Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati — Superliga

Oʻzbekiston Superligasi (sobiq nomi — Oliy liga) — Oʻzbekiston professional futbol klublarining oliy toifali musobaqasi. Homiylik nuqtai nazaridan Coca-Cola Superligasi deb ham yuritiladi. Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi. Superligada ishtirokchi jamoalari soni ayni paytda 14tani tashkil etadi. Mavsum yakuniga koʻra, Superligada soʻnggi ikki pogʻonani egallaydigan klublar Pro ligaga tushib ketadi. Superliga yakunida 12-oʻrinni qoʻlga kiritadigan jamoa esa Pro liganing 3-oʻrindagi klubiga qarshi Oʻtish uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi kelgusi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga, shuningdek Oʻzbekiston Superkubogida mamlakat kubogi sohibiga qarshi oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.

Oʻzbekiston Superligasi
Coca-Cola Superleague 2019 logo.png
Toʻliq nomi Oʻzbekiston Superligasi
Davlat Oʻzbekiston
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Oʻtkazuvchi tashkilot Oʻzbekiston Professional futbol ligasi
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1
Asos solingan sana 1992-yil
Xalqaro musobaqalar Osiyo Chempionlar ligasi
Klublar soni 14 ta
Quyi divizion Pro liga
Ichki kuboklar O'zbekiston kubogi
Liga kubogi
Eng kuchli jamoa Paxtakor (14 marta)
Eng yaxshi toʻpurar Anvar Berdiyev (520ta gol)
Eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi Asror Aliqulov (225ta oʻyin)
Sayt Rasmiy sayti

Musobaqa formatiTahrirlash

Musobaqalarni boshqarish, tashkil etish va oʻtkazilishini nazorat qilish OʻzPFL tomonidan amalga oshiriladi. Superliga odatiy ikki davrali formatda tashkil etiladi. Chempionat har yili fevral oyi soʻnggida start oladi va noyabrga qadar davom etadi. Mavsum davomida har bir klub boshqa klublar bilan ikki marta, bir marta uyda va bir marta mehmonda, jami 26 ta oʻyin oʻtkazadi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko oladi, durang uchun bir ochko, magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar boʻyicha tartiblangan, mavsum oxirida eng yuqori oʻrinni egallagan klub chempion boʻladi. Superligada asosiy jamoa uchrashuvidan bir kun keyin U-21 chempionati oʻyini ham oʻtkaziladi.

TarixiTahrirlash

Mustaqil Oʻzbekistonda futbol boʻyicha mamlakat chempionati 1992-yildan boshlab oʻtkazib kelinadi. Ilk bora tashkil etilgan chempionatda „Paxtakor“ va „Neftchi“ bir xil ochko jamgʻarib, yakunda qoʻshchempionlikni tantana qilishgan. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni dastlab Oliy liga deb nomlangan. Milliy chempionat 1992—2017-yillar mavsumlarida Oliy liga nomi ostida tashkil etilgan. 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Professional futbol ligasi ichki chempionatda islohotlar amalga oshirib, yuqori divizionni Oʻzbekiston Superligasiga aylantirdi.[1]

KlublarTahrirlash

Oʻzbekiston klublari ichida eng sovrindori — Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi sanaladi. „Paxtakor“ hozirga qadar 15 marta Oʻzbekiston chempionatida oltin medallarga ega chiqqan. Oʻzbekiston Superligasining sovrindor klublari Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishadi. Xususan, Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston kubogi sohibi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri qatnashsa, Superliganing kumush va bronza medallari gʻoliblari saralash bahslari orqali Chempionlar ligasiga yoʻl olishadi. Hozirga qadar Superliga jamoalarining qitʼa Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi yarim final boʻlib qolmoqda. Ayrim yillarda Oʻzbekiston klublari Osiyoda nufuz jihatidan ikkinchi oʻrindagi OFK kubogi musobaqasida ham ishtirok etgan. Xususan, „Nasaf“ 2011-yilda OFK kubogi finalida gʻalaba qozongan.

Superligada legionerlar limitiTahrirlash

OʻzPFL musobaqalari uchun klub 5 nafargacha xorijlik futbolchini legioner sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Bunda ulardan biri (yoki hammasi) Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo mamlakat fuqarosi boʻlishi shart, yaʼni Oʻzbekistonda 4+1 limiti amal qiladi. OFKga aʼzo davlatdan legioner mavjud boʻlmagan taqdirda klub ariza varaqasiga 4 nafardan ortiq chet ellik futbolchini kirita olmaydi (farm klub safida roʻyxatdan oʻtgan futbolchi ham shunga qoʻshib hisoblanadi).

Superliga futbolchilarining rekordlariTahrirlash

Oʻzbekiston Superligasida mahalliy va xorijlik bir qator mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan. Xususan, braziliyalik Rivaldo 2008—2010-yillar mobaynida „Bunyodkor“ sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 20 ta gol bilan Rivaldo Oʻzbekiston chempionati toʻpurariga aylangan. Superligada toʻpurarlik boʻyicha rekordchi — Anvar Berdiyev sanaladi. „Neftchi“ jamoasi safida uzoq vaqt barqaror oʻynagan futbolchi Oʻzbekiston chempionatlari tarixida 225 ta gol kiritishga erishgan. Oʻtkazgan oʻyinlari soni boʻyicha rekordchi esa — Asror Aliqulov hisoblanadi. Yaqin oʻtmishning taniqli himoyachisi umumiy hisobda 520 ta oʻyinda maydonga tushgan.[2][3]

Mavsumlardagi sovrindorlarTahrirlash

Har mavsum yakunida Superliganing uchta sovrindor jamoasi va quyi oʻrinni egallab Pro ligaga tushib ketadigan jamoalari nomi aniqlanadi[4].

Sovrindor klublarTahrirlash

„Paxtakor“dan keyingi eng koʻp sovringa ega chiqqan jamoalar — „Neftchi“ hamda „Bunyodkor“ sanaladi. Har ikkala jamoa ham oʻz tarixida 5 martadan Oʻzbekiston chempionati oltin medallarini qoʻlga kiritgan.[5]

Liganing barcha vaqt jadvali,1992—2022-yilgi mavsum[6]

2018-yilgi Superliga ishtirokchilari
2018-yilgi Proliga ishtirokchilari
Tarqatib yuborilgan
Ikkinchi liga
Pozitsiya Jamoa O'ynalgan mavsumlar O'tkazilgan uchrashuvlar G'alaba Durang Mag'lubiyat Urilgan gollar Urilgan gollar +/- Ochkolar 1-o'rin 2-o'rin 3-o'rin Eng yaxshi
1 Paxtakor 31 916 624 149 143 2045 758 +1287 1967 15 6 2 1
2 Neftchi Fargʻona 28 838 482 138 218 1602 900 +702 1584 5 9 1 1
3 Navbahor Namangan 31 916 425 194 297 1470 1064 +406 1416 1 1 8 1
4 Nasaf Qarshi 26 764 415 159 190 1332 813 +519 1394 0 4 10 2
5 Buxoro 28 838 321 143 374 1116 1279 −163 1106 0 1 0 2
6 Soʻgʻdiyona Jizzax 27 804 274 155 375 1004 1274 −270 977 0 1 1 2
7 Bunyodkor 16 456 282 95 81 813 364 +449 937 5 2 2 1
8 Metallurg-Bekobod 25 730 242 151 337 877 1104 −227 877 0 0 0 5
9 Andijon 26 766 238 161 367 1003 1258 −255 875 0 0 0 5
10 Qizilqum-Zarafshon 23 670 240 145 285 814 955 −141 865 0 0 1 3
11 Dinamo Samarqand 24 732 244 131 357 877 1081 −204 863 0 0 0 4
12 Lokomotiv-Toshkent 16 460 249 109 154 808 589 +219 856 3 4 1 1
13 Mashal-Muborak 19 538 214 102 223 673 725 −52 744 0 1 1 2
14 Qoʻqon 1912 17 516 180 94 252 670 872 −202 634 0 0 0 5
15 Traktor-Tashkent 16 490 178 87 225 684 814 −130 621 0 0 0 4
16 Olmaliq 15 426 162 90 170 594 587 +7 576 0 0 2 3
17 Doʻstlik 11 346 169 52 125 669 532 +137 559 2 0 0 1
18 Surxon-Termiz 16 478 137 85 245 546 890 −344 496 0 0 0 6
19 MHSK 7 216 106 44 66 420 335 +85 362 1 1 1 1
20 Shoʻrtan-Gʻuzor 12 340 109 54 177 393 566 −173 381 0 0 0 4
21 Xorazm 8 248 62 44 142 281 518 −237 230 0 0 0 7
22 Zarafshon Navoiy 6 196 60 37 99 236 355 −119 217 0 0 0 9
23 Yangiyer Sirdaryo 7 216 56 37 123 266 385 −119 205 0 0 0 10
24 Orol Nukus 5 164 44 23 97 171 329 −158 155 0 0 0 11
25 Kosonsoy Namangan 5 156 40 25 91 171 305 −134 145 0 0 0 8
26 Guliston Sirdaryo 5 154 34 17 103 142 340 −198 119 0 0 0 14
27 Atlaschi Margʻilon 4 124 34 16 74 149 280 −131 118 0 0 0 7
28 Chirchiq 4 122 26 25 71 130 240 −110 103 0 0 0 14
29 Toʻpalang-Sariosiyo 3 86 28 12 46 103 146 −43 96 0 0 0 9
30 Kimyogar-Chirchiq 3 104 25 21 58 113 193 −80 96 0 0 0 14
31 Akademiya Toshkent 1 34 16 11 7 72 45 +27 59 0 0 0 5
32 Semurg Angren 2 72 15 12 45 99 200 −101 57 0 0 0 12
33 Olimpik Toshkent 1 26 7 14 5 31 28 +3 35 0 0 0 6
33 Sementchi-Quvasoy 1 30 8 7 15 39 64 −25 31 0 0 0 15
34 Chilonzor-Toshkent 1 34 8 6 20 51 70 −19 30 0 0 0 16
35 Shahrixon 1 32 7 7 18 25 67 −42 28 0 0 0 15
36 Obod Toshkent 1 30 6 6 18 25 51 −26 24 0 0 0 14
37 Turon Yaypan 1 26 3 8 15 16 47 −31 17 0 0 0 14
38 Vobkent Buxoro 1 30 3 6 21 23 70 −47 15 0 0 0 16
39 Uz-Dong-Ju Andijon 1 30 2 7 21 17 65 −48 13 0 0 0 16

Superliga futbolchilarining rekordlariTahrirlash

Mavsumlardagi sovrindorlar oʻrni va Toʻpurarlar roʻyxatiTahrirlash

Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida Valeriy Kechinov 24 ta gol bilan toʻpurar nomiga ega chiqqan. 2000-yilgi mavsumda „Doʻstlik“ jamoasi safida Jafar Irismetov 45 ta gol kiritib mavsum toʻpurariga aylangan va ushbu natija hozirga qadar bir mavsum uchun rekord sanaladi.[9]

Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin
1992 1 Paxtakor Neftchi Fargʻona Soʻgʻdiyona
1993 Neftchi Fargʻona Paxtakor Navbahor Namangan
1994 Neftchi Fargʻona Nurafshon Buxoro Navbahor Namangan
1995 Neftchi-Fargʻona MHSK Navbahor-Namangan
1996 Navbahor Namangan Neftchi Fargʻona MHSK
1997 MHSK Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
1998 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
1999 Doʻstlik Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2000 Doʻstlik Neftchi Fargʻona Nasaf Qarshi
2001 Neftchi Fargʻona Paxtakor Nasaf Qarshi
2002 Paxtakor Neftchi Fargʻona Qizilqum Zarafshon
2003 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2004 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2005 Paxtakor Mash’al Mubarak Nasaf Qarshi
2006 Paxtakor Neftchi Fargʻona Nasaf Qarshi
2007 Paxtakor Kuruvchi Mash’al Mubarak
2008 2 Bunyodkor Paxtakor Neftchi Fargʻona
2009 Bunyodkor Paxtakor Nasaf Qarshi
2010 Bunyodkor Paxtakor Nasaf Qarshi
2011 Bunyodkor Nasaf Qarshi Paxtakor
2012 Paxtakor Bunyodkor Lokomotiv Tashkent
2013 Bunyodkor Lokomotiv Toshkent Nasaf Qarshi
2014 Paxtakor Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi
2015[10] Paxtakor Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi
2016[11] Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi Bunyodkor
2017[12] Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi Paxtakor
2018 Lokomotiv Tashkent Paxtakor Navbahor Namangan
2019 Paxtakor Lokomotiv Tashkent Bunyodkor
2020 Paxtakor Nasaf Qarshi AGMK
2021 Paxtakor Soʻgʻdiyona AGMK
2022 Paxtakor[13] Navbahor Namangan Nasaf Qarshi
1Oliy Liga turniri

2Oʻzbekiston Professional futbol ligasi turniri

3Superliga turniri

Sovrindor klublarTahrirlash

Klublar Gʻolib Kumush Bronza
Soni Yil Soni Yil Soni Yil
"Paxtakor" (Toshkent) 15 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019,

2020, 2021, 2022[13]

6 1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018 2 2011, 2017
"Neftchi" (Fargʻona) 5 1992, 1993, 1994, 1995, 2001 9 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006 1 2008
"Bunyodkor" (Toshkent) 5 2008, 2009, 2010, 2011, 2013 2 2007, 2012, 2016 2 2016, 2019
"Lokomotiv" (Toshkent) 3 2016, 2017, 2018 4 2013, 2014, 2015,

2019

1 2012
"Doʻstlik" (Toshkent viloyati) 2 1999, 2000
MHSK 1 1997 1 1995 1 1996
"Navbahor" (Namangan) 1 1996 1 2022 9 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018
"Nasaf" (Qarshi) 3 2011, 2017, 2020 10 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022
"Mashʼal" (Muborak) 1 2005 1 2007
"Nurafshon" (Buxoro) 1 1994
"Soʻgʻdiyona" (Jizzax) 1 2021 1 1992
"AGMK" (Olmaliq) 2 2020, 2021
"Qizilqum" (Zarafshon) 1 2002

ToʻpurarlarTahrirlash

Yil boʻyichaTahrirlash

Mavsum Oʻyinchi Klub Gollar
1992   Valeriy Kechinov "Paxtakor" (Toshkent) 24
1993   Rustam Doʻrmonov "Neftchi" (Fargʻona) 24
1994   Ravshan Bozorov "Neftchi" (Fargʻona) 26
1995   Oleg Shatskix "Navbahor" (Namangan) 26
1996   Jaʼfar Irismetov "Doʻstlik" (Toshkent viloyati) 23
1997   Oleg Shatskix "Navbahor" (Namangan) 34
  Jaʼfar Irismetov "Doʻstlik" (Toshkent viloyati)
1998   Igor Shkvirin "Paxtakor" (Toshkent) 22
  Mirjalol Qosimov
1999   Umid Isoqov "Neftchi" (Fargʻona) 24
  Baxtiyor Hamidullayev Andijon
2000   Jaʼfar Irismetov "Doʻstlik" (Toshkent viloyati) 45
2001   Umid Isoqov "Neftchi" (Fargʻona) 28
2002   Baxtiyor Hamidullayev Andijon 22
2003   Marsel Idiatulin Qizilqum 26
  Shuhrat Mirxoldorshoyev "Navbahor" (Namangan)
2004   Shuhrat Mirxoldorshoyev "Navbahor" (Namangan) 31
2005   Anvar Soliyev „Paxtakor“ 29
2006   Pavel Solomin Traktor (Toshkent) 21
2007   Ilhom Moʻminjonov Bunyodkor 21
2008   Server Jeparov Bunyodkor PFK 19
2009   Rivaldo Bunyodkor (Toshkent) 20
2010   Alisher Xoliqov "Neftchi" (Fargʻona) 13
  Nosir Otaqoʻziyev AGMK
2011   Miloš Trifunović Bunyodkor 17
2012   Anvar Berdiyev "Neftchi" (Fargʻona) 19
2013   Oleksandr Pishchur Bunyodkor 19
2014   Artur Gevorkyan Nasaf (Qarshi) 18
2015   Igor Sergeyev "Paxtakor" (Toshkent) 24
2016   Temirxoʻja Abduxoliqov Lokomotiv (Toshkent) 22
2017   Marat Bikmayev Lokomotiv (Toshkent) 27
2018   Tiagu Bezerra "Paxtakor" (Toshkent) 17
2019   Dragan Ceran "Paxtakor" (Toshkent) 23
2020   Dragan Ceran "Paxtakor" (Toshkent) 21
2021   Dragan Ceran "Paxtakor" (Toshkent) 16
2022   Dragan Ceran[14] "Paxtakor" (Toshkent) 20

HomiylarTahrirlash

Dastlabki yillarda Oʻzbekiston chempionatining titul homiysi boʻlmagan. OʻzPFL 2017-yildan boshlab bu borada jiddiy ish olib bora boshladi va 2018-yilgi mavsumda Pepsi Oʻzbekiston Superligasiga titul homiy boʻldi. OʻzPFL 2019-yildan boshlab asosiy homiy sifatida Coca Cola bilan ishlab kelmoqda. Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni shu sababli Coca Cola Superliga deb yuritiladi.

MukofotlarTahrirlash

KubokTahrirlash

 
Coca-Cola Superliga gʻolibiga taqdim etiladigan maxsus kubok balandligi 73 sm boʻlib, ogʻirligi 17 kgni tashkil etadi.

Superligada ikkita kubok mavjud - haqiqiy kubok (amaldagi chempionlar qo'lida) va zaxira nusxasi. Mavsumning so'nggi kunida ikkita klub haligacha Ligada g'alaba qozonish imkoniyatiga ega bo'lgan taqdirda, sovrinni qo'lga kiritgandan keyin bir necha daqiqa ichida topshirish uchun ikkita kubok o'tkaziladi. Mavsumning so'nggi kunida ikkitadan ortiq klub chempionlik uchun kurashayotgan kamdan-kam hollarda, avvalgi klub yutgan nusxadan foydalaniladi.

Yana qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. „Breaking: Oliy Liga tugatildi!“ (20 noyabr 2017). 8-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  2. ПФЛ / Лига хақида, 13–iyun 2011–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 1–iyun 2011–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  3. „Олий лига РЕТРО: Чемпион бўла олмаган юлдузларнинг рамзий терма жамоаси“. 21 ноя 2016 17:09da asl nusxadan arxivlandi.
  4. „Uzbekistan Super League all time topscoreres (as of 10 December 2018)“. Championat.asia (10-dekabr 2018-yil).
  5. „Uzbekistan Super League most appearances (9 December 2018)“ (oʻzbekcha). Championat.asia (9-dekabr 2018-yil).
  6. 25 ta Oʻzbekiston chempionatining umumiy jadvali, 30 November 2016 (oʻzbekcha)
  7. „Uzbekistan Super League all time topscoreres (as of 10 December 2018)“. Championat.asia (10-dekabr 2018-yil).
  8. „Uzbekistan Super League most appearances (9 December 2018)“ (oʻzbekcha). Championat.asia (9-dekabr 2018-yil).
  9. „Суперлига по футболу представила своего первого титульного спонсора“. Nuz.uz (5-aprel 2018-yil). Qaraldi: 5-aprel 2018-yil.
  10. „CHempionatlarimizning 24 yillik jadvali haqida“. 25-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2023-yil.
  11. „CHempionatlarimizning 25 yillik umumiy jadvali haqida“. 26-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-aprel 2023-yil.
  12. „CHempionatlarimizning 26 yillik umumiy jadvali haqida“. 25-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2023-yil.
  13. 13,0 13,1 „Coca Cola Суперлигаси. "Пахтакор" чемпион, "Қўқон-1912" қуйи лигага тушиб кетди!“. 12-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.
  14. „Суперлига-2022. Драган Черан кетма-кет тўртинчи марта тўпурар бўлди ва тарихга кирди“. 12-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.

HavolalarTahrirlash