Murod Nodirovich Otajonov (ruscha: Атаджанов, Мурат Надырович; qozoqcha: Атажанов Мұрат Надырұлы; 5-sentyabr 1966-yil, Chimkent, Qozogʻston SSR) – Qozogʻistonda tavallud topgan SSSR va oʻzbek sobiq futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan. Hozirda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasining akademiyasida katta murabbiy.

Murod Otajonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Murod Nodirovich Otajonov
Tavallud sanasi 5-sentyabr 1966-yil (1966-09-05) (57 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Chimkent Qozogʻiston SSR
Boʻyi 1.75 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi / Yarim himoyachi
Vazni 80 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bunyodkor akademiyasi murabbiyi
Raqami murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983—1984 Sovet Ittifoqi Jiger FC 4 (0)
1984—1986 Sovet Ittifoqi Aktobe 32 (3)
1987 Sovet Ittifoqi Melliarator FC 31 (1)
1988—1989 Sovet Ittifoqi Yoshlik 70 (4)
1990 Sovet Ittifoqi Neftyanik 38 (1)
1991 Sovet Ittifoqi Soʻgʻdiyona 9 (0)
1991 Sovet Ittifoqi Neftyanik 13 (0)
1992—1993 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 50 (5)
1994—1997 Oʻzbekiston Paxtakor 109 (2)
1998 Oʻzbekiston Nasaf 23 (1)
1999—2000 Oʻzbekiston Xorazm 61 (8)
2001 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 17 (0)
2001 Oʻzbekiston Metallurg Bekobod 4 (0)
2003—2005 Qozogʻiston Ordabasi-2 32 (0)
Milliy terma jamoa
1992—1994 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 4 (0)
Boshqargan klublari
2008—2010 Oʻzbekiston Bunyodkor yordamchi murabbiy
2011 Oʻzbekiston Guliston
2012—2017 Oʻzbekiston Bunyodkor yordamchi murabbiy
2018 Oʻzbekiston Shoʻrtan yordamchi murabbiy
2019—2022 Oʻzbekiston Bunyodkor-2
2023 Oʻzbekiston Bunyodkor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Murod Otajonov faoliyatini 1983-yilda Qozogʻistonnning „Jiger Chimkent“ jamoasi tarkibida boshlagan. Chimkent klubida ikki mavsum oʻynagach, Qozogʻiston shimolidagi, Aqtoʻbe shahrining „Aktobe“ jamoasi ga oʻtdi va uch mavsum davomida oʻynagan. 1987-yilda Chimkentga qaytdi va „Jiger Chimkent“ jamoasida bir mavsum davomida oʻynagan. 1988-yil ilk Qozogʻistondan boshqa jamoaga, Oʻzbekistonning „Yoshlik“ klubi tarkibiga oʻtdi. 1990 va 1991-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 1991-yilda SSSR parchalangacha Oʻzbekistonda qoldi va keyingi faoliyatini 1992-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi tarkibida davom ettirdi. 1994-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ klubi safiga oʻtgan va toʻrt mavsum davomida oʻynagan. 1998-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ jamoasida oʻynagan. 1999—2000-yillarda „Xorazm“ jamoasida oʻynagan. 2001-yilgi mavsumda bir muddat Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan. 2003-yildan 2005-yilgacha Chimkentning „Ordabasi“ jamoasining „Ordabasi-2“ jamoasida oʻynagan va Qozogʻistonda faoliyatini yakunlgan.

Terma jamoa tahrir

1992-yilda SSSR parchalangach Murod Oʻzbekiston terma jamoasini tanladi va 4 ta oʻyinda ishtirok etgan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Chimkentda faoliyatini yakunlagach 2006-yil bir muddat „Ordabasi“ jamoasida klub admistratori boʻlib ishadi. 2008-yildan Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tizimida faoliyatini boshladi va Mirjalol Qosimov klub bosh murabbiyligi vaqtida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2011-yilda Gulistonning „Guliston“ klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. 2012-yildan „Bunyodkor“ jamoasi akademiyasi katta murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda[1][2] va „Bunyodkor-2“ jamoasida bosh murabbiylik qilgan[3][4][5]. 2018-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan[6]. 2023-yilda „Bunyodkor“ klubi Ivan Boškovićni bosh murabbiylikdan boʻshatganidan soʻng[7] Hikmat Hoshimovni bosh murabbiy etib tayinladi[8]. Ammo Hoshimovda murabbiylik Pro litsenzityasi boʻlamagani uchun Murod Otajonov bosh murabbiy etib taynlandi[9][10][11][12][13] va 2023-yil yoz oyigacha faoliyat olib bordi[14][15].

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Мурод Отажонов: "Дуранг икки жамоани ҳам қониқтирмади"“ (04 июл 2013).
  2. „Мурод Отажонов: “Ёшларимизда жамоавий ўйин яхши шаклланмаганлиги билиниб қолди”“ (2016-yil 17-avgust).
  3. „«Бунёдкор» мураббийларни бир жойга йиғди ва режаралар муҳокама қилинди“ (15 февраль, 2021).
  4. „"Бунёдкор" янги футболчилар билан шартнома тузишда давом этмоқда“ (19 февраль, 2021).
  5. „Мурод Отажонов: "Раш-Милк"га қарши қийин ўйин ўтказдик“ (12 апрель, 2019).
  6. „“Шўртан” янги бош мураббий билан келишувга эришди“ (6 июнь, 2018).
  7. „"Бунёдкор" Бошкович билан шартномани бекор қилди“ (2023-yil 10-fevral).
  8. „"Бунёдкор"ни янги мавсумда ким бошқариши маълум“ (2023-yil 1-fevral).
  9. „“Бунёдкор”да навбатдан ташқари йиғилиш ўтказилди“ (2023-yil 3-fevral).
  10. „Жиззахдаги "қора" анъани бузган Мурод Отажонов Абрамовдан сўнг АГМКни ҳам ютадими?“ (2023-yil 4-mart).
  11. „Мурод Отажонов "Бунёдкор" бош мураббийи бўлганидан кейин: "Уйга қайтиш ҳамиша ёқимли"“ (2023-yil 11-fevral).
  12. „"Бунёдкор"нинг натижаларига ким жавоб беради?“ (2023-yil 13-mart).
  13. „Клубларимизнинг "режиссёр"лари тайёрми ёхуд натижани бўйнига олган бош мураббийлар“ (2023-yil 23-fevral).
  14. „Мурод Алиев - "Бунёдкор"га қайтиш, нима учун айнан Крестинин, мухлислар, Ирисметов ва Мўминжонов ҳақида“ (2023-yil 12-iyul).
  15. „"Бунёдкор" клуби мураббийлар штабида хорижлик мутахассис иш бошлади“ (2023-yil 13-iyul).

Havolalar tahrir