Soʻgʻdiyona (futbol klubi)

Oʻzbekistonning Jizzax shahridagi futbol klubi

Soʻgʻdiyona professional futbol klubi (oʻzbekcha: "Сўғдиёна" Жиззах Футбол Клуби) Jizzax viloyati sharafini himoya qiluvchi futbol klub, Oʻzbekiston Superligasi vakili.[1]

Soʻgʻdiyona PFK
Toʻliq nomi Soʻgʻdiyona professional futbol klubi
Laqabi Bo'rilar
Asos solingan 1970-yil
Stadion Soʻgʻdiyona (stadion)
Stadion hajmi 11,650
Bosh direktori  UZB Javlon Salohitdinov
Murabbiyi  UZB Ivan Bošković
Vebsayt http://fcsogdiana.uz/
Musobaqasi Superliga
2023 11
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

„Soʻgʻdiyona Jizzax“ futbol klubi 1970-yilda tashkil topgan boʻlib, u Soʻgʻdning qadimiy tarixiy hududi sharafiga nomlangan. Sovet davrida klub asosan SSSR chempionatining ikkinchi va birinchi ligalarida ishtirok etgan. 1979-yilda SSSR Ikkinchi ligasining „Markaziy Osiyo“ zonasi gʻolibi boʻldi. 1992-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasining debyut qur’asida „Soʻgʻdiyona“ shov-shuvli tarzda ushbu liganing bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, ular uch marta Oʻzbekiston Birinchi ligasi (hozirgi Oʻzbekiston Pro-ligasi) gʻolibi, bir marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Oʻzbekiston PFL kubogining ikki karra gʻolibi boʻlgan. Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi natijasi ikkinchi oʻrindir (2021).

Tarixi tahrir

1970-yilda „Jizzax“ nomi bilan tashkil etilgan (baʼzi manbalarda — DSK). Oʻsha yili u SSSR chempionatining „B“ toifasida debyut qildi va 17-oʻrinni egalladi.

1973-yildan jamoa Ikkinchi ligada qatnashadi. 1979-yildan 1985-yilgacha ushbu ligada oʻynab, Birinchi ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ammo, keyinchalik yana tushib ketganidan soʻng, u Ikkinchi ligada (SSSR parchalanib ketgunga qadar) oʻynaydi.

SSSR kubogida 1985/86-yilgi mavsumda 1/16 finalga chiqdi. Bundan tashqari, klub ayrim davrlarda Oʻzbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan. Jamoa Sovet davrida armiya jamoasi sifatida faoliyat yuritgan.

1992-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1-mamlakat chempionati oʻtkazildi va „Soʻgʻdiyona“ Oʻzbekiston Oliy ligasida debyut qiladi.

Oʻsha mavsumda Jizzax jamoasi shov-shuvli tarzda bronza medallarini qoʻlga kiritdi (Toshkentning „Paxtakor“ va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoalari bir xil ochkolar toʻplagani uchun chempionlikni boʻlishishdi, shu sababli kumush medallar hech kimga nasib etmadi).

„Soʻgʻdiyona“ 2002-yilgacha Oliy ligada oʻynab, oʻsha mavsum oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.

2003-yilgi mavsumda Birinchi liga turnirida gʻalaba qozonib, yana Oliy ligaga qaytdi, ammo 2006-yil oxirida  yana yuqori divizionni tark etdi.

Oradan bir mavsum oʻtib „Soʻgʻdiyona“ yana Oliy ligaga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo keyin yana ikki marta quyi ligaga tushib chiqib, mamlakat oliy divizioniga qaytdi va shu tariqa „lift klubi“ga aylandi. Shu bilan birga, 2011 va 2012-yillarda Oʻzbekiston PFL kubogini qoʻlga kiritgan.

2013-yilgi mavsumdan to hozirgacha Oliy ligada (hozirgi Oʻzbekiston Superligasi) ishtirok etib kelmoqda.

2021-yilda oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston chempionatining kumush medallarini qoʻlga kiritdi. 2022-yilda Oʻzbekistonning „Nasaf“ klubi Osiyo Chempionlar Ligasi pley-offida gʻalaba qozonganidan soʻng, klub OFK kubogiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqada 1/2 finalgacha yetib borgan.

Nomlar tarixi tahrir

Tarixda Soʻgʻdiyona futbol klubining bir necha bor nomi oʻzgargan.

Muddat Ism
1970-1972 FC Jizzax (Yana: DSC)
1973-1975 Trud Jizzax
1975-1976 FC Jizzax
1976-1977 Irrigator Jizzax
1978-1981 Boʻston Jizzax
1982-1985 Zvezda Jizzax
1986-1989 Yoshlik Jizzax
1990-hozirgacha Soʻgʻdiyona Jizzax

Ichki chempionatlardagi ishtiroki tahrir

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng koʻp gol urganlar
Div. Poz. Oʻ. Yu. D. M. G. U. G. Q. N. Ismi Liga
1992 1 3 32 23 2 7 78 27 48   Samad Narziqulov 14
1993 1 4 30 16 8 6 47 31 40   Baxtiyor Gʻofurov 8
1994 1 6 30 14 7 9 53 35 35   Furqat Esonboyev 18
1995 1 9 30 11 3 16 43 50 36   Yerbulat Yeraliyev 8
1996 1 12 30 9 3 18 32 61 30   Zinur Ziganshin

  Furqat Esonboyev

10
1997 1 8 34 15 7 12 51 46 52   Zinur Ziganshin 18
1998 1 4 30 16 4 10 56 43 52   Aleksey Jdanov 18
1999 1 13 30 8 8 14 43 52 32 N/A   Aleksey Jdanov 15
2000 1 17 38 9 5 24 46 96 32   Aleksandr Mochinov 9
2001 1 10 34 14 5 15 45 51 47   Qobil Aliqulov 13
2002 1 16 30 8 5 17 33 55 29   Qobil Aliqulov 12
2003 2 1 28 23 3 2 83 21 72   Qobil Aliqulov 23
2004 1 8 26 9 2 15 27 47 29   Rasul Hayitov 11
2005 1 14 26 5 4 17 16 53 19   Shahboz Erkinov 5
2006 1 15 30 7 3 20 23 48 24   Saidolim Sharofuddinov 4
2007 2 1 38 26 7 5 79 27 85   Bekzod Abdumoʻminov 15
2008 1 11 30 8 9 13 32 48 33   Shahboz Erkinov 13
2009 1st 16 30 6 6 18 24 66 24   Davron Fayziyev 6
2010 2 2 30 21 3 6 57 21 66 2010   Bahodir Pardayev 26
2011 1 16 26 4 5 17 32 51 17 Chorak final   Suhrob Neʼmatov 7
2012 2 1 30 22 1 7 71 40 67 2012   Hurshid Yoʻldoshev 26
2013 1 10 26 8 4 14 34 54 28 2013   Suhrob Berdiyev 7
2014 1 13 26 7 3 16 32 49 24 32-raund   Suhrob Berdiyev 5
2015 1 15 30 8 2 20 31 60 26 Chorak final   Jasur Hakimov 6
2016 1 10 30 9 7 14 23 41 34 3-raund   Ixtiyor Toshpoʻlatov 5
2017 1 13 30 8 7 15 33 51 31 2017   Sanjar Rashidov 14
2018 1 11 20 6 6 8 18 23 24 16-raund   Nikola Milinković
  Oybek Nurmatov
  Shoxruz Norxonov
4
2019 1 4 26 11 7 8 29 29 40 Chorak final   Shoxruz Norxonov 9
2020 1 6 26 10 8 8 34 32 38 Round of 16   Shoxruz Norxonov 12
2021 1 2 26 12 11 3 28 15 47 Chorak final   Shoxruz Norxonov 10
2022 1 6 26 9 7 10 31 31 34 Yarim final   Shoxruz Norxonov 10
2023 1 11 26 7 6 13 29 38 27   Dženan Zajmović 8

Xalqaro Musobaqalar tahrir

Ma'lumotlar 2022-yil 5-oktyabrga oid[2]
Musoboqa Oʻyin D M UG OʻG +/- O
AFC Cup 6 5 1 0 13 3 +10 15
Umumiy 6 5 1 0 13 3 +10 15
Mavsum Musoboqa Bosqich Klub Uy Safar Natija
2022 AFC Cup Group E   Neftchi Qoʻchqor-Ota 2-0 1st
  SSKA Pomir 3-2
  Oltin Asir FK 3-1
Central Asia Zonal final   Xoʻjand 4-0
Inter-zone play-off semi-finals   Eastern Long Lions 1-0
Inter-zone play-off final   Kuala Lumpur City 0-0 (q.v)

(3–5 p)

Joriy tarkibi tahrir

3-mart 2024-yil holatiga[3]
Amplua Futbolchi
1   UZB DR Shohruh Isoqov
2   UZB HM Sardor Qulmatov
3   UZB HM Islom Qobilov
4   UZB HM Otabek Ahadov
5   UZB HM Jasurbek Yoqubov
6   UZB HM Alisher Salimov
7   UZB YH Muhammadsafo Fozilov
8   MNE YH Vladimir Jovović
9   UZB HJ Samandarjon Mavlonqulov
10   UZB YH Shohruxbek Abdurahmonov
11   MNE HJ Zoran Petrović
14   MKD HJ Ljupcho Doriyev
15   UZB HM Xondamir Mustafoqulov
17   UZB YH Samandar Sindarov
18   UZB HM Mirjalol Abdumutalov
Amplua Futbolchi
21   UZB DR Muhammadyusuf Sobirov
22   BLR HM Aleksey Nosko
27   SRB DR Milan Mitrović
28   UZB HM Stanislav Andreyev
30   UZB YH Ibrohimjon Toʻraqulov
32   UZB YH Nodirjon Soyibov
33   UZB YH Oleg Zoteyev
34   UZB YH Dilshodbek Misraliyev
38   UZB HM Isroil Malikov
43   UZB HJ Sherzod Mirzajonov
44   UZB YH Sanjar Rashidov
63   UZB HM Nizomiddin Farhodov
72   UZB HM Mirasror Mirabrorov
90   UZB HJ Ulugʻbek Kenjayev
99   UZB YH Bekzod Xoliqulov

U19 tahrir

U21 tahrir

Stadion tahrir

Klubning uy stadioni Jizzax markaziy stadioni hisoblanadi, stadion 1970-yili qurilgan, sigʻimi 9,000 kishiga moʻljallangan.[4] 2012-yili stadion taʼmirlash uchun yopildi. 2013, 2014, 2015 va 2023-yilgi mavsumni Soʻgʻdiyona Zomin stadionida oʻtkazdi. Hozirda jamoa Soʻgʻdiyona stadionida oʻtkazmoqda. 2015-yilda yangilangan „Markaziy“ stadionining qurilish ishlari nihoyasiga yetdi. Stadion nomi „So‘g‘diyona“ sport majmuasiga o‘zgartirildi va 11 650 tomoshabinga mo‘ljallangan. 2015-yil 26-iyun kuni „So‘g‘diyona“ — „Qo‘qon-1912“ o‘rtasidagi liga o‘yini bilan stadion rasman ochildi, bu o‘yinda „So‘g‘diyona“ 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.[5]

Texnik xodimlar tahrir

Murabbiylar shtabi tahrir

15 July 2022
Lavozim Ism
Bosh murabbiy   Ivan Bošković
Yordamchi murabbiy   Rade Petrović
Yordamchi murabbiy   Ulugʻbek Boqiyev
Darvozabonlar murabbiyi   Mixail Naumov

Ayollar futboli tahrir

Asosiy maqola: Soʻgʻdiyona (ayollar futbol klubi)

Klub shuningdek, „Soʻgʻdiyona Jizzax“ deb nomlangan ayollar futbol jamoasini ham tashkil etilgan. 2022-yilgi ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etmdi. Tarixda[6][7] ilk bor Oʻzbekiston nomidan finalda qatnashdi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.[8]

Yutuqlari tahrir

Boshqaruv tarixi tahrir

Bosh murabbiylar tahrir


Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Согдиана—Transfermarkt“. 2021-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
  2. „ОФК Кубоги. Норхоновнинг голи "Сўғдиёна"ни ҳудудлараро финал босқичига олиб чиқди“ (6 сентябрь 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
  3. „Soʻgʻdiyona tarkibi“. pfl.uz. Qaraldi: 3-mart 2024-yil.
  4. „Центральный (Джизак)“ (ruscha). allstadiums.ru. 30-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „ru:Генсек ФФУ принял участие в открытии нового стадиона в Джизаке“ (ru). sports.uz (2015-yil 25-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-iyun.
  6. „Аёллар бўйича Осиё чемпионати. "Сўғдиёна-W" мусобақа финалига йўл олди“ (23 август 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
  7. http://fc-sogdiana.uz/en
  8. „AFC Women's Club Championship. "Сўғдиёна-W" Эрон жамоасини енгиб, Ғарбий минтақа ғолибига айланди“ (23 авг 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
  9. „Информация о тренерах футбольного клуба «Согдиана» на сайте footballfacts.ru“. 2017-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-fevral.
  10. „Fayziev 5 yillik faoliyatdan so'ng "So'g'diyona"ni tark etdi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  11. „Rasman: Igor SHkvirin “So'g'diyona” bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  12. „Rasman! Aleksandr Mochinov "So'g'diyona" bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  13. „FAKT! Mochinov "Buxoro" bilan qilgan ishini "So'g'diyona" bilan ham takrorladi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  14. „Rasman. Sergey Lushan - "So'g'diyona" bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  15. „Расмий хабар: Улуғбек Бақоев - "Сўғдиёна" бош мураббийи“ (21 апр 2019). 2022-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentyabr 2022-yil.
  16. „"So'g'diyona"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  17. „Ёрқин Назаров - «Сўғдиёна» бош мураббийи“. 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir