi bilan liganing oltinchi turi doirasida bahs olib borishgan va 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[15]. 26-aprel kuni pro liga yettinchi tur bahsida Andijon-SGS jamoasi mehmoni boʻlgan shortanliklar 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan[16]. 4-may kuni sakkinchi tur bahsida poytaxtning „Lokomotiv“ jamoasi bilan bahs olib borgan Shoʻrtan jamoasi 2:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan[17]. 15-may kuni pro liga toʻqqizinchi tur bahsida Aral jamoasi mehmoni boʻlgan Shortan jamoasi vakillari 0:0 hisobida durrang oʻynashgan[18]. 24-may kuni pro liganing qoldirilgan toʻrtinchi tur bahsida Mash’al jamoasi bilan kuch sinashgan shoʻrtanliklar, raqiblarini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan[19]. 29-may kuni liganing oʻninchi tur bahsida Xorazm jamoasini qabul qilgan shoʻrtanliklar 1:0 hisobida gʻalabaga erishishgan[20]. 11-iyun kuni liganing oʻn birinchi tur bahsida Samarqandning Dinamo jamoasi mehmoni boʻlgan Shoʻrtan klubi 1:1 hisobida durrang oʻynagan[21]. 3-avgust kuni pro liganing oʻn ikkinchi tur bahsida Qoʻqon-1912 jamoasi mehmoni boʻlgan voha jamoasi 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan[22]. 9-avgust kuni liganing oʻn uchinchi tur bahsida gʻijduvon jamoasi bilan bahs yuritgan shoʻrtan futbolchilari 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[23].

Mahalliy musoboqalar tarixi tahrir

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng koʻp gol urgan
Div. Oʻrin Oʻ. Yu D. M. U.G OʻG O Nomi Liga
1992 3 6 5 1 4 4 10 1 Qatnashmagan Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1993 Qatnashmagan Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1994 Qatnashmagan Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1995 3 1 4 4 0 0 11 3 12 Qatnashmagan Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1996 2 20 52 19 8 25 64 78 65 Guruh bosqichi Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1997 2 14 42 18 6 18 69 66 60 Birinchi bosqich   Shavkat Ismoilov 29 Maʼlumotlar mavjud emas
1998 2 9 38 16 4 18 66 67 52 1/16 final Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1999 2 10 34 14 2 18 64 49 44 1/16 final Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2000 2 14 38 17 2 19 73 47 53 Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2001 2 6 32 14 7 11 49 43 49 Guruh bosqichi Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2002 2 13 32 12 1 19 41 64 37 1/16 final Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2003 2 7 28 11 4 13 52 66 37 Guruh bosqichi Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2004 2 2 40 26 1 13 117 47 79 1/16 final   Ravshan Do'rmonov 27 Maʼlumotlar mavjud emas
2005 1 13 26 6 1 19 23 56 19 1/8 final   Igor Taran 9   Sergei Dotsenko
2006 1 12 30 10 2 18 43 55 32 1/4 final   Igor Taran 13 Maʼlumotlar mavjud emas
2007 1 13 30 8 5 17 32 51 23 1/4 final   Sirojiddin Sayfiyev

  Zafar Polvonov

3 Maʼlumotlar mavjud emas
2008 1 12 30 9 6 15 22 44 33 1/4 final   Artur Gevorkyan 6   Bakhrom Khakimov

  Viktor Pasulko

2009 1 8 30 11 6 13 36 50 39 1/4 final   Artur Gevorkyan 7   Usmon Toshev

  Edgar Gess

2010 1 4 26 12 6 8 35 28 42 Finalchi[24]   Shahboz Erkinov 9   Edgar Gess
2011 1 7 26 9 5 12 29 41 32 1/2 final   Igor Taran 10   Tachmurad Agamuradov

  Igor Kriushenko

2012 1 5 26 12 4 10 38 33 40 1/8 final   Igor Taran 14   Igor Kriushenko

  Edgar Gess

2013 1 14 26 4 5 17 22 47 17 1/8 final   Pavel Solomin 7   Edgar Gess

  Zoir Toʻraqulov  Erkin Mirzayev

2014 2 1 30 25 2 3 88 18 77 Ikkinchi bosqich   Viktor Klishin 40   Muxtor Qurbonov
2015 1 11 30 8 9 16 42 53 33 1/8 final   Igor Taran 11   Muxtor Qurbonov
2016 1 9 30 12 2 16 43 56 38 Ikkinchi bosqich   Zafar Polvonov 12   Ixhtiyor Karimov
2017[25] 1 14 30 8 3 19 28 52 27 1/8 final   Igor Taran 7   Genadiy Kochnev

  Edgar Gess

  Yorqin Nazarov

2018 2 6 32 10 7 15 33 45 37 1/16 final   Islom Boysariev

  Otabek Narzullaev

  Mar’ruf Murodov

  Moʻmin Meliev

3   Asror Aliqulov
2019 2 4 28 15 3 10 56 36 48 Ikkinchi bosqich   Sherzod Temirov 17   Asror Aliqulov
2020 2 4 20 8 4 8 29 23 28 1/8 final   Jasur Xoltoʻraev 9   Asror Aliqulov
2021 2 9th 26 7 10 9 26 29 31 1/8 final   Muhriddin Zoirov

  Elyor Omonjonov

3   Asror Aliqulov
2022 2 1/8 final   Asror Aliqulov

OFK musobaqalaridagi ishtiroki tahrir

Musobaqa Yu D M U.G Oʻ.G O
OFK Kubogi 7 2 3 2 11 10 9
Hammasi 7 2 3 2 11 10 9
AFC
Sana Raund Natija Jamoa Joyi Mavsumi
01.03.2011 Guruh bosqichi 4-0  Al-Qodisiya Havali 2011-yil OFK kubogi
15.03.2011 Guruh bosqichi 7-2   As-Saqr Gʻuzor
13.04.2011 Guruh bosqichi 1-1   Al-Ittixod Gʻuzor[26]
26.04.2011 Guruh bosqichi 0-0   Al-Ittixod Alepo
04.05.2011 Guruh bosqichi 1-1  Al-Qodisiya Gʻuzor
11.05.2011 Guruh bosqichi 0-1   As-Saqr Alepo
25.05.2011 1/8 final 2-1   Al-Vixdat Amman

Yutuqlari tahrir

  • Oʻzbekiston Oly ligasi 4-oʻrin:
    • 2010-yil
  • Oʻzbekiston Birinchi ligasi gʻolibi (1):
    • 2014-yil
  • Oʻzbekiston Birinchi ligasi Ikkinchi oʻrin (1):
    • 2004-yil
  • Oʻzbekiston kubogi finalchi (1):
    • 2010-yil
  • OʻzPFL kubogi gʻolibi (1):
    • 2015-yil
  • OFK kubogi:
    • 2011-yil: 1/8 final bosqichi

Stadion tahrir

„Shoʻrtan“ oʻz uy uchrashuvlarini 7000 tomoshabinga moʻljallangan „Gʻuzor“ stadionida oʻtkazadi.[27]

Qashqadaryo derbisi tahrir

„SHoʻrtan“ futbol klubi „Qashqadaryo derbisi“ qarama-qarshiligining 3 nafar ishtirokchisidan biridir.

Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati mamlakat Oliy ligasida yaqin vaqtgacha birdaniga 3 xil shaharning 3 ta klubi: „Nasaf“ — Qarshi , „Mash’al“ — Muborak va Gʻuzordan „Shoʻrtan“ ishtirok etdi.

Bu 3 jamoa oʻrtasidagi oʻyinlar „Qashqadaryo derbisi“ maqomiga ega, bu nafaqat Qashqadaryo viloyatining oʻzida, balki butun Oʻzbekiston boʻylab qiziqish uygʻotmoqda.

Jamoa tarkibi tahrir

Hozirgi tarkibi tahrir

2022-yil 22-may holatiga[28]
Amplua Futbolchi
1   UZB DR Amirbek Lutfullaev
2   UZB HM Nodirxon Ne’matxonov
3   UZB HM Islombek Baratov
4   UZB HM Ulug‘bek Xudoyberdiev
5   UZB HM Timur Nabiyev
6   UZB YH Shahboz Nuriddinov
7   UZB YH Bekzod Suvonov
8   UZB YH Xojiakbar Yunusov
9   UZB HJ Davron Isoqov
10   UZB HJ Muhriddin Zoirov
11   UZB HJ Asadbek Samariddinov
12   UZB DR Akobir Qayumov
13   UZB YH Farhod Imamov
14   UZB HM Nodirjon Nurmatov
15   UZB HM Jafar Karimov
16   UZB YH Choriyor Tursunqulov
Amplua Futbolchi
17   UZB YH Javohir Hasanov
18   UZB YH Jonibek Ko'chimov
19   UZB YH Elyor Omonjonov
20   UZB HM Shohzamon Xayrullaev
21   UZB YH Abdumutal Tursunqulov
22   UZB YH Javohir Shokirov
23   UZB HM Shahboz Jo‘raev
24   UZB HM Farzin Muxtorov
25   UZB HM Abduxoliq Qurbonov
26   UZB YH Oybek Jonibekov
27   UZB YH Sarvar Buronov
28   UZB YH Sherzod G‘ulomjonov
30   UZB HJ Eldor Ergashev
31   UZB DR Asilbek Berdialiyev
33   UZB DR Shohjahon Nasimov
34   UZB HJ Alfayzi Ne’matov

Klub hodimlari tahrir

Boshqaruv tahrir

Jamoa menejeri Shamil Yarulin
Sport direktori Abdurahmon Yumangulov
Jamoa Boshligʻi Ihtiyor Karimov

Murabbiylar shtabi tahrir

Lavozim Ism
Menejer   Anvar Berdiyev
Yordamchi murabbiy
Darvozabonlar murabbiyi
Klub shifokori

Boshqaruv tarixi tahrir

Maʼlumotlar 2017-yilga tegishli. Roʻyxatda kichik noaniqliklar boʻlishi mumkin.

Yillar Murabbiy
1994 — 2004 Maʼlumotlar mavjud emas
2005   Sergey Dotsenko
2008   Bahrom Hakimov
2008 — 2008   Viktor Pasulko
2009   Usmon Toshev
2009 — 2011   Edgar Gess
2011   Tachmurad Agamuradov
2011 — 2012   Igor Kriushenko
2012 — 2013   Edgar Gess
2013 — 2013   Zoir Toʻʻraqulov
2013 — 2014   Erkin Mirzayev
2014 — 2016   Muxtor Qurbonov
2016   Aleksandr Volkov
2016 — 2017   Ixtiyor Karimov
2017   Genadiy Kochnev
2017   Edgar Gess
2017   Genadiy Kochnev
2017   Yorqin Nazarov
2018 — 2022   Asror Aliqulov[29]
2023   Aleksey Yevstafeyev[30]
2023 —   Anvar Berdiyev

Mashhur futbolchilar tahrir

Yana qarang tahrir

Oʻzbekiston futbol klublari Osiyo kuboklarida

Manbalar tahrir

  1. „"Шўртан" - 18 ёшда“. 29-oktyabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-oktyabr 2023-yil.
  2. „2010 йилги Ўзбекистон кубоги финали. Финалга чиққан “Шўртан”, Ристичнинг ғалаба тўпи, юлдузларсиз ўйнаган “Бунёдкор”“. 12-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  3. „Ишонасизми? Кубок доирасидаги баҳсларда "Шўртан" "Пахтакор"ни кўпроқ мағлуб этган“. 5-oktyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  4. „Al Wehdat 2–1 Shurtan“. the-afc.com (25-may 2011-yil). 12-sentyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  5. „Igor Kriushenko appointed as Shurtan head coach“. UzDaily.com (22-noyabr 2011-yil). 3-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  6. „Breaking news. ФИФА ЎФФга "Шўртан"ни 2018 йил биринчи лигага тушириб юбориш талабини қўйди“. 12-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  7. „Асрор Алиқулов “Шўртан” бош мураббийи“. 12-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  8. „"Шўртан"нинг логотипи янгиланди“. 12-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  9. „Расман: ФИФА “Шўртан”га қўйилган тақиқни олиб ташлади“. 12-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  10. „“Шўртан”да уйғониш даври. Клуб яна ўз академиясига эътибор беришни бошлади“. 12-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  11. „ЎФА раҳбарияти Ғузордаги "Шўртан" клуби стадиони ва академияси билан танишди“. 12-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  12. https://pfl.uz/uzb/m/match/15299
  13. https://pfl.uz/uzb/m/match/15308
  14. https://pfl.uz/uzb/m/match/15319
  15. https://pfl.uz/uzb/m/match/15326
  16. https://pfl.uz/uzb/m/match/15326
  17. https://pfl.uz/uzb/m/match/15336
  18. https://pfl.uz/uzb/m/match/15341
  19. https://pfl.uz/uzb/m/match/15318
  20. https://pfl.uz/uzb/m/match/15345
  21. https://pfl.uz/uzb/m/match/15352
  22. https://pfl.uz/uzb/m/match/15887
  23. https://pfl.uz/uzb/m/match/15892
  24. „2010 йилги Ўзбекистон кубоги финали. Финалга чиққан “Шўртан”, Ристичнинг ғалаба тўпи, юлдузларсиз ўйнаган “Бунёдкор”“. 4-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-may 2023-yil.
  25. „championat.asia - Олий лига-2017. Барча 16 жамоанинг футболчилар рўйхати“. 19-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2017-yil.
  26. „"SHo'rtan"dan bir o'yin tarixi“. 29-oktyabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-oktyabr 2023-yil.
  27. „"Шўртан" стадионининг айни дамдаги ҳолатини кўрдингизми?“. 12-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  28. „Andijon“. pfl.uz. Qaraldi: 20-may 2022-yil.
  29. „Асрор Алиқулов - "Шўртан" бош мураббийи“. 12-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  30. „fcshurtan.uz - Алексей Евстафеев — «Шўртан» жамоаси бош мураббийи“. Qaraldi: 11-yanvar 2023-yil.

Havolalar tahrir