Shohruxbek Komil oʻgʻli Abdurahmonov (1999-yil 8-martda Oqqoʻrgʻonda (Oʻzbekiston) tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Soʻgʻdiyona“ klubi yarim himoyachisi.

Shohruxbek Abdurahmonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shohruxbek Komil oʻgʻli Abdurahmonov
Tavallud sanasi 8-mart 1999-yil (1999-03-08) (25 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston Oqqoʻrgʻon Oʻzbekiston
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2019 Oʻzbekiston Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019 Oʻzbekiston Paxtakor 0 (0)
2019   Oʻzbekiston Dinamo 11 (2)
2019—2021 Oʻzbekiston Dinamo 46 (10)
2021—2023 Belarus FK Energetik-BGU Minsk 13 (1)
2022   Oʻzbekiston Dinamo 13 (1)
2023   Oʻzbekiston Bunyodkor 22 (2)
2024— Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 3 (1)
Milliy terma jamoa
2019 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U23 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

„Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi.

Dinamo (Samarqand) tahrir

2019-yilning mart oyida Samarqandning „Dinamo“ klubiga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini 2019-yil 30-mart kuni „Surxon“ga qarshi oʻtkazdi[1]. 2018-yilning 5-may kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda „Andijon“ga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk golini urdi[2]. 2019-yil 11-may kuni „AGMK“ga qarshi kechgan navbatdagi oʻyinda gʻalaba toʻpini kiritdi[3]. 2019-yilning iyul oyida klub bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilgi mavsumda – 23 ta oʻyin oʻtkazdi, 2 ta gol urdi va 2 ta golga olib keluvchi toʻpni urgan, ammo klub Pro-ligaga tushib ketdi. Umuman olganda, futbolchi Pro-ligada klub uchun 34 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golga olib keluvchi uzatmani amalga oshirdi.

Energetik-BGU tahrir

2022-yilning mart oyida Belarusiyaning „Energetik-BGU“ klubiga oʻtdi[4]. Klubdagi debyutini 2022-yilning 19-martida „Vitebska“ga qarshi oʻtkazdi[5]. 2022-yil 17-apreldagi oʻyinda penalti ishlab, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shu bilan birga, Brestning „Dinamo“siga qarshi penalti ishlab, natijada Brest klubini 2:1 hisobida magʻlub etgan[6][7]. 2022-yilning 29-mayida Mozirning „Slaviya“ jamoasiga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk golini urgan[8].

2024-yil yanvar oyida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan shartnoma imzolagan[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

2018-yilda Oʻzbekiston yoshlar olimpiya terma jamoasi safida toʻp surgan.

Manbalar tahrir

  1. „Surkhon vs. Dinamo Samarqand“ (inglizcha). soccerway.com (30-mart 2019-yil). 18-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2022-yil.
  2. „Andijan vs. Dinamo Samarqand“ (inglizcha). soccerway.com (5-may 2019-yil). 18-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2022-yil.
  3. „Dinamo Samarqand vs. AGMK“ (inglizcha). soccerway.com (11-may 2019-yil). 18-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2022-yil.
  4. Shoxruxbek Abduraxmanov v „Energetike“-BGU[sayt ishlamaydi]
  5. „Energetyk-BGU vs. Vitebsk“ (inglizcha). soccerway.com (19-mart 2022-yil). 22-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2022-yil.
  6. „"Энергетик-БГУ" в гостях обыграл брестское "Динамо" (ВИДЕО)“. 18-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2022-yil.
  7. „Dinamo Brest vs. Energetyk-BGU“ (inglizcha). soccerway.com (17-aprel 2022-yil). 27-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2022-yil.
  8. „Energetyk-BGU vs. Slavia“ (inglizcha). soccerway.com (29-may 2022-yil).
  9. „"Сўғдиёна" навбатдаги трансферни эълон қилди“ (2024-yil 8-yanvar).

Havolalar tahrir