Qoʻqon 1912 futbol klubi (oʻzbekcha: Qoʻqon 1912 futbol klubi / Қўқон 1912 футбол клуби) — Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri futbol klubi. U Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyodagi eng birinchi tashkil etilgan futbol jamoasi hisoblanadi[1][2].

FK Qoʻqon 1912
Qo'qon new.png
Toʻliq nomi Qoʻqon 1912 futbol klubi
Laqabi Qoʻqonliklar
Asos solingan 1912
Stadion Qoʻqon stadioni
Stadion hajmi 10,500
Prezidenti Grigoriy Viktorovich Ayrapetov
Direktori Mo'minov Shuhrat
Murabbiyi Davron Fayziyev
Sardori Murod Holmuhammedov
Vebsayt http://kokand1912.uz/
Musobaqasi Oliy liga
2021 8
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Ushbu maqolani tinglang (10 daqiqa)
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 27-iyul, 2022-yil(2022-07-27) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

TarixiTahrirlash

Kelib chiqishiTahrirlash

Oʻzbekiston hududiga futbol birinchi marta 20-asr boshlarida kirib kelgan edi. Rossiya imperiyasi askarlari boʻsh vaqtlarida futbol oʻynay boshladilar, ular Oʻrta Osiyoning turli shaharlarida joylashgan edi.

Rossiya imperiyasining harbiy istehkomlari, shaharlari va qishloqlari aholisi yangi sport turiga qiziqish bildirishdi. Askarlar oʻrtasidagi oʻyinlarga koʻplab tomoshabinlar qiziqdi. Mahalliy yoshlar orasida futbol oʻziga xos tarzda ommalasha boshladi. Oʻsha paytdagi haqiqiy jamoalar faqat askarlar uchun edi. Mahalliy aholi asta-sekin askarlarga taqlid qila boshladi va uy sharoitida futbol toʻpini yasashga muvaffaq boʻlishdi. Ular uchun birinchi toʻpni mahalliy poyabzal ishlab chiqaruvchisi yaratgan edi. Material uchun teridan foydalanilgan va toʻpning ichi turli matolar bilan toʻldirilgan. Koʻp oʻtmay, bir nechta mahalliy aholi vakillari kerakli pulni yigʻib, rus askarlariga haqiqiy toʻpni sotib olishgan. Ular haqiqiy toʻpga ega boʻlishgach, futbolning mashhurligi yanada oshdi.

1912-yilda Qoʻqonda mahalliy aholidan iborat birinchi futbol jamoasi tuzildi. Bu Oʻrta Osiyo tarixidagi birinchi futbol jamoasi edi. Avvaliga, bu jamoa bir-biriga qarshi oʻyin oʻynadi, keyin esa rus askarlari jamoalari bilan oʻynashni boshladi. Bora-bora Qoʻqon jamoasi rus askarlarini, baʼzan esa yirik hisoblar bilan jamoaviy gʻalaba qozona boshladi. Muvaffaqiyatdan soʻng, raqib „Qoʻqon-Fargʻona harbiy garnizoni“ jamoasiga aylanadi. Skobelev (hozirgi Fargʻona)dagi oʻyin minimal farq bilan garnizon harbiylari jamoasi foydasiga qadar davom etadi. Magʻlubiyatdan soʻng qoʻqonliklar javob oʻyinini oʻtkazishni taklif qildi, bir oydan keyin esa jamoalar oʻrtasidagi oʻyin takrorlandi. Javob oʻyini Qoʻqonda boʻlib oʻtdi va qoʻqonliklarning minimal hisobdagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Bu oʻyinga koʻplab tomoshabinlar qiziqish bildirdi.

Koʻp oʻtmay, Qoʻqon jamoasi futboldagi qator muvaffaqiyatlardan soʻng nafaqat Qoʻqon, balki butun Fargʻona vodiysi ziyolilari va savdogarlar eʼtiborini qarata boshladi. Ularning saʼy-harakati bilan 1912-yilda Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston tarixida birinchi boʻlib „Muskomanda“ yaʼni musulmon jamoasi deb nomlangan futbol jamoasi tuzildi. Keyinchalik Fargʻona vodiysining boshqa shahar va qishloqlarida mahalliy jamoalar tuzildi. „Muskomanda“ bu jamoalar bilan oʻyinlar oʻtkazib, Fargʻona vodiysining shahar va qishloqlarida oʻziga xos turnir uyushtirdi.

Mahalliy ishqibozlar uchun oʻyin maydoni muammosiz tashkil etilgan va asosiy muammo — toʻp va mos poyabzal edi. Toʻp bilan bogʻliq muammoni „Muskomanda“ aʼzolari — aka-uka Roʻzimat va Ismoil Niyozovlar hal qilishdi. Ular uy sharoitida toʻplarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishdi. Katta viloyat jamoalari oʻrtasida toʻpga boʻlgan talab yuqori boʻlganligi sababli, aka-ukalar ishlab chiqarishni kengaytirishga va shu bilan birga oʻz ustaxonalarini kengaytirishga qaror qilishadi. Aka-uka oʻz ischilari bilan birgalikda nafaqat toʻplar, balki futbol uchun qoʻlbola poyabzal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Qoʻqonda ishlab chiqarilgan toʻplar butun Oʻrta Osiyoda mashhur boʻladi. Aka-ukalarga Markaziy Rossiyadan buyurtma keladi va ular u yerga buyurtma qilingan toʻrt yuz dona toʻp yuboradilar.

Keyingi rivojlanishTahrirlash

1910-yillarda „Muskomanda“ning eng mashhur oʻyinchilari — aka-uka Roʻzimat va Ismoil Niyozovlar, Hasanjon Muhiddinov, aka-uka Oxunjon, Akbarjon, Moʻminjon Baymatovlar edi. 1920—1930-yillarda „Muskomanda“ning asosiy oʻyinchilari Qoʻqon neft ishlab chiqarish zavodining ishchilari boʻlgan.

Sovet Ittifoqi tashkil eilib, mamlakatda ateistik mafkura qaror topgach, klub Muskomanda nomidan mahrum boʻlib, Qoʻqon deb atala boshlandi. 1926-yilda futbol boʻyicha Oʻzbekiston SSR chempionati oʻtkazila boshlandi va 1936-yilgacha turnir Oʻzbekiston SSR shaharlari chempionati deb nomlandi. Bu turnirda qoʻqonliklar katta muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi va Chempionlar asosan Toshkent va Fargʻona shahri jamoalari boʻlgan. 1937-yildan boshlab Oʻzbekiston SSR shaharlari chempionati Oʻzbekiston SSR chempionatiga aylantirildi va oʻsha mavsumda Qoʻqon vitse-chempioniga aylandi. Aynan oʻsha yillarda Oʻzbekiston SSR futbol jamoasi tuzilib, uning asosini Toshkent jamoalari oʻyinchilari bilan bir qatorda qoʻqonlik futbolchilar tashkil etishgan.

Sovet davriTahrirlash

1950-yillarda Qoʻqon klubi kichik tanazzulga yuz tutdi. Klub „Mehnat“ nomini oldi va asosan Oʻzbekiston SSR chempionatida qatnashar edi. 1958-yilda Qoʻqonda besh ming tomoshabinga moʻljallangan Komsomol stadioni qurilishi yakunlandi. Oʻsha yillarda shaharda yana bir nechta futbol jamoalari tuzildi, ularning har biri turli kompaniyalardan iborat. Bu klublar „Mehnat“ jamoasining oʻziga xos kichik klublariga aylanadi va bu jamoalarning eng iqtidorli oʻyinchilari shaharning asosiy jamoasi — „Mehnat“dan taklif olishadi.

1968-yilda „Mehnat“ Sovet Ittifoqi chempionati ikkinchi ligasining „B“ guruhida debyut qildi va mavsum yakuniga koʻra Oʻrta Osiyo mintaqasida 22 jamoa orasida 19-oʻrinni egalladi. 1969-yilda „Mehnat“ mavsum yakuniga koʻra, Ikkinchi liganing „B“ guruhidagi Markaziy Osiyo mintaqasida 24 ta jamoa orasida 14-oʻrinni egalladi. 1970—1987-yillarda „Mehnat“ viloyat birinchiligida, keyinroq Oʻzbekiston SSR chempionatida qatnashgan. 1987-yilda „Mehnat“ oʻz tarixida birinchi va oxirgi marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi. „Qoʻqon“ klubi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etadi, ammo gʻolib boʻlmaydi.

1988-yilda klub nomi „Avtomobilist“ deb oʻzgartirildi va shu yili Sovet Ittifoqi ikkinchi ligasi boshlanadi. Mavsum yakuniga koʻra, „Avtomobilist“ yettinchi zonadagi 19 jamoa orasida 13-oʻrinni egalladi. 1989-yilda „Avtomobilist“ mavsum oxirida 21 jamoa orasida 5-oʻrinni egalladi. 1990 va 1991-yilgi mavsumlarda „Avtomobilist“ Sovet Ittifoqi Ikkinchi ligasida ham ishtirok etadi va mavsum yakunlari boʻyicha mos ravishda 7 va 14-oʻrinlarni egallaydi.

OʻzbekistonTahrirlash

Sovet Ittifoqi parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1991-yildan boshlab mamlakat milliy chempionati — Oʻzbekiston chempionati oʻtkazib kelinmoqda. Oʻsha yili klub oʻz nomini „Temiryoʻlchi“ deb oʻzgartirdi. „Temiryoʻlchi“ jamoasi Oʻzbekiston Oliy ligasiga qoʻshildi va shu tariqa Oʻzbekiston Oliy ligasining ilk qur’a tashlash marosimi ishtirokchilaridan biriga aylandi. Debyut mavsum yakunlariga koʻra, oʻn yetti jamoa orasida oltinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha yili „Temiryoʻlchi“ ham Oʻzbekiston kubogining birinchi qur’asi finaliga qadar yetib borgan, Namanganning „Navbahor“ jamoasiga 6:5 hisobida imkoniyatni boy bergan. Oʻsha yili Qoʻqon klubi oʻz tarixida birinchi va oxirgi marta Oʻzbekiston kubogi finaliga chiqqan edi. Bu klubning Oʻzbekiston mustaqilligi davrida erishgan eng yaxshi yutugʻi hisoblanadi.

„Temiryoʻlchi“ 1995-yilgacha Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etgan. 1995-yilgi mavsumda soʻnggi 15-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston birinchi ligasiga tushib ketdi. Birinchi liga ikki mavsumga kechiktirildi va 1997-yilgi mavsumda ushbu liga gʻolibiga aylanib, Oliy ligaga qaytdi. 2000-yilgacha Qoʻqon klubi Oliy ligada ishtirok etgan. 2000-yilgi mavsumda oʻz tarixida ikkinchi marta soʻnggi 20-oʻrinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketdi.

2001-yilda yana Oliy ligaga qaytdi. 2002-yilda klub nomini „Qoʻqon“ deb oʻzgartirdi. 2002 va 2003-yilgi mavsumlarda Oliy ligada qatnashgan, 2004-yilda esa Oliy ligada ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. 2005 va 2006-yillarda Birinchi ligada, 2007-yilda esa hatto Ikkinchi ligada ham qatnashgan. Keyingi ikki mavsum yana Birinchi liga ishtirokchisi boʻldi. 2009-yilda klub nomini „Bunyodkor-Qoʻqon“ deb oʻzgartirdi. 2010-yilda klub oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi.

2012-yilda klub „Qoʻqon-1912“ nomi bilan qayta tiklandi va 2014-yilgacha Birinchi ligada ishtirok etdi. 2014-yilda Birinchi ligada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, yana Oliy ligada qatnashish imkoniyatiga ega boʻldi. Hozirgacha ushbu Liga ishtirokchisi.

Jamoa nomlari tarixiTahrirlash

Yillar Nom
1912-1925 Muskomanda
1925-1950 Qoʻqon
1950-1987 Mehnat
1988-1991 Avtomobilist
1992-2001 Temiryoʻlchi
2002-2008 Qoʻqon
2009-2011 Bunyodkor-Qoʻqon
2012 - Qoʻqon 1912

Mahalliy tarixTahrirlash

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurarlar Murabbiy
Div. Pos. Pl. W D L GS GA P Ism Liga
1992 1st 6th 32 18 7 7 47 28 43 Ikkinchi Oʻrin Rustam Abdullaev 18
1993 1st 6th 30 13 5 12 36 34 31 1/16 final Oydinbek Aliyev 12
1994 1st 5th 30 16 4 10 50 42 36 1/8 final Muhtor Qurbonov 15
1995 1st 15th 30 6 3 21 26 67 21 Chorak final
1996 2nd 4th 52 32 7 13 112 62 103 Birinhi bosqich
1997 2nd 1st 42 27 9 6 101 39 90 Chorak final
1998 1st 7th 30 13 4 13 53 63 43 1/8 final
1999 1st 10th 30 11 3 16 53 79 36 Not held
2000 1st 20th 38 8 5 25 53 104 29 1/16 final
2001 2nd 1st 32 27 5 0 78 24 86 1/8 final
2002 1st 14th 30 10 2 18 31 60 32 Chorak final
2003 1st 10th 30 11 0 19 47 67 33 1/8 final
2004 Yillik badal toʻlovi toʻlanmaganligi sababli klub Ligada ishtirok etishdan toʻxtatildi.
2005 2nd 3rd 30 18 5 7 49 31 59 -
2006 2nd 18th 38 9 3 26 58 89 24 Birinhi bosqich
2007 3rd 1st -
2008 2nd 4th 34 19 8 7 56 30 65 -
2009 2nd 1st 26 18 4 4 55 22 58 Ikkinchi Bosqich
2010/2011 Klub faoliyati toʻxtatilgan edi
2012 2nd 9th 30 12 8 10 45 43 44 -
2013 2nd 3rd 30 18 5 7 49 31 59 1/8 final
2014 2nd 2nd 30 23 2 5 75 28 71 1/8 final Otabek Haydarov 25
2015[3] 1st 12th 30 9 4 17 31 52 31 1/8 final Nosirbek Otaqoʻziyev 9 Rustam Abdullaev

Vadim Shodimatov (vaqtincha)

2016 1st 12th 30 8 5 17 31 55 29 Chorak final Nosirbek Otaqoʻziyev 7 Noʻmon Hasanov
2017 1st 9th 30 11 8 11 42 47 41 Chorak final Suhrob Berdiev 11 Noʻmon Hasanov
2018 1st 9th 20 7 7 6 21 14 28 Yarim final Murod Xolmuhamedov 11 Noʻmon Hasanov
2019 1st 11th 26 6 8 12 31 45 26 Ikkinchi Bosqich Murod Xolmuhamedov 8 Noʻmon HasanovAziz Toʻxtaboev
2020 1st 5th 26 13 3 10 35 28 42 Yarim final Murod Xolmuhamedov 12 Bakhtiyor Ashurmatov
2021 1st 8th 26 9 9 8 37 36 36 Guruh bosqichi Ivan Josović

Sardorbek Azimov

Muhammadanas Hasanov

5 Bakhtiyor Ashurmatov

StadionTahrirlash

Klub uy oʻyinlarin Qoʻqon Markaziy stadionda oʻtkazadi. Qoʻqon Markaziy stadioni 10550 tomoshabinga moʻljallangan.

YutuqlariTahrirlash

Joriy tarkibiTahrirlash

2022-yil 28-iyun holatiga[4]Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.[5]
Amplua Futbolchi
1   UZB DR Muzaffar Abdullaev
2   UZB HM Muhammadrizo Vahobov
4   UZB HM Ilhomjon Vahobov
5   SRB HM Slavko Lukić
6   UZB YH Dilshod Rahmatullaev
7   UZB YH Jamshid Hasanov
8   UZB YH San’at Shixov
9   UZB HJ Andrey Sidorov
10   UZB HJ Javohir Sidiqov
11   UZB HJ Shahzodbek Nurmatov
12   UZB DR Nodir Ashurmatov
13   UZB YH Sardor Azimov
14   UZB HM Avazxon Mamatxoʻjayev
15   UZB HM Oybek Rustamov
16   UZB HJ Shoxnazar Norbekov
17   UZB YH Quvondiq Ro‘ziyev
20   UZB HJ Murod Komilov
Amplua Futbolchi
21   UZB DR Islom Abdullayev
22   UZB HM Sardorjon Yetovqo'ziyev
23   UZB HM Aleksandr Merzlyakov
24   UZB HM Abdulloh Mirkomilov
26   UZB HM Xabibjon Sharipov
27   UZB YH Anvar Hojimirzayev
28   UZB YH Asadbek Qurbonov
29   UZB YH Quvonchbek Cho'lponov
31   UZB YH Ayubxon Isoqov
32   UZB YH Jamshid Bekturdiyev
33   SRB HM Ivan Yosovich
35   UZB HM Yahyoxon Akbarov
36   UZB YH Diyor Jaloliddinov
37   UZB YH Azizxon Erkinov
38   UZB YH Jamshidbek Saidvaqqosov
39   UZB YH Davronbek Sotvoldiyev
42   UZB DR Shamsiddin Xusanov
59   UZB HM Rasuljon Abdurahmonov
70   UZB HJ Bilolxon Toshmirzayev
77   UZB HM Murod Xolmuhamedov
92   UZB HJ Muhammaddiyor Inomjonov
99   UZB YH Abdullajon Yunusov

Klub hodimlariTahrirlash

Murabbiylar shtabiTahrirlash

Mashhur futbolchilarTahrirlash

Rossiya imperiyasi davriTahrirlash

  • Xusanxon Muxitdinov
  • Roʻzimat Niyozov
  • Ismoil Niyozov
  • Oxunjon Boymatov
  • Akbarjon Boymatov
  • Moʻminjon Boymatov

SSSR davriTahrirlash

  • Viktor Yablonskiy
  • Aleksandr Shmarikov
  • Nu’mon Xasanov
  • Baxrom Hakimov
  • Andrey Fedorov
  • Sergey Skorovich
  • Damir Rahmatullin
  • Evgeniy Matveev
  • Yuriy Gazyukin
  • Elvedin Eyupov

OʻzbekistonTahrirlash

  • Stepan Atoyan
  • Ibrohim Rahimov
  • Piter Ageev
  • Rustam Abdullayev
  • Nosir Atakuzyev
  • Nikita Rybkin
  • Javohir Siddiqov
  • Shuhrat Mamajonov
  • Aleksandr Kirov
  • Igor Golban
  • Nikola Valentich
  • Darko Gojkovich
  • Filipp Rajevac
  • Stepan Atayan
  • Andrey Fedorov
  • Bahrom Hakimov
  • Viktor Yablonskiy
  • No'mon Xasanov
  • Shuhrat Namayunov
  • Ibrohim Rahimov

MurabbiylarTahrirlash

Ushbu roʻyxat toʻliq emas, yillar davomida kichik xatolar boʻlishi mumkin (futbolfacts.ru maʼlumotlari)

Period Glavniy trener
1988 — 1990   Elvidin Eyupov
1989 — 1990   Genndiy Motlax
1991   Nerd Ayriyev
1992—1993   Bahrom Hakimov
1994—1995   Elvidin Eyupov
1995—1997   Genndiy Motlax
1998—1999   Bahrom Hakimov
1999   Elvidin Eyupov
2000   Muhammadali Qoʻldoshev
2001—2003   Avxat Abdulin
2003   Yuriy Gazyukin
2003   Rustam Abdullaev
2004—2005   Elvidin Eyupov
2009  Tohir Kapadze
2010—2011 Klub faoliyati toʻxtatilgan edi
2012—2014   Tohir Kapadze
  Muhiddin Abdullayev
2014—2015   Rustam Abdullaev
2015   Vadim Shodmatov
2015—2016   Murod Ismoilov
2016   Sergey Kovshov
2016 — 2019   Noʻmon Hasanov
2019   Aziz Toʻxtaboev
2020—2022   Baxtiyor Ashurmatov[6]
2022—2023   Davron Fayziyev[7]
2023—   Muhsin Nizomiddinov[8]

ManbalarTahrirlash

  1. FK Qoʻqon 1912 Wayback Machine saytida arxivlandi (23-iyul 2014-yil). weltfussballarchiv.com, 20.03.2015, (Inglizcha)
  2. „"Қўқон 1912" футбол жамоасининг қисқача тарихи“ (oʻzbekcha). www.kokand1912.uz – Официальный сайт футбольного клуба "Коканд 1912". Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.
  3. „"Ретро сурат". 2015 йилги "Қўқон-1912"“. 6-may 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-may 2023-yil.
  4. „Navbahor“. pfl.uz. Qaraldi: 9-aprel 2021-yil.
  5. „Qo'qom 1912“. 28-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
  6. „Расмий хабар: Бахтиёр Ашурматов - “Қўқон-1912” жамоаси бош мураббийи“. 10-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
  7. „Расмий хабар: Даврон Файзиев – "Қўқон-1912" бош мурабиийи!“. 10-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
  8. „Расман: Мухсинжон Низомиддинов — "Қўқон-1912" бош мураббийи“. 29-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-aprel 2023-yil.

HavolalarTahrirlash