Vadim Afonin (1987-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbek — rus futbolchisi, yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Vadim Afonin
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 29-sentyabr 1987-yil
Tavallud joyi Toshkent,
Oʻz SSR, USSR
Boʻyi 1,76 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005 Traktor 24
2006-2008 Rubin 0 (0)
2009-2012 Shoʻrtan 69 (4)
2013 Salyut 35 (2)
2014-2017 Orenburg 103 (5)
2017 Anji 13
2018-2019 Orenburg 49 (5)
2020 Lokomotiv 15
2020-2021 Tomsk
Milliy terma jamoa
2004 Oʻzbekiston U17 7 (2)
2007 Oʻzbekiston U20 5 (0)
2009 Oʻzbekiston U23 2 (0)
2012 Oʻzbekiston 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Toshkentdagi „Traktor“ klubi maktabi tarbiyalanuvchisi. U yoshlar jamoasida oʻynagan va professional faoliyatini 2005-yilda aynan shu klubda boshlagan. „Traktor“ning asosiy jamoasida u bir mavsum oʻynadi, 25 oʻyin oʻtkazdi.

2006-yilda Qozonning „Rubin“ klubiga oʻtdi. U zaxira jamoasida oʻynagan, 2-yilida yili u yoshlar jamoa sardori boʻlgan. Asosiy jamoa tarkibida u Rossiya kubogining 1/16 finalida „Smena“ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi, butun oʻyinni oʻtkazdi. 2010-yilda „Rubin“ bilan Hamdoʻstlik kubogini qoʻlga kiritdi. Barcha oʻyinlarda qatnashib, 1 ta gol urdi.

2009-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi bilan shartnoma imzolab, Oʻzbekistonga qaytib keldi. U bu klubda 2012-yil oxirigacha oʻynadi. 2011-yilda „Shoʻrtan“ tarkibida OFK kubogida ishtirok etib, 1/8 finalgacha yetib bordi. U „Shoʻrtan“ safida jami 69ta oʻyin oʻtkazib, 4ta gol urgan.

2013-yilda u Rossiyaga qaytib, Belgorod Salyutiga koʻchib oʻtdi, u 2013-yil davomida oʻynadi va 35 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi. 2014-yil fevral oyida Afonin Orenburgning Gazovik klubi bilan shartnoma imzoladi.[1] 2017-yilning 21-iyun kuni „Anji“ klubi Afonin bilan ikkinchi yil varianti bilan bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.[2] U 2018-yilning 11-yanvarida „Orenburg“ ga qaytdi.[3] 2020-yilning 19-fevralida „Orenburg“ uni ligada roʻyxatdan oʻtgan tarkibidan chiqarib tashladi.[4]

2020-yil 2-mart kuni u Oʻzbekistonga qaytib keldi va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi[5]

Terma jamoada

tahrir

16 yoshidan boshlab yoshlar terma jamoasiga, keyin esa Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga chaqirila boshlandi. U 2012-yili Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Quvayt terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (3:0) bitta oʻyin oʻtkazgan.

2016-yilning noyabr oyida Vadim Afonin Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga Iordaniya va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarga chaqirilgan edi.

Yutuqlar

tahrir

Shaxsiy

tahrir
  • Rossiya FNL 2015/16 mavsumining eng yaxshi yarim himoyachisi.[6]

Manbalar

tahrir
  1. „Afonin“ (ruscha). FC Gazovik Orenburg (8-fevral 2014-yil). 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2017-yil.
  2. „Афонин - новичок Анжи“ (ruscha). fc-anji.ru. FC Anzhi Makhachkala (21-iyun 2017-yil). 10-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2017-yil.
  3. „Orenburg - Afonin“ (ruscha). FC Orenburg (11-yanvar 2018-yil). 2-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2022-yil.
  4. Vadim Afonin Rossiya Premyer-ligasi saytida
  5. „Добро пожаловать, Вадим Афонин! В стан "Локомотива" прибыл новый футболист“ (ruscha). PFC Lokomotiv Tashkent (2-mart 2020-yil).
  6. „Вадим Афонин лучший полузащитник прошедшего сезона ФНЛ“ (deadlink). 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.

Havolalar

tahrir