Futbol bo‘yicha O‘zbekiston SSR chempionati


Futbol boʻyicha Oʻzbekiston SSR chempionati — Oʻzbekiston SSRning yetakchi futbol jamoalarini aniqlab bergan futbol musobaqasi hisoblangan. 1926—1991-yillarda faoliyat olib borgan. SSSR futbol ligalari tizimida jismoniy tarbiya jamoalari musobaqasi (JTJ) maqomiga ega boʻlgan.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston SSR chempionati
Toʻliq nomi Futbol boʻyicha Oʻzbekiston SSR chempionati
Davlat Sovet IttifoqiSSSR, Oʻzbekiston SSR
Konfederatsiya UEFA
Asos solingan sana 1926-yil
Klublar soni Har mavsumda turlicha
Amaldagi chempion Oʻzbekiston SSR shaharlari chempionati:
Toshkent shahri jamoasi (10 karra)

Turnir 1926—1936-yillarda „Oʻzbekiston SSR shaharlari chempionati“ nomi bilan yuritilib, 1937-yildan boshlab „Oʻzbekiston SSR chempionati“ ga oʻzgartirilgan.

Oʻzbekiston SSRning eng kuchli futbol klublari umumittifoq chempionatlari Oliy liga, Birinchi liga, Ikkinchi liga hamda Ikkinchi quyi liga bahslarida ishtirok etishgan. Oʻzbekiston SSR chempionati gʻoliblari SSSR Ikkinchi quyi ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, soʻnggi oʻrinlarni egallagan jamoalar esa respublikaning viloyat, tuman yoki shahar bosqichlaridagi musobaqalarga yuborilgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oʻzbekiston SSR chempionati faoliyati tugatilib, 1992-yilda Oʻzbekiston chempionatiga (Oliy liga) start berilgan.

Chempionlar tahrir

Oʻzbekiston SSR shaharlari chempionati tahrir

oʻzbekcha: Oʻzbekiston SSR shaharlari chempionati[1]

Yil Chempion jamoa
1926 Toshkent shahri jamoasi
1927 Toshkent shahri jamoasi
1928 Toshkent shahri jamoasi
1929 Toshkent shahri jamoasi
1930 Toshkent shahri jamoasi
1931 Chempionat nomaʼlum sabablarga koʻra oʻtkazilmagan
1932 Chempionat nomaʼlum sabablarga koʻra oʻtkazilmagan
1933 Toshkent shahri jamoasi
1934 Toshkent shahri jamoasi
1935 Toshkent shahri jamoasi
1936 Toshkent shahri jamoasi

Oʻzbekiston SSR chempionati tahrir

oʻzbekcha: Oʻzbekiston SSR chempionati[2]

Yil Gʻolib jamoa
1937 Spartak (Toshkent)
1938 Spartak (Toshkent)
1939 Dinamo (Toshkent)
1940 Ikkinchi Jahon urushi va ogʻir iqtisodiy vaziyat tufayli chempionat oʻtkazilmagan
1941 Ikkinchi Jahon urushi va ogʻir iqtisodiy vaziyat tufayli chempionat oʻtkazilmagan
1942 Ikkinchi Jahon urushi va ogʻir iqtisodiy vaziyat tufayli chempionat oʻtkazilmagan
1943 Ikkinchi Jahon urushi va ogʻir iqtisodiy vaziyat tufayli chempionat oʻtkazilmagan
1944 Ikkinchi Jahon urushi va ogʻir iqtisodiy vaziyat tufayli chempionat oʻtkazilmagan
1945 Ikkinchi Jahon urushi va ogʻir iqtisodiy vaziyat tufayli chempionat oʻtkazilmagan
1946 Chempionat ogʻir iqtisodiy vaziyat tufayli oʻtkazilmagan
1947 Chempionat ogʻir iqtisodiy vaziyat tufayli oʻtkazilmagan
1948 Polyarnaya Zvezda (Toshkent)
1949 Toshkent shahri jamoasi
1950 Spartak (Toshkent)
1951 Spartak (Toshkent)
1952 Dinamo (Toshkent)
1953 FSHM (Toshkent)
1954 Dinamo (Toshkent)
1955 ODO (Toshkent)
1956 ODO (Toshkent)
1957 Mashinostroitel (Toshkent)
1958 Kimyogar (Chirchiq)
1959 Mehnat (Toshkent)
1960 Sokol (Toshkent)
1961 Sokol (Toshkent)
1962 Sokol (Toshkent)
1963 Sokol (Toshkent)
1964 Sokol (Toshkent)
1965 Sokol (Toshkent)
1966 Zvezda (Toshkent)
1967 Tashavtomash (Toshkent)
1968 Chust (Chust)
1969 Toshkabel (Toshkent)
1970 SKA (Toshkent)
1971 Yangiariq (Yangiariq)
1972 Trud (Jizzax)
1973 Quruvchi (Samarqand)
1974 Paxtachi (Guliston)
1975 Zarafshon (Navoiy)
1976 Traktor (Toshkent)
1977 Xiva (Xiva)
1978 Xorazm (Bogʻot)
1979 Hisor (Shahrisabz)
1980 Chempionat nom’lum sabablarga koʻra oʻtkazilmagan. 1979-yilda Paxtakor futbol klubining avia halokati munosabati bilan mamlakatda motam eʼlon qilinganligi sabab boʻlishi mumkin.
1981 Ekspress (Samarqand)
1982 Beshkent (Beshkent)
1983 Oq oltin (Toʻrtkoʻl)
1984 Xorazm (Xonqa)
1985 Konchi (Angren)
1986 Traktor (Toshkent)
1987 Avtomobilchi (Qoʻqon)
1988 Selmashevets (Chirchiq)
1989 Nurafshon (Buxoro)
1990 Norin (Haqqulobod)
1991 Politotdel (Doʻstlik)

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. S 1921 goda po 1939 god v SSSR dlya uzbekskogo yazika ispolzovalas takaya forma latinitsi.
  2. S 1940 goda po 1991 god v SSSR dlya uzbekskogo yazika ispolzovalas takaya forma kirillitsi.

Havolalar tahrir