Noʻmon Hasanov (oʻzbekcha: Нўмон Нурматович Хасанов yoki No'mon Nurmatovich Hasanov) — oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va murabbiy.

Noʻmon Hasanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Noʻmon Nurmatovich Hasanov
Tavallud sanasi 2-oktyabr 1971-yil (1971-10-02) (53 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Paxtakor Oʻzbekiston SSR SSSR
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tojikiston Istaravshan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet Ittifoqi SSSR
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1990 Oʻzbekiston Avtomobilist 34 (6)
1990 Oʻzbekiston Sohibkor 7 (0)
1990—1993 Oʻzbekiston Paxtakor 85 (25)
1995—1997 Oʻzbekiston MHSK 101 (54)
1998 Rossiya FC Rubin 8 (0)
1998 Oʻzbekiston Avtomobilist 16 (2)
1998—2000 Oʻzbekiston Doʻstlik 47 (15)
2001—2002 Oʻzbekiston Nasaf 36 (11)
2002—2003 Oʻzbekiston Doʻstlik 21 (0)
2003 Oʻzbekiston Qoʻqon 1912 12 (3)
2004—2005 Oʻzbekiston Traktor 43 (13)
2006—2007 Oʻzbekiston Shoʻrtan 42 (5)
2007 Oʻzbekiston Traktor 12 (2)
2008 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 17 (1)
2009 Oʻzbekiston Lokomotiv Toshkent 14 (0)
Milliy terma jamoa
1992-2007 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 23 (4)
Boshqargan klublari
2002—2003 Oʻzbekiston Doʻstlik
2012 Oʻzbekiston Paxtakor-2
2012—2013 Oʻzbekiston Paxtakor yoshlar jamoasi
2014—2015 Oʻzbekiston Paxtakor (assistant)
2015—2016 Oʻzbekiston Paxtakor
2016—2019 Oʻzbekiston Qoʻqon 1912
2020—2021 Oʻzbekiston Navbahor (assistant)
2022—2023 Tojikiston Istaravshan
2023 Tojikiston Xoʻjand
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Futbolchilik faoliyatini 1989-yilda „Avtomobilchi Qoʻqon“ jamoasida boshlagan. 1990-yilning yozida „Soxibkor Xalqobod“ jamoasiga kelib qoʻshilgan, ammo 7 oʻyindan soʻng Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. Soʻngra Toshkentning MHSK, Qozonning „Rubin“, „Avtomobilist“, „Doʻstlik Yangibozor“, „Nasaf Qarshi“, „Qoʻqon 1912“, „Traktor Toshkent“, „Shoʻrtan Gʻuzor“, „Soʻgʻdiyona“ klublarida toʻp surgan. 2009-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi futbolchisiga aylandi va shu yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi.[1]

Milliy terma jamoa

tahrir

1992—1997-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasi safini himoya qilgan, u yerda jamoa sardori  boʻlgan.[2]

Murrabiylik faoliyati

tahrir

Murabbiy sifatida ilk ishini 2003-yilda ham „Doʻstlik Yangibozor“ klubida futbolchisi boʻlsa-da, u jamoani boshqargan, biroq yozda jamoani tark etgan.

2012-yilda Chilonzorning „Paxtakor-2“ farm klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2012-yilning 24-iyulida Noʻmon Xasanov oʻz lavozimini tark etib, „Paxtakor“ yoshlar jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.[3] 2012-yilda „Paxtakor“ yoshlari bilan Oʻzbekiston yoshlar ligasi, Oʻzbekiston ligasi jamoalari yoshlar terma jamoasi chempionatida gʻalaba qozongan. 2014-yil yanvar oyida u „Paxtakor“ ga yangi murabbiy etib tayinlangan Samvel Babayanga yordamchi murabbiy etib tayinlandi.

2015-yilning 7-iyulida Samvel Babayan oʻz lavozimini tark etib, Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi uchun „Paxtakor“ bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.[4][5] 2016-yilgi mavsum ikkinchi yarmida „Qoʻqon 1912“ jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Qoʻqon jamoasini 3 yildan ziyod boshqargan Hasanov 2019-yilgi mavsumda isteʼfoga chiqarildi. 2020-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasining klub tizimiga taklif etildi va bir muddat bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimda ham faoliyat olib bordi.

2022-yil Tojikiston Oliy ligasi vakili „Istaravshan“ klubi bosh murabbiyiga aylandi. 2023-yil OFK kubogi ishtirokchisiga aylangan Tojikistonning boshqa bir jamoasi Xoʻjandning „Xoʻjand“ klubi bosh murabbiyiga aylandi.[6][7]

Yutuqlar

tahrir

Futbolchi sifatida

tahrir
Paxtakor
MHSK Toshkent

Doʻstlik

tahrir

Murabbiy sifatida

tahrir
Paxtakor

Individua

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir